Diqqatning nerv fiziologik asoslari Diqqat nima? DIQQAT-bu psixik faoliyatning biror-bir ma'lum narsaga yo'nalganligi va jamlanganligi. bu hayvonlar, shuningdek, inson diqqatlarining umumiy ta'rifi. insonga nisbatan diqqatni ma'lum obyektlarga inson diqqatining, bir vaqtning o'zida boshqa obyektlardan chalg'igan holda, yo'nalganligi va jamlanganligi sifatida o'rganish mumkin. bu ta'rifdan diqqatning ahamiyatga molik belgilari uning yo'nalganligi va jamlanganligidan iborat ekanligi kelib chiqadi. Diqqatning fiziologik mexanizmlari juda murakkab. masalan, ma'lum vaqt oralig'ida doimiy ta'sir ko'rsatayotgan seskantiruvchilar orasidan biror-bir yangi seskantiruvchini ajratib olish uchun ma'lum mexanizmlar zarur. psixologiya bo'yicha adabiyotlarda, odatda, mexanizmlarning seskantiruvchilarni filtrlovchi ikki asosiy: periferik va markaziy guruhlari ko'rib chiqiladi. periferik mexanizmlarga his-tuyg'u organlarini sozlashni kiritish mumkin. kuchsiz tovushni eshitgan odam tovush kelgan tomonga qaraydi, shu vaqtning o'zida mos keluvchi mushak nog'ora pardasining ta'sirchanligini oshirgan holda uni tortadi. D.E.Brodbentning fikricha, diqqat - axborotni, aynan, kirib kelishda, ya'ni periferiyada tanlab o'tkazuvchi filtr. u, agar odam bir vaqtning o'zida turli axborotni ikki qulog'i bilan qabul qilgan bo'lsa, lekin qo'llanmaga binoan, faqat chap qulog'i bilan qabul qilishi zarur bo'lgan holatda, o'ng quloqqa uzatilgan axborot umuman qabul qilinmaganligini aniqladi. keyinchalik periferik mexanizmlar axborotni fizikaviy xususiyatlariga ko'ra tanlab o'tkazishi aniqlandi. Diqqatning markaziy mexanizmlari bir xil nerv markazlarining qo'zg'alishi, boshqalarining tormozlanishi bilan bog'liq. nerv qo'zg'alishining kuchi bilan bog'liq bo'lgan tashqi ta'sirlarni ajratish aynan shu darajada sodir bo'ladi. kuchli qo'zg'alish u bilan bir vaqtda sodir bo'lgan kuchsiz qo'zg'alishni siqib chiqaradi va psixik faoliyatning muvofiq yo'nalishda kechishini belgilaydi. lekin bir vaqtning o'zida ta'sir ko'rsatib, bir-birini kuchaytiruvchi bir yoki ikki seskantiruvchilarning qo'shilish ehtimoli ham mavjud. Diqqatning fiziologik asoslari haqida gap yuritilganida, yana ikki muhim hodisa: nerv jarayonlarining irradiatsiyasi va dominantlik haqida aytib o'tish joiz. Ch.Sherrington tomonidan belgilangan va akademik I.P.PAVLOV tomonidan keng qo'llanilgan nerv jarayonlarining induksiyasi qonuniga binoan, bosh miya po'stlog'ining biror sohasida yuzaga keladigan qo'zg'alish boshqa sohalarining tormozlanishiga sabab bo'ladi (baravar induksiya) yoki miya ushbu sohasining tormozlanishi bilan almashinadi (ketma-ket induksiya). irradiatsiya hodisasi sodir bo'ladigan bosh miya po'stlog'i sohasida qo'zg'alish uchun qulay sharoitlar yaratilgani uchun darajalar oson ishlab chiqariladi, yangi shartli aloqalar samarali tarzda o'rnatiladi. bu fiziologik jarayonlar diqqatni ta'minlaydi. A.A.Uxtomskiy tomonidan oldinga surilgan dominantlik tamoyiliga ko'ra, miyada doimo ma'lum vaqt ichida nerv markazlari faoliyatini belgilab beruvchi va shu bilan inson xulq-atvoriga ma'lum yo'nalganlik bag'ishlovchi qo'zg'alishning vaqtincha hukmron o'chog'i mavjud bo'ladi. dominantlik xususiyatlariga asoslangan holda nerv tizimiga keluvchi impulslar to'planadi va jamlanadi, shu vaqtning o'zida boshqa markazlar faolligi susayadi, buning hisobiga qo'zg'alish kuchaytiriladi. bu xossalarga binoan, dominantlik qo'zg'alishning barqaror o'chog'i hisoblanadi, bu esa o'z navbatida diqqat jadalligini mustahkamlovchi nerv mexanizmini tushuntirishga imkon yaratadi. T.Ribo ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:19:14
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.26 MB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:33
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:19 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.26 MB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:33 ]
Arxiv ichida: pptx