Eksperimentlarni o'tkazish shart - sharoitlari va bosqichlari

Eksperimentlarni o'tkazish shart - sharoitlari va bosqichlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Eksperimentlarni o'tkazish shart - sharoitlari va bosqichlari - rasmi

Material tavsifi

Eksperimentlarni o'tkazish shart-sharoitlari va bosqichlari Reja: Ichki validlikka xavf soluvchi omillar: Fon, etilish, saralash, o'lim, testlash, statistik regressiya tushunchalari Ichki validlikka xavf soluvchi omillar: fon, etilish, saralash, o'lim, testlash, statistik regressiya tushunchalari Laboratoriya sharoitidagi eksperimentlarda qisqa muddat ichida mustaqil o'zgaruvchilarning barcha darajalari bo'yicha ma'lumotlar to'plash mumkin. Bu vaziyatda fon bilan shartlangan tobe ko'rsatkichning o'zgarishi ehtimoli kam, qolaversa, arim vaziyatlar mustaqil o'zgaruvchining darajasiga bog'liq bo'ladi. Masalan, tasavvur qiling siz katta guruhlardagi umumiy psixologiya kursi bo'yicha tinglovchilarning o'zlashtirish darajasi kompyuter texnologiyalariga asoslangan videoroliklar bilan o'tilgan dars yoki an'anaviy plakatlar, turli qo'lyozmalarga asoslangan darsga bog'liq ekanligini qiyosiy tahlil qilmoqchisiz. Shuningdek, umumiy psixologiya kursi bir yilda bir marotaba o'tilishini taxmin qilaylik. Bu yil siz kompyuter vidiorolik materiallari va amaliy materiallarni to'plab dars o'tasiz va o'tgan yilgi guruh o'zlashtirish ko'rsatkichi bilan solishtirasiz. Agar bu yilgi guruhning o'zlashtirish ko'rsatkichlari o'tgan yilgi guruh ko'rsatkichlaridan yuqori bo'lsa, unda siz kompyuter texnologiyalari qo'llanilgan dars samaraliroq deb xulosa chiqarishga haqlisiz. Biroq, bu o'zgarish qandaydir fonli hodisa ta'sirida ro'y bergan bo'lishi ham mumkin. Masalan, fakultetga qabul talablari qat'iy bo'lganligi sababli guruh talabalarining akademik qobiliyatlari rivojlangan bo'lishi mumkin. Yoki kollej rahbariyati bitiruvchi talabalar umumiy psixologiya kursini o'qishi kerakligi haqidagi talabni qo'ygan bo'lsa, bu ham guruhning ko'rsatkichlariga ta'sir etgan. Balki, psixologiya kursiga qiziqish shaxsiy kompyuterlarning paydo bo'lishi bilan bog'liq ravishda ortgan bo'lishi mumkin. Bunga boshqa omillar ham ta'sir etgan bo'lishi mumkin, ya'ni talabalar yuqori kurs talabalaridan o'tgan yilgi imtixon savollarini nusxasini olib tayyorgarlik ko'rgan bo'lishlari mumkin. Siz ikkita guruh o'zlashtirishidagi farqni aynan kompyuter texnologiyalarini darsga joriy qilinishi bilan bog'liq vaziyatda aniq xulosa chiqarishingiz uchun ichki validlikka tahdid soluvchi yuqoridagi fonli hodisalarni chetlab o'tilganligiga ishonchingiz komil bo'lishi lozim. Etilish - bu ichki validlikka xavf soluvchi omillardan biri bo'lib, ishtirokchilarning yoshi kattaligi va tajribaliligi bilan bog'liq. Ajablanarlisi, etilish aynan kichik bolalarga nisbatan munosabatlarda tahdidlidir, masalan, bu maktabgacha ta'lim muassasasi dasturlarini baholashda yaqqol ko'zga tashlanadi. Biroq, etilish kattalar hayotini tadqiq qilishga qaratilgan uzoq vaqtli eksperimentlarda masalan, oddiy hodimlikdan rahbar lavozimiga ko'tarilgan holatdagi vaziyatda ham ta'sir etishi mumkin. Saralash ko'pincha ishtirokchilarni tanlashda, ayniqsa, ko'ngilli ishtirokchilarni saralashda ichki validlikka tahdid soladi. Agar yuqoridagi misolni ko'rib chiqadigan bo'lsak, guruhlar bahorgi va kuzgi bo'ladi, bu esa muammo tug'diradi. Kuzgi 1-kurs talabalarining guruhi psixologiyaga ixtisoslashtirilgandir. Bahorgi guruh talabalari bitiruvchi kurs bo'lib, ularning ixtisosligi texnologdir. Sizningcha, bu guruhlar orasida psixologiyani o'zlashtirish ko'rsatkichidan boshqa vaziyatlarda ham farq kuzatilishi mumkinmi? Eksperimentatorlarga ma'lumki, semestr boshida o'z ixtiyori bilan tadqiqotda ishtirok etish xohishini bildirgan ishtirokchilar bilan semestr oxirida ishtirok etish xohishini bildirgan ishtirokchilar orasida potentsial farqlar ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.73 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:34 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 48.73 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga