Emotsiyalar va insonning xronologik yoshi

Emotsiyalar va insonning xronologik yoshi

O'quvchilarga / Psixologiya
Emotsiyalar va insonning xronologik yoshi - rasmi

Material tavsifi

Reja: 1.Emotsiya va hissiyotlar haqida umumiy tushuncha. 2.Xronologik yosh tushunchasi.Xronologik va biologik yosh farqi 3.Hissiyotning rivojlanish tarixi va hissiyot nazariyalari. 4. Hissiyot turlari. Emotsiyalar va insonning xronologik yoshi Emotsiya (lot. emovere - harakatga keltirish, tebratish) - odamning ayni paytdagi birlamchi ehtiyojlari qondirilishi yoki qondirilmasligiga nisbatan uning nisbatan qisqa muddatli munosabati sifatida vujudga keluvchi hissiy holatdir. emotsional ton (yunoncha tonos - zo'riqish, urg'u berish ma'nosini bildiradi) Turli emotsional holatlarda nafas olishning o'zgarishi (1 minutda): Xursandlikda - 17 marta Faol xafalikda - 9 marta Qo'rqishda - 64 marta Jahl chiqqanda - 44 marta Emotional holat turlari: Kayfiyat - jadalligi past, ammo ancha davomiy va tushunarsiz sabablarga ega emotsional holat. Affekt - qisqa muddatli, jo'shqin kechadigan va boshqarilishi qiyin bo'lgan emotsional holat. Stress - uzoq va kuchli psixik zo'riqishni his etishdan iborat emotsional holat. Frustratsiya- (lotincha - aldanish, haddan tashqari kutish, xafa bo'lish). Maqsadga erishishga xalaqit beradigan sabablar ostida paydo bo'lgan holat. KAYFIYAT - zaif yoki o'rtacha kuchga ega bo'lgan va odatda ancha barqaror emosional holatdir. AFFEKT - tez paydo bo'ladigan, nihoyat darajada kuchli, g'oyat jushqinlik bilan o'tadigan qisqa muddatli emosional holat. Affektiv holatning paydo bo'lishi miya pustlog'ida kuchli qo'zg'alish manbaining vujudga kelishi bilan bog'liqdir. Buning natijasida tormozlanish jarayonlari sussayadi va katta yarim sharlar po'stlog'i pustloq osti markazlaridan kelayotgan shiddatli impul'slar oqimini nazorat qilish, bostirish imkoniga ega bo'lmay qoladi. Shunday qilib, miya po'stlog'i bilan pustloq osti faoliyati o'rtasidagi zarur muvozanat o'zgaradi. STRESS - odamni kuchli, chuqur larzaga keltiradigan his-tuyg'ular oqibatidagi emosional holat. Ular kuchli psixik zur berishlarda: xavf - xatar vaqtida, ortiqcha jismoniy va aqliy mehnat qilishda, faoliyatning juda qiyin va mas'uliyatli damlarida vujudga keladi. FRUSTRASIYA tushkunlik, ma'lum maqsadga erishishda umidlarning parchalanishi bilan kechadigan inson muvaffaqiyatsizligining emotsional og'ir kechinmasi. Bunday paytda odam tajang, jahldor bo'ladi. Oqibatda odam nevroz kasaliga duchor bo'ladi. HISSIYOT Hissiyot arabcha hissiyatun - so'zidan olingan bo'lib, sezish, his qilish ma'nolarini anglatadi. XVII-XIX asrlardan keyin Intellektuallashtirish nuqtai nazari tarafdori I.F.Gerbart - hissiyotlarning organik ifodalanishlari - bu psixik hodisalarning oqibati haqidagi dalildir va bunda tasavvur fundamental psixologik dalil hisoblanadi, degan fikrni ilgari surgan. V.Vundt fikricha, psixik jarayonlar ma'lum organik o'zgarishlarni keltirib chiqaradi. 1872-yilda Inson va hayvonlarda hissiyotlarning ifodalanishi asarini chop etdi. Unga ko'ra, hayvon va odam xulq-atvori o'rtasida umumiyliklar mavjud. U o'z fikrini hayvonlar va odamlar turli emotsional holatlarining tashqi ifodalanishini kuzatishdan kelib chiqqan holda, asoslab berdi. Hissiyotning hozirgi zamon tarixi 1884-yil U.Jeymsning Hissiyot nima? maqolasi chop etilishidan boshlandi. U.Jeyms va undan mustaqil ravishda K.Lange hissiyot nazariyasini ishlab chiqqan. Ularning fikricha, tashqi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.07 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:35 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.07 MB
Ko'rishlar soni 65 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga