Depressiyaga qarshi moddalar. Psixostimulyatorlar

Depressiyaga qarshi moddalar. Psixostimulyatorlar

O'quvchilarga / Psixologiya
Depressiyaga qarshi moddalar. Psixostimulyatorlar - rasmi

Material tavsifi

Depressiyaga qarshi moddalar. Psixostimulyatorlar Antidepressantlar Ular asosan susaygan his-xayajon tuyg'ulariga ta'sir etib, kayfiyatni yaxshilaydilar, ruhiy tushkunlikni bartaraf etadi.G'am-g'ussa siqilish kamayadi, ishonchsizlik, ruhiy ezilish yo'qoladi. Antidepressantlarning 2 gruhi mavjud: I.Monoaminlar ta'sirini oshiruvchi moddalar: imizin, amitriptilin. II.Monoaminooksidaza fermentining ingibitorlari: nialamid, transamin. IMIZIN. Uning kuchli antidepressant xossasi, kuchsiz sedativ ta'siri bilan mujassamlangan. Ba'zi holatlarda pereparat ta'sirida psixostimulyatorlik xossasi xam namoyon bo'ladi (ya'ni qo'zg'alish, kayf, uyqusizlik). Ta'sir mexanizmi noradrenalin va serotoninni qayta so'rilishini kamayishi va shu tufayli tegishli retseptorlar oldida monoaminlarning to'planishi va ularning ta'sirini kuchaytirishi bilan bog'liq deb hisoblanadi. Terapevtik dozalarida imizin qon bosimini tushirishi mumkin, xatto ortostatik kollaps bo'lishi mumkin. Ruhiy holat tomonidan yuzaga chiqadigan noxush ta'sir ikki xil ko'rinishda bo'ladi: 1.Kuchli rivojlangan sedativ ta'sir; 2.Gallyutsinatsiya, uykusizlik, ruhiy ko'zg'alish. Imizin allergik dermatit, jigar xastaligi, bosh og'rishi holatlarini chaqirishi mumkin. Glaukomada, peshob xaltasining atropiyasida imizinni qo'llash mumkin emas. Bu preparatni MAO ingibitorlari bilan birgalikda qo'llanganda og'ir zaharlanish rivojlanadi. AMITRIPTILIN M-xolinoblokatorlik va gistaminga qarshi ta'siri bo'yicha imizindan ustun keladi. Amitriptilining kuchli antidepressiv xossasi, kuchli sedativ ta'siri bilan mujassamlangandir. Amitriptilin eng faol antidepressantdir. Ta'siri 10-14 kundan keyin yuzaga chiqadi. Noxush ta'siri va qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar imizinga o'xshash. AZAFEN mo'tadil antidepressiv va yorqin sedativ ta'sirga ega.Boshqa trisiklik antidepressantlardan atropinsimon ta'sirining yo'qligi bilan farq qiladi. Bemorlar yaxshi qabul qiladilar. Noxush ta'siri juda oz. Azafen asosan yengil va o'rtacha darajadagi og'irlikda qo'llaniladi (ko'proq qarilarda). PIRAZIDOL indol hosilasi.Antidepressiv ta'sirining zaminida noradrenalinni neyronal qayta shimilishining kamaytirishi va MAO faolligini susayishi yotadi. Pirazidol periferik va markaziy xolinoblokatorlik ta'siriga ega emas, yuqoridagi antidepressantlardan kam ta'sir doirasiga ega.Yurak, tomir va qon bosimini o'zgartirmaydi. Noxush ta'siri kam bo'ladi. MAO INGIBITORLARI Bu guruh dorilarining antidepressiv xossasining zaminida ularning MAO fermenti faolligi keskin susaytirishi tufayli bosh miyaning ba'zi qismlarida neyromediator NA, serotonin va dofaminning dezaminlanishi to'xtab katta miqdori tuplanishi yotadi.Bu vo- sitalarning kupchiligi MAO faolligini qaytmas bloklaydi va shuning uchun 2 xaftadan keyin yangi ferment molekulasi qayta sintezlangandan keyingina MAO faolligi avvalgi darajasiga yetadi. Pishloq, qaymok, kofe, vino, pivo kabi ovqat mahsulotlaridagi monoaminlar MAO ishtirokida ichakda parchalandi. MAO faolligi keskin susayganda monoaminlar parchalanmaydi va ichakda surilib tomirlarni toraytiradi va qon bosimini oshib ketishiga olib keladi. (pishloq sindromi). NIALAMID - samaradorligi anchagina past bo'lgan antidepressant, lekin preparat jigarga kam zararli ta'sir etadi, noxush asoratlari kam. Nialamidning terapevtik ta'sir 7-14 kundan kyeyin yuzaga chiqadi. Davolash 1-6 oy davom etadi.Preparatning terapevtik ta'siri yaxshi rivojlangandan keyin preparatning dozasi asta-sekin kamaytiriladi. Qo'llanishi: har xil formalardagi bo'shashganlik, sustkashlik,tashabbussizlik bilan kechadigan depressiyalarda, ayniqsa uch boshli nervning yalliglanishi va ogriq bilan kechadigan boshqa ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 69.32 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 69.32 KB
Ko'rishlar soni 47 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga