Mundarija Kirish I Bob Muammoni o'rganishning ilmiy-nazariy asoslari 1.1.Muammo bo'yicha pedagogik, psixologik, metodik adabiyotlar tahlili 1.2.Eshitishida nuqsoni bo'lgan bolalarning sensor rivojlanishini o'ziga xos xususiyatlari Birinchi bob bo'yicha xulosa II Bob Eshitishida nuqsoni bo'lgan o'quvchilarini sensor xususiyatlarini eksperemental o'rganish 2.1.Eshitishida nuqsoni bo'lgan o'quvchilarini sensor xususiyatlarini eksperemental o'rganish metodikasi 2.2.Eshitishida nuqsoni bo'lgan o'quvchilarini sensor xususiyatlarini eksperemental o'rganish natijalari Ikkinchi bob bo'yicha xulosa 2.Bob. Maxsus maktab boshlang'ich sinf o'quvchilarini sensor tarbiyalash texnologiyasi 3.1 Eshitishida nuqsoni bo'lgan o'quvchilarini sensor rivojlantirish bo'yicha korreksion - pedagogik ish 3.2. Eshitishida nuqsoni bo'lgan o'quvchilarini sensor rivojlantirish texnologiyasi Uchinchi bob bo'yicha xulosa Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Kirish Mamlakatimiz mustaqillikni qo'lga kiritgan davrni sarhisob qilsak, hukumatimiz tomonidan inson manfaatlarini ko'zlash va himoyalash jarayonida jamiyatimizning alohida yordamga muhtoj qatlamiga jiddiy e'tibor qaratib kelinayotganini kuzatamiz.O'zbekiston Respublikasi demokratik huquqiy davlat qurish yo'lidan borar ekan, inson huquq va erkinliklarini ta'minlab, jamiyatni ma'naviy jihatdan boyitib borishni, dunyo hamjamiyatiga integratsiyalashuvni amalga oshirmoqda. Jamiyatimizda yuz berayotgan ijtimoiy, iqtisodiy, ekologik o'zgarishlar jismoniy va ruhiy nuqsonga ega bo'lgan bolalarning ko'payishiga sabab bo'lmokda. Prezident I.A.Karimov aytganlaridek: «Farzandlari sog'lom yurt qudratli bo'ladi, qudratli yurtning farzandlari sog'lom bo'ladi». Sog'lom avlodni tarbiyalab o'stirish g'oyatda mas'uliyatli vazifa, shu bilan birga nnsonparvar siyosat natijasidir.Maxsus maktabda eshitishda nuqsoni bo'lgan va zaif eshituvchi bolalarni boshqa barcha fuqarolar bilan teng imkoniyatlarga ega bo'lishini ta'minlash, ularning turmush faoliyatidagi cheklanishlarni bartaraf etish, to'laqonli hayot kechirishlariga, jamiyatning ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy turmushida faol qatnashishlariga, shuningdek, o'zlarining fuqarolik burchlarini bajarishlariga imkon beradigan qulay shart-sharoitlar yaratish davlatimiz insonparvarlik siyosatining asosiy mazmunini tashkil etadi Prezidentimiz Islom Karimov tashabbusi bilan yurtimizda har tomonlama sog'lom avlodni voyaga yetkazish borasidagi islohotlarni izchil davom ettirish va yuksak bosqichga ko'tarish maqsadida kirib kelayotgan yangi - 2014-yil mamlakatimizda Sog'lom bola yili deb e'lon qilindi. Yurtimiz qudrati, jamiyat ravnaqi kelajagimiz egalari bo'l¬gan bolalarning ham jismoniy, ham ma'naviy jihatdan sog'lomligiga bog'liqdir. Bu tashabbus mamlakatimiz ahli tomonidan iliq kutib olinganligining sababi ham shundan. Qabul qilinajak «Sog'lom bola yili» davlat dasturi mamlakatimizda ona va bola skriningi, aholining reproduktiv salomatligini mus¬tahkamlash, sog'lom bola tug'ilishi, jismoniy va ma'naviy barkamol avlodni voyaga yetkazish borasidagi ishlarni yanada kuchaytirish va samaradorligini oshirishga oid chora-tadbirlarning uzviy davomi sifatida samarali bo'lishiga to'liq asos bor. Mamlakatimizda jismoniy sog'lom, ma'naviy yetuk, har tomonlama uyg'un va barkamol rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, intellektual salohiyatga, chuqur bilim va zamonaviy dunyoqarashga ega, Vatanimizning taqdiri va kelajagi uchun mas'uliyatni o'z zimmasiga olishga qodir bo'lgan yosh avlodni tarbiyalab voyaga yetkazish vazifasini izchil davom ettirish uchun aniq maqsadga qaratilgan keng ko'lamdagi kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat va jamiyatning barcha kuch va imkoniyatlarini ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:19:14
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
78.32 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:35
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:19 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
78.32 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:35 ]
Arxiv ichida: doc