Ertakterapiya - rasmi

Material tavsifi

ERTAKTERAPIYA к ERTAKTERAPIYA Ertakterapiya bu bolani ertaklar orqali tarbiyalash va davolash metodidir. Ertakterapiya atrof-muhit bilan o'zaro munosabatni mukammallashtirish hamda emotsional buzilishlarni to'g'rilashda foylaniladigan usuldir. Ertaklar bolaga umid beradi. Bola qanchalik Yangi yil kechasi sovg'a olib keladigan Qorboboga ishonsa, u shunchalik hayotga optimist ko'z bilan qaraydi. Ertaklar orqali biz bolani tarbilaymiz,uningichki dunyosini boyitamiz, qalbini davolaymiz,hayot haqida bilib beramiz, xayolini o'stiramiz. ERTAKTERAPIYA Haqiqiy ertakning asosiy belgisi bu - uning yaxshilik bilan tugashidir. Bu bolaga psixologik himoyalanganlik tuyg'usini beradi. Ertaklarda nimaiki sodir bo'lmasin, yaxshilik bilan yakun topadi,ertak qahramonlarining boshiga tushgan barcha sinovlar ularni yanada kuchli va aqlli qiladi. Boshqa tomondan, bola yomon xatti-harakatlarni amalga oshirgan qahramonlarning, albatta, qilmishlariga yarasha jazo olishlarini ko'radi. Barcha sinovlardan mufaqqiyatli o'tgan, o'zining barcha ijobiy xislatlarini namoyon qilgan qahramonlarning esa albatta mukofotlanishiga amin bo'ladi. Ana shunda hayotning asosiy qonuni yaqqol ko'rinadi: Sen hayotga qanday munosabatda bo'lsang, u ham senga shunday javob qaytaradi. Korney Ivanovich Chikovskiy shunday yozgan edi: Menimcha ertakning maqsadi bolada birovning g'am-tashvishi uchun qayg'urish, o'zganing shodligi uchun xursand bo'lish,begona insonning taqdirini xuddi o'ziniki kabi boshdan o'tkazish kabi insoniylikni qanday bo'lmasin tarbiyalashdan iboratdir''. E'tibor bering-a, bu yerda ikki insonning o'zaro bir-birini tushunishi,bir-biriga g'amxo'rlik qilishi haqida gap bormoqda. Ertakterapiya bolaga nima beradi? Ertaklarga o'z ijodida jahon psixologlaridan E.Fromm, E.Bern, E.Gordner, I.V.Vajkov,M.Osorina,E.Lisina kabi psixologlar murojaat qilganlar. Ertaklardan bolalar adolat va adolatsizlik haqida o'zlarining ilk tasavvuriga ega bo'ladilar. Ertak bolaning murakkab hayotiy muammolarini hal qilish usullarini ongida saqlab qolishga va qayg'urishgamajbur qiladi. Bunda hayotga qarama-qarshi kuchlarning to'qnash kelishi va ularni hal qilish borasidagi tajriba ortib boradi hamda ijodiy tasavvur rivojlanadi. Aynan xotira bilan uyg'ulashgan tasavvur bolaga hayotda shu kabi muammolarga duch kelganda qisqa vaqt ichida to'g'ri va samarali yechimni topishga imkon beradi. Ertak esa qahramonlarning xatt-harakatlarini misli ko'rilmagan holatlarda aks ettiruvchi, ammo bolaning xotirasi va ongiga eng asosiy, ba'zan esa ilojsizdek tuyulgan, qiyin holatlarning ham baribir yechimi bor, degan tushunchani singdiruvchi hayotning o'zidir. Hayotda boshi berk ko'chalar bo'lmaydi.Ko'pincha inson shunchaki, ulardan chiqib ketishga tayyor bo'lmaydi. Ertaklar orqali biz bola qalbidagi muammolarni ochishimiz va yechishimiz mumkin.Bunday ertaklar terapevtik ertaklar deb nomlanadi. Ko'pincha ertakalar kechqurun uyquga yotishdan oldin aytiladi,sababi bola bu paytda tinch bo'lib,bu aynan unga ta'sir o'tkazish uchun qulay paytdir. Shuning uchun kechqurun yaxshilik bilan tugaydigan pozitiv mazmunli ertaklar aytib berish kerak. Shuningdek, oila davrasida, kattalarning muhokamasi bilan tinglangan ertaklar muammoni hal qilishga,korreksiyalashga zamin yaratadi. Ertaklar bolani ulg'aytiradi.Birinchi navbatda ertakni bolaga bajonidil aytib bermoq lozim,shunda xalq ijodidan bola ko'proq narsa oladi. Ertak aytish jarayonida bola ruhan xotirjam, muhit tinch bo'lsa, samarasi yaxshi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.93 MB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:35 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 8.93 MB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga