Eksperimentda o'tkaziladigan mustaqil va tobe o'zgaruvchilar tanlash

Eksperimentda o'tkaziladigan mustaqil va tobe o'zgaruvchilar tanlash

O'quvchilarga / Psixologiya
Eksperimentda o'tkaziladigan mustaqil va tobe o'zgaruvchilar tanlash - rasmi

Material tavsifi

Eksperimentda o'tkaziladigan mustaqil va tobe o'zgaruvchilar tanlash Reja: Eksprementda o'tkaziladigan mustaqil va tobe o'zgaruvchilarni tanlash. Tobe o'zgaruvchini tanlash: operatsional tushuncha, validlik, ishonchlilik. Bevosita kuzatsa bo'ladigan tobe o'zgaruvchilar, bilvosita ta'sir o'tkazadigan tobe o'zgaruvchilar hamda salbiy va ijobiy ko'rsatkichlari. Eksprementda o'tkaziladigan mustaqil va tobe o'zgaruvchilarni tanlash Tadqiqotchi ichki hodisaning Ava V sababli aloqasi to'g'risidagi gipotezani tekshiradi.Sabablilik tushunchasi fanda eng qiyin tushunchalardan biri hisoblanadi. Ikki hodisa o'rtasidagi sababli aloqalarning bir qator empirik belgilari mavjud. 1-belgisi. Boshlang'ich harakat sabablarini va harakat vaqtini ajralganligi. Agar tadqiqotchi tajriba ta'siridan so'ng obyektda o'zgarishni kuzatsa, ta'sirga uchramagan analitik obyektga nisbatan o'zgarishni kuzatsa, unda eksperemental ta'sir obyekt ahvolini o'zgartirishga sabab bo'ldi, deyishi uchun asos bo'ladi. obyektlarning ta'siri va taqqoslanishi bunday xulosaning muhim sharoiti hisoblanadi.G'ozlarning janubga uchib ketishlari, bir oydan so'ng qor yog'ishiga sabab bo'la olmaydi. 2-belgisi. Ikki o'zgaruvchilar o'rtasidagi statistik aloqalarning mavjudligi(Sababli va harakatli). O'zgaruvchilarning biri o'zgarishi ikkinchisining o'zgarishi bilan kuzatiladi. Boshqacha qilib aytganda,o'zgaruvchilar o'rtasida yoki chiziqli korrelyatsiya xuddi verbal intellekt va maktabdagi yutuqlar o'rtasidagi daraja yoki to'g'ri chiziqli korrelyatsiya uchraydi. 3- belgisi. Sababli tekshiruv aloqasi, agar tadqiqot muolajasi A va V aloqalarini tushuntirishning boshqa imkoniyatlarini rad etganda qayd etiladi. Ikki hodisa orasidagi bog'lanish eksperimental gipotezasining tekshiruvi quyidagicha amalga oshiriladi. Tadqiqotchi taxminiy sababni modellashtiradi: U eksperimental ta'sir sifatida namoyon bo'ladi, natija esa - obyekt holatining o'zgarishi -u qandaydir o'lchaydigan asbob orqali o'lchanadi. Shunday qilib, tadqiqotchi ishtrokchiga turli baland pastlikdagi signallarni taqdim etadi-uning psixikasi o'zgara boshlaydi-ishtirokchi yoki eshitadi yoki signalni eshitmaydi va turli motor va verbal javoblarga sabab bo'ladi (xa-yo'q, eshitayapman, eshitmayapman). Tashqi o'zgaruvchilarda tadqiqot vaziyatlarini tadqiqotchi nazorat qilishi kerak. Tashqi o'zgaruvchilar orasidan ajralib turadiganlari: 1) Salbiy o'zgaruvchilar, u sistematik aralashmani buzib, ishonchli bo'lmagan ma'lumotlar Yuzaga kelishiga sabab bo'ladi.(vaqt faktori, ishtirokchining individual o'ziga xosliklari) 2) Qo'shimcha o'zgarishli, sababli va tekshiruv o'rtasidagi aloqani o'rganish uchun mavjud. Xususiy gipotezalarni tekshirishda qo'shimcha o'zgarishning darajasi haqiqatni o'rganishda uning darajasiga mos kelishi lozim. Tadqiqotchilar mustaqil o'zgaruvchilarni turli xillarini ajratadilar: -sifatli (o'rgatib turish-o'rgatmaslik) -miqdoriy (pul bilan qo'llash darajasi) Tobe o'zgaruvchilar orasidan bazisini ajratadilar. Bazisli o'zgaruvchi -yagona bog'liq bo'lgan o'zgarish bo'lib,unga bog'liq bo'lmagan o'zgaruvchilar ta'sir ko'rsatadi.Tadqiqotchi tajribida faqatgina tobe o'zgaruvchini o'zgartirishi lozim. Bu shart qo'llaniladigan tajriba, toza eksperiment hisoblanadi, lekin tajriba davomida tadqiqotchi bir o'zgaruvchini tanlay turib qolganlarini ham o'zgartirib yuboradi. Bu o'zgarish tadqiqotchining harakati orqali yuz berishi va ikki o'zgaruvchilar o'rtasidagi aloqa shartiga to'g'ri kelishi mumkin. Tajriba tekshiruvini o'tkazishdagi asosiy muammo mustaqil o'zgaruvchilarni ajratish va qolgan o'zgaruvchilarni qo'llamaslik. Tobe o'zgaruvchini tanlash: operatsional tushuncha, validlik, ishonchlilik Tobe o'zgaruvchi qandaydir mustaqil o'zgaruvchining ta'sirida xulq-atvorda ro'y beradigan o'zgarishdir. Tekshirish ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.32 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 50.32 KB
Ko'rishlar soni 51 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga