Eksperimental psixologiyaning shakllanishi: Bixeviorizm Reja: 1. Klassik bixeviorizm xulq-atvor haqidagi fan sifatida 2. Dj.Uotsonning bixeviorizm nazariyasi 3. Operant o'rganish nazariyasi 4. B.Skinnerning radikal bixeviorizmi UOTSON DJON BRODYeS (1878-1958) Amerika psixologi, bexeviorizm asoschisi. 1878 yil 9 yanvarda tug'ildi. Psixologiya fanini bevosita his qilinadigan subyektiv hodisalar haqidagi fan deb qarovchilarga qarshi chiqib, psixik hodisalarni o'rganishga yangicha yondoshishni targ'ib qildi. O'z nuqtai nazarini 1913 yil yozilgan axborotnomada aks ettirdi. Introspektiv psixologiyaga qarama-qarshi tabiiy fanlardagi kabi obyektiv metodlarga tayanishi, psixologiyaning predmeti sifatida odamning tug'ilganidan o'limigacha bo'lgan xulqini ko'rishni taklif qildi. D.B.Uotsonning fikricha, psixologik tadqiqotlarning asosiy vazifasi xulqni oldindan aytib berish va uni nazorat qilishdan iborat. D.B.Uotsonning qarashlari stimul-reaktiv psixologiyada rivojlantirdi. Dj.Uotson tarbiyaga nisbatan ilmiy yondashuvni chuqur ishlab chiqishni orzu qilib unga xos bo'lgan keskin uslubi haqida quyidagilarni keltirib o'tadi: Agar bolalar tug'ilishini 20 yilga to'xtatish imkoni bo'lsa, eksperiment maqsadi bilan tarbiyalanayotgan bolalardan tashqari va bu yillarni bolalar rivojlanish qonuniyatlarini chuqur o'rganishga bag'ishlab so'ngra egallangan bilimlar asosida ilmiy va mukammallashgan metodlar orqali yangi tarbiyani boshlash shubhasiz insoniyatni ahamiyatli darajada yaxshilagan bo'lardi. Dj.Uotson Bolani psixologik parvarish qilish nomli tadqiqot ishida jismoniy va ruhiy sog'lom bolalarni tarbiyalashga yordam beruvchi ayrim shartlarni keltirgan: Qatiy kun tartibi; Bolani mos kelmaydigan stimullar ta'siridan himoya qilish; Mumkin bo'lgan maxsus xonaning mavjudligi; Bolaga nisbatan bo'lgan munosabat; Dj.Uotson barcha odamlarda aniq qatiy belgilangan xulq-atvor modelini shakllanishiga atrof-muhitning birlamchi ta'sir kuchi haqida o'z fikr mulohazalarini bildirgan. U muhit to'g'ri shakllantirilganda rasmana me'yordagi sog'lom go'daklardan har kimni katta qilish mumkinligi haqida takidlagan. Dj.Uotson bixeviorizmi Klassik bixeviorizmning markaziy xulosasi quyidagilardan iborat: psixik taraqqiyot bolaning hayoti davomida sodir bo'lib, asosan ijtimoiy muhitga bog'liq bo'ladi. Dj.Uotson yondashuvining zaifligi shundaki: klassik asoslashda individ repertuarida avval mavjud bo'lgan reaksiyalar va yangi stimullarning bog'lanishi sodir bo'ladi. Inson o'zidan faollikni talab qiluvchi murakkab ko'nikmalarga o'rgatish (masalan, nutq, qiyin matematik masalalarni yechish, musiqiy asboblarda o'ynashi) ni klassik nuqtai nazardan tushuntirish juda qiyin. EDVARD LI TORNDAYK (1871 - 1949) U bixeviorizm asoschilaridan biri hisoblanadi. U o'zining ilk tajribalarini mehribonlik uylari bolalari bilan o'tkazgan. Universitet ma'muriyati bolalar bilan tajriba o'tkazishni man qiladi va u keyinchalik hayvonlar bilan tajriba o'tkazadi. U dunyodagi birinchi eksperimental zoopsixologiya laboratoriyasini ochdi. U dastlab jo'jalar keyinchalik it va mushuklar bilan tajribalar o'tkazadi. Hayoti va ijodi U o'z tajribalarining natijalari asosida 1898 yilda Hayvonlar intellekti yoki hayvonlardagi assotsiativ jarayonlarning eksperimental o'rganilishi nomli doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. U o'zining izlanishlarida xulq motivatsiyasining «quyi darajalari»ni o'rganib, kalamushlarda tajriba ishlarini olib borib, jonivorda ochlik, tashnalik va ularning turlicha darajalarini reaksiya tezligiga nisbatan namoyon bo'lish xususiyatini ochishga ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:19:14
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
540.54 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:34
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:19 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
540.54 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:34 ]
Arxiv ichida: pptx