EMPIRIK TADQIQOT USULLARI REJA: 1.EMPIRIK TADQIQOT USULI 2.KUZATISH VA O'CHASH EMPIRIK USUL SIFATIDA 2.TAQQOSLASH VA TAVSIFLASH Empirik tadqiqot usuli - bu obyektning bevosita yoki asboblar yordamida idrok qilsa bo'ladigan unsurlari, belgilari va xossalari haqida ma'lumotlar olish, faktlarni guruhlashtirish, tavsiflash, tasniflash amallarini bajaradigan izlanish vositasidir. Bunday usulning qimmatli tomoni shundan iboratki, obyektni tuzilishi, mohiyati yoki funksiyaonal qonuniyatlarini namoyon etadigan xossalar, ularning miqdoriy va me'yoriy qiymatlari xususida bevosita axborot olinadi. Shu turdagi empirik ma'lumot nazariy tadqiqot doirasiga kiritiladi, oqibatda jiddiy kashfiyotlar qilinadi, texnologik loyihalar, tuzilmalar ishlab chiqiladi. Kuzatish empirik tadqiqotda birlamchi fakt va bilim beradigan manba va usuldir. Manba sifatida kuzatish obyekt xususida har tomonlama, ya'ni uning idrok qilsa bo'ladigan unsurlar va xossalariga oid axborot va faktlarni olish imkoniyatini beradi. Usul sifatida kuzatish qanday funksiyani bajaradi? Buni quyidagi ta'rifdan bilish mumkin. Kuzatish - bu reja asosida faol, tizimli va maqsadga muvofiq bevosita yoki asbob yordamida obyektning tashqi yoki ichki, o'zgaruvchan yoki barqaror xossalari, tuzilishi, miqdoriy qiymatlarini qayd etish, olingan axborotni ilmiy faktga aylantirish usulidir. bir maqsadga yo'naltirilganlik, diqqat e'tibor faqat qiziqish o'yg'otadigan hodisalarga qaratish; faollik, ya'ni tadqiqotchini qiziqtiradigan xislatlarni izlash va qayd qilish; Kuzatish usuli tarkibiga kirgan bir qator metodologik talablar mavjud: - kuzatishni rejali va oldindan mo'ljallangan bo'lishi tizimli bo'lishi, ya'ni obyektni belgilangan rejimda izchillik bilan qo'yilgan maqsad uchun yetarli miqdorda idrok qilish. Kuzatish usuli bir qancha turlarga bo'linadi: - qayd qiluvchi (ayrim tomonlar va holatlarni) va obyektni bir butunligicha idrok qiluvchi kuzatish; - bevosita (obyekt xossasini to'ppa-to'g'ri, bevosita idrok qilish) va bilvosita (obyektni o'zi emas, qoldirgan izi yoki oqibatini) kutazish; - bevosita sezish organlari va bilvosita asboblar yordamida kuzatishni olib borish. O'lchash. Har qanday tadqiqot obyekti sifat va miqdor birligini tashkil qiladi. Sifat obyektning bir butunligi, barqaror muayyanligi, mohiyatli tomonini bildiradi. Bir xil sifatga ega bo'lgan narsalar miqdorga ega bo'ladilar. O'xshash yoki aynan xossa, tomon, unsurlarni birlashtirsak to'plam, son, hajm, sur'at darajasida namoyon bo'ladi. Har bir xossa, sifat o'zini me'yoriy chegarasiga ega. Me'yoriy chegara ma'lum miqdor doirasida namoyon bo'ladi. Tadqiqotda 4 xil o'lchov shkalalaridan foydalanadilar. Nominal, ya'ni, nomlar, ifodalar shkalasi. Bu shkala bir-birini kesib o'tmaydigan guruhlarni ifodalaydi. Masalan, jins va millati, ma'lumot bo'yicha mutaxassis, qaysi rangni afzal ko'rish va boshqalar. Mazkur atamalarni belgilashda ko'p - oz ko'rsatkichlari ishlatilmaydi, ularraqamlar, hafrlar, so'zlar yordamida ifodalanadi. Nominal shkalani funksiyasi obyektlarni aynan yoki turli guruhlarga tegishli ekanligini qayd qilishdir. Tadqiqotda nominal shkaladan obyektlarni tasniflash, ularni guruhlarga, sinflarga, sohalarga bo'lish maqsadida foydalanadilar. Tartib shkalasi. Bu shkala nafaqat obyektlarni sinflarga (turlarga) bo'lish, balki ulardgi belgilarni o'sishi ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:19:14
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.2 MB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:35
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:19 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
3.2 MB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
6 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:35 ]
Arxiv ichida: ppt