Diqqat turlari va uning xususiyatlari

Diqqat turlari va uning xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Diqqat turlari va uning xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Diqqat turlari va uning xususiyatlari Reja: Diqqat haqida tushunca. Diqqatning turlari. Diqqatning xususiyatlari. DIQQATNING XOSSALARI. MAVZU BO'YICHA TAYANCH TUSHUNCHALAR: Ixtiyorsiz diqqat - rejasiz, maqsadsiz, iroda kuchisiz ongning biror obyektga to'planishi. Ixtiyoriy diqqat - diqqat turi bo'lib, reja, maqsad, iroda kuchi bo'ladi. Optimal qo'zg'alish o'chog'i - diqqatning fiziologik asosi Ixtiyoriydan so'nggi diqqat - diqqat turi bo'lib, muvofiqlashtir- ilgan diqqat turi. Kuchishi - diqqatning bir obyektdan ikkinchi obyektga ko'chishi. Barqarorligi - diqqatning doimiyligi, turg'unligi, uzoq muddat. Parishonxotirlik - diqqat xossasi bo'lib, asab tizimi charchaganda, shikastlanganda vujudga keladi. Diqqat haqida tushunca. Diqqat psixik faoliyatning yo'naltirilishi va shaxs uchun ma'lum ahamiyatga ega bo'lgan obyekt ustida to'planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo'naltirilish deganda, psixik faoliyatning tanlovchilik tabiati, obyektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O'quvchi maktabda o'qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o'tirganda, u mana shu eshitib o'tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo'zg'algan, shu maqsadga bo'ysundirilgan bo'ladi. Diqqat haqida tushunca. Diqqatda psixik faoliyatning yo'naltirilishi bilan birga uning to'planishi mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo'lmagan boshqa narsalardek, hamma faoliyatdan diqqatni chalg'itish demakdir. Diqqatning bir joyga to'planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi - ko'pmi chuqur e'tibor berish tushuniladi. Ma'lum obyektni muqarrar tanlay olish diqqatning ishtiroqi bilan amalga oshadi. Diqqatning turlari. diQQAT UCH TURGA BOLINADI. DIQQATNING TURLARI Ixtiyorsiz diqqat - bu ongning seskantiruvchi sifatidagi alohida xususiyatiga muvofiq holda obyektda jamlanganligi. Ixtiyoriy diqqat - bu obyektda faoliyat talablariga ko'ra yo'naltirilgan, ongli boshqariladigan jamlanganlik. DIQQATNING TURLARI Ixtiyorsiz diqqat Biz diqqatni qaratishni maqsad qilib qo'ymagan paytimizda psixik faoliyatning yo'naltirishi va to'planishi ixtiyorsiz xarakterga ega bo'lishi mumkin. Bunday hollarda faoliyatning maroqliligi, qiziqarli yoki kutilmaganda favqulotdaligi bilan odamni o'z - o'ziga jalb eta oladi. Odam o'ziga ta'sir qilayotgan narsalarga, hodisalarga, bajarayotgan faoliyatiga beixtiyor berilib ketadi. Masalan: biror ishni bajarayotgan odam radioda yoqimli kuy yoki ashulani eshitib qolsa yoki e'lonni eshitsa u beixtiyoriy qilayotgan ishini tashlab radioga quloq soladi. Diqqatning turlari Biroq biz ko'zlagan maqsad va qabul qilingan qaror tufayli ma'lum bir ishni bajarish lozimligini bilar ekanmiz, bunday holda diqqatning yo'nalishi va to'planishi ixtiyoriy tabiatga ega bo'lishi mumkin. Ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiruvchi sabablarning ikkinchi guruhi tashqi seskantiruvchilarning odamning ichki holatiga muvofiqligi, va birinchi navbatda, uning ehtiyojlariga mos kelishi bilan bog'liq. Masalan, qorni to'q va qorni ochiqqan odamlar ovqat to'g'risidagi suhbatga turlicha munosabat bildiradilar. Diqqatning turlari Sabablarning uchinchi guruhi shaxsning umumiy yo'nalganligi bilan bog'liq. Bizni ko'proq qiziqtiradigan va qiziqishlar sohamizni, shuningdek, kasbiy qiziqishlarimizni tashkil etuvchilar, qoidaga ko'ra, tasodifan duch kelib qolgan bo'lsak ham, e'tiborimizni o'ziga tortadi. Va, nihoyat, ixtiyorsiz diqqatni yuzaga keltiradigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.21 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1.21 MB
Ko'rishlar soni 90 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga