Mavzu: Fikr yuritish operatsiyasi Reja 1. Fikr yuritish operatsiyasi haqida tushuncha 2. Fikr yuritish operatsiyalari turlari Tafakkur qilish jarayoni biror psixik elementlarning shunchaki bir- biri bilan almashinishi tarzida voqe bo'lm asdan, balki alohida aqliy operatsiyalar - biz idrok qilayotgan yoki tasaw ur qilayotgan narsalar (obyektlar) ustida, biz umumiylashgan va abstrakt tushunchalarga ega bo'lgan obyektlar ustida aqliy harakatlar qilish tarzida voqe bo'ladi. Biror moddiy narsani uning moddiy elementlariga ajratib bo'lish eng oddiy shakldagi analizdir. Stolni ayrim qismlarga bo'lish - uning oyoqlarini, yashiklarini va boshqa shu kabilarni bir-biridan ajratib olish mumkin. Kimyogar suvni vodorod bilan kislorodga ajratib yuboradi. Mana shu hollarning hammasida analiz narsalar va hodisalar bilan qilinadigan ish-harakatlarda ifodalanishi mumkin. Analiz obyektlarni amalda ajratib bo'lmaydigan elementlarga yoki belgilarga bo'lishda ham ifodalanishi mumkin. Bu fikriy analiz, ya'ni fikrda qilinadigan analizdir. Chunonchi, stolni analiz qilgan vaqtimizda biz uning tusini, og'irligi va boshqa shu kabi belgilarini bilib olamiz. Suvning tiniqligini, og'irligini, bug'lanishini, haroratini, zichligini ham fikran ajratish mumkin. Psixologiyani o'rganayotganimizda biz har bir psixik hodisani bir-biri bilan taqqoslabgina qolmasdan, balki, shu bilan birga, analiz ham qilamiz. O'qish mashg'uloti vaqtida tafakkurning analiz qilish faoliyati katta o'rin tutadi. Chunonchi, savod o'rgatish, odatda, nutqni analiz qilishdan: gapni so'zlarga, so'zlarni bo'g'inlarga, bo'g'inlarni tovushlarga ajratish-dan boshlanadi. Matematika masalasini yechish analiz qilishdan - dastlab bir qancha ma'lum sonlarni, so'ngra esa noma'lum sonlarni topishdan boshlanadi. Abstraksiya - shunday bir fikrlash jarayonidirki, bunda tafakkurda aks etilayotgan bir yoki bir necha obyektlarning biror belgisi (xususiyati, harakati, holati, munosabati) shu obyekt yoki obyektlardan fikran ajratib olinadi. Bu jarayonda obyektdan ajratilgan bir belgining o'zi tafakkurning mustaqil obyekti bo'lib qoladi. Abstraksiya, odatda, analiz jarayonida yoki analiz natijasida sodir bo'ladi. Buyumlami bir-biri bilan taqqoslash chog'ida ham abstraksiyalash jarayoni sodir bo'ladi. Biron muayyan jihatlar hamisha bir-biri bilan taqqoslanadi, buyumlar yoki hodisalarning muayyan belgisrga (tusiga, shakliga, harakatlarining tezligiga va shu kabilarga) qarab, ular bir-biri bilan taqqoslanadi. LP. Pavlov fikr qilish faoliyatida abstraksiyaning alohida ahamiyati borligini uqtirib, bunday degan edi: «Umumiylashtirishga keng imkoniyat ochib bergan so'zning alohida xususiyati bo'lmish abstraksiya tufayli biz voqelikka bo'lgan munosabatimizni vaqt, makon, sababiyat kabi umumiy tushunchalar shakliga solganmiz» («Павловские среды», II torn, 320-bet). Nutq til bo'lganidagina abstraksiya qilish mumkin. So'z bo'lmasa, hech bir tushunchani ifodalab bo'lmaydi. Umumiylashtirish - tafakkurda aks etgan bir turkum nafsalarning o'xshash, muhim belgilarini shu narsalarto'g'risidagi bitta tushuncha qilib, fikrda birlashtirish demakdir. Masalan, olmalarda, noklarda, o'riklarda, apelsinlarda va boshqa shu kabilarda bo'lgan o'xshash belgilar bitta tushunchada birlashadi, biz buni meva degan so'z bilan ifodalaymiz. Daraxtlar, o'tlar, gullar va boshqa shu kabilar «o'simlik» ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:19:14
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
630.06 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:36
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:19 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
630.06 KB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:36 ]
Arxiv ichida: pptx