Etniklararo munosabatlar psixologiyasi

Etniklararo munosabatlar psixologiyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Etniklararo munosabatlar psixologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Psixologiya yo'nalishi bo'yicha qayta tayyorlash va malaka oshirish kursi tinglovchisi Mavzu: Etniklararo munosabatlar psixologiyasi BITIRUV LOYIHA ISHI Mundarija Kirish. Mustaqillikka erishgandan keyingi yillar - milliy ong va ma'naviyatda yuz berishi muqarrar bo'lgan o'zgarishlar, ijtimoiy jarayonlar hamda munosabatlardagi islohotlarning chuqur ildiz ota borishi bilan izohlanadi. Tabiiyki, har bir millatning aqliy va psixologik qiyofasi o'ziga xos tarixiy etnik va tabiiy-iqlimiy shart-sharoitlar doirasida shakllanganligi bois, uning real hayot voqealariga, ijtimoiy-siyosiy hodisalarga bo'lgan munosabati ham turlicha bo'lishi shubhasizdir. Zero, milliy o'ziga xosliklar, xalqning xarakterli belgilari uzoq asrlar mobaynida muayyan ijtimoiy-iqtisodiy, tabiiy-jug'rofiy shart-sharoitlar, siyosiy vaziyatlar, diniy mansubliklar, boshqa millatlar bilan hamkorliklar, jangu-jadallar va osudalik holatlari negizida tarkib topadi. O'zbekistondagi xalqlarning ham o'ziga xos turmush tarzi asrlar mobaynida tarkib topgan. Har qanday sivilizatsiya ko'pdan - ko'p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali ta'sirining mahsulidir deb ta'kidlagan edi Prezidentimiz I.A.Karimov (I.A.Karimov Adolatli jamiyat sari, 1998 yil Toshkent. 53 bet). Hozirgi kunda shiddat bilan rivojlanayotgan psixologik bilimlar ushbu jamiyatning real ehtiyojlari, uning taraqqiy etish zaruriyati, odamlar faoliyati va turmush farovonligini ta'minlash bilan belgilanadi. Psixologik bilimlar odam faoliyati va hayotining turli jabhalariga kirib bormoqda: ishlab chiqarish, siyosat, biznes, sog'liqni saqlash, ta'lim va h. Biroq hozirgi jamiyat mazkur bilimlarni odamlarning turmush tarzi va kasbiy faoliyatida qo'llashga faol ko'maklashish u yoqda tursin ularni jiddiy qabul qilishga ham hali tayyor emas. Shu bois ham butun aholining psixologik ma'rifatliligini ta'min etish masalasi amaliy psixologiyaning markaziy muammolaridan biri bo'lib qolmoqda. Ushbu maqsad yaxshi metodik tayyorlikka ega malakali psixologlarga bo'lgan zaruriyatni tug'diradi. Shu bilan birga bunday mutaxassislarni tayyorlashda ayrim kamchiliklar kuzatilmoqda: ya'ni nazariya va amaliyot o'rtasida uzviylikning yo'qligi, xotiraga tayanish, sust metodik tayyorlik, fundamental psixologik fanlarni o'qitish metodlarining eskirganligi. Zamonaviy psixologik ta'lim psixologiyani o'qitishning yangicha faol uslublarini ishlab chiqilishi, ilmiy tadqiqotlar va psixologlarning kasbiy amaliyoti negizida ishlab chiqilgan yangi dastur va metodik qo'llanmalarga muhtoj. Psixologiyani o'qitish metodikasi o'quv predmeti sifatida ko'plab ko'zga ko'ringan psixologlar (A.A.Lyublinskaya, B.M.Teplov, P.A.Shevandrin va h.) e'tiboriga tushgan bo'lsada hali etarlicha o'rganilmagan. O'zbek psixologlarida ham qiziqish endi-endi uyg'onmoqda (N.Xalilova). ayni damda psixologiyani o'qitishning metodik ta'minoti to'g'risidagi masala dolzarbligicha qolmoqda. Psixologiyani o'qitishning o'ziga xos jihatlari va mushkulliklari mavjud. Ushbu mushkulliklar nafaqat psixologik bilimlar spetsifikasi bilan, balki ularni o'zlashtirishning o'ziga xosligi bilan ham belgilanadi. Psixolog-talabalarningmuhokama etilayotgan fanga munosabati ham alohida e'tiborga molik. Ular hamisha ham metodik bilimlarni o'rganish zaruriyatini to'la anglamaydi, metodik tafakkur spetsifikasi va uni maxsus shakllantirish kerakligini tushunmaydilar. Psixologik bilimlar boshqa fanlardan psixologiyani o'qitish jarayoiida e'tiborga olinishi zarur o'ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi. Psixologiya fanining predmeti tashqaridan qaralgandagina nisbatan o'zgarmas ko'rinadigan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.46 MB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:35 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 1.46 MB
Ko'rishlar soni 52 marta
Ko'chirishlar soni 4 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga