Chaqaloqlik va ilk bolalik davrining psixologik xususiyatlari. Maaktabgcha yosh davrda psixik rivojlanish xususiyatlari

Chaqaloqlik va ilk bolalik davrining psixologik xususiyatlari. Maaktabgcha yosh davrda psixik rivojlanish xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Chaqaloqlik va ilk bolalik davrining psixologik xususiyatlari. Maaktabgcha yosh davrda psixik rivojlanish xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Chaqaloqlik va ilk bolalik davrining psixologik xususiyatlari. Maaktabgcha yosh davrda psixik rivojlanish xususiyatlari Reja: 1.Chaqaloqlik davrining psixologik xususiyatlari (tug'ma reflekslar, jonlanish). 2.Ilk bolalik davrida psixik va nutqning rivojlanish xususiyatlari. 3.Bolaning psixik o'sishida o'yinning ahamiyati. 4.Maktabgacha yosh davrdagi bolalar psixologiyasi 5. Bolalar o'sishining umumiy shart-sharoitlari. O'yin bog'cha yoshidagi bolalarda etakchi faoliyat. O'yin faoliyati nazariyalari. Bolaning go'daklik (chaqaloqlik) davri jismoniy jihatdan juda tez rivojlanish davridir. Odatda odamning yoshi tug'ilgan kunidan boshlab hisoblanadi. Lekin aslida odamning dunyoga kelishi, rivojlanishi tug'ilmasdan ilgarigi, ya'ni ona qornidagi davridan boshlanadi. Bola onaning qornidaligi davri­da, ya'ni to'qqiz oy mobaynida juda tez va juda murakkab taraqqiyot yo'lini bosib o'tadi. Shuning uchun bolaning tug'ilgunga qadar bo'lgan taraqqiyotiga ham diqqat-e'tibor bilan qarash lozim, chunki tug'ilgunga qadar ham bolaga tashqi muhit ta'sir qila­di. Lekin bu ta'sir faqat ona orqali, onaning organizmi orqa­li bo'ladi. Homiladorlik davrining har jihatdan normal o'tishi bolaning ona qornidagi normal taraqqiyotini va har jihat­dan yetuk tug'ilishini ta'minlaydi. Bolaning tug'ilgandan keyin bir yoshgacha bo'lgan davri nisbatan kam harakat va «nutq- siz» taraqqiyot davridir. Chaqaloq bolalar ichki organlarining holati va faoliyati ham katta odamlarnikidan anchagina farq qiladi. Masalan, o'pkadagi havo kiradigan mayda pufakchalarning soni miqdor jihatidan katta odamlarniki bilan barobar bo'lsa ham, ular juda mayda bo'ladi (katta odamlarnikiga nisbatan uch barobar kichik bo'ladi). Shuning uchun chaqaloq bolalar katta odamlarga nisbatan uch barobar tez nafas oladilar. Chaqaloq bola bir daqiqada 50-60 mar­ta nafas olsa, katta yoshdagi odam xuddi shu vaqt ichida 14- 16 marta nafas oladi. Chaqaloq bola jismoniy jihatdan juda tez o'sayotganligi tufayli sof havoga ayniqsa muhtoj bo'ladi. Ilk yoshdagi bolalarning taraqqiyotida buni albatta hisobga olish zarur. Agar chaqaloq bola o'ringa o'ng'ay holatda yotqizilmasa, siqib yo'rgaqlansa va ochiq havoga olib chiqilmasa, uning nafas olishida qo'shimcha qiyinchilik vujudga keladi. Bola bir oyga to'lgach, o'zini parvarish qilayotgan odamga intiladi, o'ziga yaqin insonini aft basharasiga qarab ijobiy his tuyg'ular uyg'onadi. Ta'sirga berilishi va ta'sirlanishning bu shakli bola bilan kattalar o'rtasidagi aloqaning boshlang'ich ko'rinishidir. Masalan, yuqorida ko'rsatib o'tganimizdek, katta odamlar miyasining o'rtacha vazni 1400 g bo'lsa, yan­gi tug'ilgan chaqaloq miyasining vazni 350-400 g bo'ladi. Bundan tashqari, chaqaloq bolalar bosh miya yarimsharlari po'stining burmalari katta odamlarnikiga qaraganda juda kam bo'ladi. Yangi tug'ilgan chaqaloq bolalar bosh miya katta ya­rimsharlari po'stidagi nerv hujayralarining soni katta odamlarnikidan kam bo'lmaydi, ya'ni 14-15 mlrd bo'ladi. Ko'pgina psixologlar bolalarda kattalar bilan bo'lgan munosabatda yuzaga keladigan emotsional reaksiyalarni jonlanish kompleksi deb ataganlar. Bunda bola uning bilan munosabatda bo'layotgan odamga muloyim tikilib jilmayadi, qo'l va oyoqlari bilan ovoz chiqaradi. Bolada qandaydir kuchli mamnunlik hissi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 127.75 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:32 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 127.75 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga