Boshlang'ich sinflarda korreksion ishning o'ziga xosligi

Boshlang'ich sinflarda korreksion ishning o'ziga xosligi

O'quvchilarga / Psixologiya
Boshlang'ich sinflarda korreksion ishning o'ziga xosligi - rasmi

Material tavsifi

Boshlang'ich sinflarda korreksion ishning o'ziga xosligi Reja: 1.Maktabga psixologik tayyorgarlik muammosi va maktabga motivatsion tayyorgarlikni korreksiyalash. 2.Boshlang'ich sinfda psixologik xizmat: asosiy funksiyalar, faoliyat vazifalari va yo'nalishlari. 3.Maktabgacha tarbiya yoshidan kichik maktab yoshiga o'tishda bola psixik taraqqiyotining tipologiyasi. 4.Kichik maktab yoshidagi psixologik korreksiyaning o'ziga xos xususiyati. 5.Bolani maktabga moslashishining o'ziga xos xususiyati. 6.Maktabda o'zlashtirmaslikning psixologik omillari. Maktabga psixologik tayyorgarlik muammosi va maktabga motivatsion tayyorgarlikni korreksiyalash Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o'qishi ko'p jihatdan ularning maktabga tayyorgarlik darajalariga bog'liq. Bola avvalo maktabga jismoniy jihatdan tayyor bo'lishi kerak. 6 yoshli bolalarning anatomik-fiziologik rivojlanishi o'ziga xos tarzda kechadi. Bu yoshda bola organizmi jadal rivojlanadi. 6-7 yoshli bolalar nerv sistemasini mustahkamlash, ularni surunkali kasalliklardan xalos etish, ko'rish va eshitish qobiliyatiga alohida e'tibor berish, shuningdek, umurtqa pog'onasining to'g'ri rivojlanishiga ahamiyat berish nihoyatda 329 muhim. Kattalar shu yoshdagi bolalar bilan ish olib borar ekanlar, bu yoshdagi bolalar organizmi hali o'sishda davom etayotganligini doimo hisobga olishlari lozim. Masalan, bolani majburan yozishga o'rgatish hali barmoq muskullari to'liq rivojlanmaganligi sababli ularga ma'lum darajada zarar keltirishi, bolaning chiroyli yoza olmasligi esa, o'z-o'zidan bolani o'ziga nisbatan ishonchini yoki o'qishga nisbatan qiziqishini kamayishiga olib kelishi mumkin. Aqliy tayyorgarlik. Ko'pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda bolaning dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi. Ushbu bilimlar maktab beradigan ta'limga asos bo'lishi mumkin, lekin so'z boyligi, ma'lum xatti-harakatlarni bajara olish layoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy ko'rsatkichi bo'la olmaydi. Maktab dasturi bolalardan taqqoslay olish, tahlil eta olish, umumlashtira olish, ma'lum bir xulosa chiqara olish, shuningdek, yetarli darajada rivojlangan boshqa bilish jarayonlarini ham talab etadi. Masalan, 6-7 yoshli bola tabiat haqida ayrim hodisalarnigina emas, balki organizmning tabiat bilan bog'liqligini va o'zaro ta'sirini ham tushunishi va o'zlashtirishi mumkin. 6-7 yoshli bolalarda yuqori darajada rivojlangan ko'rgazmali obrazli tafakkur bilan bola atrof olamdagi predmetlarning asosiy xususiyatlarini va predmetlar orasidagi bog'liqlikni ajrata olishi aqliy rivojlanishning natijasi hisoblanadi. Shuni alohida ta'kidlab o'tish lozimki, ko'rgazmali-harakatli va ko'rgazmali-obrazli tafakkur nafaqat 6-7 yoshli bolalar, balki kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning ham aqliy rivojlanishida asosiy vazifani bajaradi. Bolaning maktabda muvaffaqiyatli o'qishi nafaqat uning aqliy va jismoniy tayyorgarligi, balki shaxsiy va ijtimoiy-psixologik tayyogarligiga ham bog'liq. Maktabga o'qish uchun kelayotgan bola yangi ijtimoiy mavqeini turli majburiyatlari va huquqlari bo'lgan va unga turli talablar qo'yiladigan −o'quvchi mavqeini olish uchun tayyor bo'lmog'i lozim. Katta bog'cha yoshdagi bolalar asosan, maktabda o'qish uchun ehtiyoj sezadilar, lekin bu xohish va ehtiyoj motivi turlicha bo'lishi mumkin: Menga chiroyli forma, daftar, qalam va ruchkalar sotib olib berishadi', Maktabda o'rtoqlarim ko'p bo'ladi va men ular bilan mazza qilib ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.89 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:32 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 44.89 KB
Ko'rishlar soni 63 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga