Fexner-nemis psixologi, fizik, faylasuf, vrach. U 1801-yil 19-aprelda Zarki-Vekiida tug'ilgan. 1887-yil 18-noyabrda Leybsigda vafot etdi Fexner biografiyasi Uning qarashlari 20-asrning ko'plab olimlari va faylasuflariga ta'sir ko'rsatdi.Jumladan,Gerardus,Neymans,Ernst Max,V.Vundt,Z.Freyd,Stenli Xoll. Fexner formulasi: S=Klogi. Bu esa tana va ong o'rtasida ilmiy asoslangan aloqa mavjudligini isbotlaydi. U panpsixizm tarafdori bo'lgan. Panpsixizm-ong butun koinotda mavjud bo'lgan dunyoning asosiy mulki ekanligi haqidagi ta'limotdir. Fexner sezgilarni bilvosita o'lchashning bir qancha usullarini ishlab chiqdi. Xususan chegaralarni o'lchashning uch ta klassik usuli Mnimal farqlar usuli Òrtacha xatolar usuli Doimiy stimullar usuli Fexner Psixofizika elementlari asarida psixofizikaning asosiy vazifasi: jismoniy va ruhiy olamlar, shuningdek ruh va tana o'rtasidagi munosabatlarning aniq nazariyasini ishlab chiqishni shakllantirdi. U psixofizikani 2 ga ajratdi:ichki(u ruh va tana o'rtasidagi,ya'ni aqliy va fiziologik munosabatlar masalasini hal qilishi kerak) va tashqi( uning vazifasi aqliy va jismoniy masalalar o'rtasidagi munosabatlar). Fexner faqat tashqi psixofizikani ishlab chiqdi Uning maqsadi sezgilarni o'lchash edi va u buning uddasidan chiqdi. Fexner sezgilardagi barcha nozik farqlar bir-biriga teng dehan farazni qabul qildi. Fexner sezgini o'lchash uchun o'lchov sifatida farq chegarasini tanladi. Shunday qilib sezish intensivli farq chegaralari yig'indisiga teng. Bu fikrlar va o'ziga xos hisob-kitoblar Fexnerni taniqli tenglamaga olib keldi. Unga ko'ra sezish intensivligi stimulning logarifmiga proporsionaldir. Veber va Fexnerning maqsadi tashqi ta'sirotlar ( fizik omillar ) va ularning muvofiqi - sezgilarning o'zaro munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni topishdan iborat edi. Fexner eksperimental metodlar asosida sezgilarning ortib borishi bilan ularni qo'zgatuvchi ta'sirotlar o'rtasidagi qiyosiy munosabatlarni aniqlab sezgi qo'zg'atkich logarifmasiga proporsiyonal degan psixofizik qonuni kashf etdi. Veber va Fexnerlar o'tkazgan tajribalar Psixofizika degan alohida fanning paydo bo'lishiga olib keldi.Veber va Fexner ishlarining ahamiyati,asosan,shundan iboratki,ular 1-bo'lib psixologiyani,tabiat fanlari singari,eksperimental fanga aylantirish mumkin ekanligini ibotladilar.Shu vaqtgacha faqat kuzatish,asosan,o'z-o'zini kuzatishdan foydalanib kelingan psixologiya endi aniq fanlarda obyektiv metoddan foydalana boshlaydi Xulosa Psixofizikada olib borilgan tadqiqotlar, avvalambor, har qanday stimul hissiyotga olib kelmasligini aniqladi. Fexner eksperimental psixologiya tarixida alohida o'rin tutadi va bu fanning asoschisi kim u yoki V. Vundt deb hisoblash kerakligi haligacha ochiqligicha qolmoqda. U to'xtagan muammolar hanuzgacha tadqiqot mavzusi bo'lib qolmoqda. Fexner matematikani psixologiyada birinchi bo'lib qo'llagan olimdir. Fexner qonuniga ko'plab tanqidlar bo'lgan, lekin tanqidchilarning birortasi ham Fexner qonuni keraksiz yoki noto'g'ri ekanligini isbotlab bera olmagan. Fexner aytadiki: Bobil minorasi qurib bitkazilmadi, chunki ishchilar uni qurish usuli bo'yicha kelisha olmadilar. Mening psixofizik yodgorligim saqlanib qoladi, chunki ishchilar uni yo'q qilish usuli bo'yicha kelisha olmaydi ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:19:14
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
265.38 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:36
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:19 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
265.38 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:36 ]
Arxiv ichida: pptx