Eksperimentlarni loyihalash Reja: Bitta o'zgaruvchili eksperimentlar. Faktorli loyihalar. Bir o'zgaruvchili eksperimentlar Oddiy eksperimentda bir mustaqil o'zgaruvchi ikki darajaga ega bo'ladi. Ayrim tadqiqotchilar mazkur darajalarga mos keluvchi guruhlarni eksperiment guruhi va nazorat guruhi deb nomlashni ma'qul ko'radilar. Ba'zi hollarda nazorat sharti - biron-bir ta'sirning mavjud emasligi aniq-ravshan bo'ladi. Masalan, sizni biron-bir dorining xulq-atvorga ta'siri qiziqtirsa, nazorat guruhi bu dorini olmaydi, eksperiment guruhi esa - oladi. Bu yerda nazorat guruhi kuzatilayotgan effekt eksperimentda ishtirok etishining o'zi bilangina paydo bo'lmaganini ko'rsatishga ham yordam beradi. Boshqa hollarda, ayniqsa mustaqil o'zgaruvchining bir necha darajalaridan foydalanilganida, qaysi guruhni nazorat guruhi deb nomlash zarurligi aniq bo'lmaydi. Shu sababli odatda, mustaqil o'zgaruvchini tavsiflash uchun daraja atamasi ishlatiladi. Nima bo'lganda ham biz real eksperimentga ega bo'lish uchun kamida ikki darajadan foydalanishimiz lozim. Aks holda mustaqil o'zgaruvchining o'zgarishi xulq-atvorda o'zgarish Yuz berishiga sabab bo'lgan, deb aytish mumkin bo'lmaydi, chunki taqqoslashni amalga oshirish mumkin emas. Ma'lumotlarga qaraganda, eksperimental psixologiya endigina paydo bo'lgan davrda bir o'zgaruvchili va ikki darajali eksperimentlar odatdagi bir hol hisoblangan. Fanimiz o'zining shakllanish bosqichida bo'lgani bois, tadqiqotchilar mustaqil o'zgaruvchi ta'sirining xususiyatini aniqlashdan ko'ra, umuman mustaqil o'zgaruvchi biron-bir ta'sir ko'rsatadimi, degan savolga javob topish bilan ko'proq shug'ullanganlar. Boz ustiga, ular yanada murakkab eksperimental omillarni tahlil qilish uchun zarur tekshirishlarning statistik metodlarini hali ishlab chiqqan bo'lmagan. Bir qator holatlar uchun metodlar mavjud bo'lgan, biroq, qoida tariqasida, o'rtacha tadqiqotchiga ular yaxshi ma'lum bo'lmagan. Bugungi kunda jurnallarning muharrirlari odatda eksperimentda ta'sirlarning ikkitadan ortiq darajalarini ko'rishga umid qiladilar. Ba'zan juda yaxshi bajarilgan ikki darajali eksperimentlar maqbul deb qaraladi (ayniqsa bir nechta eksperimentlar to'g'risida xabar berilganida), biroq tipik eksperiment odatda darajalar to'plamiga ega bo'ladi. SHunga qaramay ikki darajali eksperimentdan birinchi qadam sifatida foydalanishga yo'l qo'yiladi. Boshlovchi eksperimentatorlar bunday eksperimentni o'tkazishni o'rganib olishlari lozim. Ayrim hollarda ikki darajali eksperimentlar qimmatli natijalar berishi mumkin. Afzalliklari. Ikki darajali eksperimentlar eksperiment o'tkazishning yanada murakkab rejalari oldida bir qancha afzalliklarga ega. Ular mustaqil o'zgaruvchi o'rganishga arziydimi, degan savolga javob topish imkonini beradi. Agar mustaqil o'zgaruvchi inson xulq-atvoriga aslo ta'sir ko'rsatmasa, o'z-o'zidan ravshanki, mazkur ta'sirning xususiyatini aniqlash uchun yanada murakkab eksperiment o'tkazish amalda vaqtni behuda sovurishdan boshqa narsa emas. Bundan tashqari, ikki darajali eksperiment natijalarini talqin va tahlil qilish oson. Uning yakuni sodda va lo'nda: Ha, o'zgaruvchi ta'sir ko'rsatdi; xulq-atvor falon tomonga o'zgardi yoki Yo'q, o'zgaruvchi ta'sir ko'rsatmadi. Biron-bir effekt chindan ham mavjudmi yoki u tasodifiy variatsiya ta'sirida paydo bo'lganmi, degan savolga javob topish uchun odatda statistik tekshirish talab etiladi va ikki darajali eksperimentlar uchun uni o'tkazish qiyinchilik tug'dirmaydi. Masalan, ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:19:14
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.84 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:34
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:19 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
24.84 KB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:34 ]
Arxiv ichida: doc