Ehtiyoj faollikni yuzaga keltiruvchi turtki sifatida va ehtiyoj o'rganish metodlari Ehtiyojlar va faoliyat motivlari Shaxsning muhim belgisi faqat odamga xos ehtiyojlarning borligidir. Ehtiyojlar odamning kun ko'rishi va yashashi uchun zarur xususiyatlardir. Demak, biron narsaga bo'lgan muhtojlik ehtiyoj deyiladi. Eng buyuk, eng ongli mavjudot odamzodning katta kashfiyotlaridan biri ham odamlarga xos bo'lgan ehtiyojning shakllanganligi bo'lib, ular bu mukammal dunyoda o'zining ruhi, tafakkuri va mehnati bilan yaratilganligini anglab yetganligidir. Shuning uchun inson ehtiyojini ikki tomondan, birinchidan, o'z ichki ruhiy olamidan, ikkinchidan, tafakkuri va amaliy motivlaridan, ya'ni tashqi olamdan izlab keladi. Demak, yuqorida aytganimizdek, inson ong egasi bo'lganligi tufayli hodisalarning o'zaro sabablari, qonuniyatlari bog'lanishlarini va bu bog'lanishlarning natijalarini ocha biladi, o'z oldiga muayyan maqsadlar qo'yadi va shu maqsadlarga yarasha ish ko'radi. Yuqorida biz odam ongi, psixikasi yuksak darajada tashkil topgan materiyaning, ya'ni miyaning mahsuli ekanligi haqida gapirdik. Shuning uchun inson ongi ijtimoiy hayot sharoitiga bog'liq holda taraqqiy etib boraveradi. Demak, ong dastavvaldanoq jamiyat mahsulidir va inson umuman dunyoda yashar ekan, ong shunday bo'lib qolaveradi. Kishilik jamiyati taraqqiyotiga nazar tashlasak ehtiyojlarni yuksalib borishini ko'ramiz. Ehtiyojlarni uzluksiz o'zgarib turishi har qanday jamiyatga xosdir. Fanda insonning ehtiyoji cheksizligi, doimo yuksalib borishi allaqachonlar qayd etilgan. Qondirilgan ehtiyoj yangi ehtiyojlarni keltirib chiqarishi xalqda «Insonning ko'zi tuproqqa to'lganda to'yadi» degan naql kelib chiqishiga sabab bo'lgan. Hozirgi nazariyachilar ehtiyojlar cheksiz, ular o'sishining to'xtashi, jamiyat hayotini to'xtashini bildiradi deb e'tirof etishadi. Ehtiyoj o'smaganda edi. ishlab chiqarishni taraqqiy etishiga zarurat bo'lmas edi. Kishilarning ehtiyoji miqdoran o'sib boradi. Bu bir tomondan aholi sonining ko'payib borishi bilan bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan, iste'molni ortishi bilan bog'lik. Masalan, O'zbekistonda aholi soni 1990 yilga nisbatan hozirgi paytga kelib, 1,2 martaga ko'paydi. Agar individual ehtiyoj o'zgarmadi deganimizda ham jamiyat miqyosida ehtiyojlar 1,2 martaga ortgan. Lekin biz bilamiz odamlarni ehtiyojlari ortib boradi. Masalan, xar 100 oilaga to'g'ri keladigan yengil avtomobillar soni 1,3 martaga ko'paydi. Demak avtomobilni ekspluatatsiyasi bilan bog'liq ehtiyojlarimiz ham shunchaga ko'paydi. Ehtiyojlar tarkibi o'zgarib, ko'payib boradi. Ayrim ehtiyojlar yo'qolib, o'rniga yangisi keladi, lekin yo'qolib ketadigan ehtiyojlarga qaraganda yangi vujudga keladiganlari ko'p. Ishlab chiqarishning o'zi ehtiyojlarni o'sishiga, tarkibini o'zgarishiga katta ta'sir ko'rsatadi. Masalan, XX asrning 40-yillarida odamlar televizor nima ekanini bilishmagan. Hozirgi paytda har bir xonadonda televizor bor, Ayrimlarida esa 2-3 tadan. Ko'plab bunday misollarni keltirish mumkin. Shuning uchun ehtiyojlar borgan sari tarkiban yangilanib, ko'payib sifat jihatdan o'zgarib boradi. Mutloqo yangi ehtiyojlar vujudga keladi, eskilari o'zgaradi. Birinchidan, ishlab chiqarish orqali turli ne'matlar va shu ne'matlarga bo'lgan ehtiyojlarni qondirishga imkon yaratiladi. Ehtiyojni qondirilishi o'z navbatida yangi ehtiyojlarni vujudga keltiradi. ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:19:14
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
708.88 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:33
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:19 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
708.88 KB
Ko'rishlar soni
54 marta
Ko'chirishlar soni
8 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:33 ]
Arxiv ichida: pptx