Slayd taqdimoti Bajardi: Turdiyev Samandar Reja: 1. Fikrlash dizayni haqida umumiy ma'lumot 2. Dizayn fikrlash nima? 3. Fikrlash dizayni bosqichlari. 4. Biznesda fikrlash dizayni Xulosa Kalit so'zlar: Kreativlik, kreativ fikrlash, ijodkorlik, kreativ baholash, maqsad, muloqot, jismoniy sport, qiziqishlar, ijodiy qobiliyat va h,k. Tomas Edison Kreativlik - g'ayriixtiyoriy jarayon, deydi. Lekin har kuni ko'plab mutaxassislar muammolarga noodatiy yechim topishga zaruriyat sezadi. Ular mana shu g'ayriixtiyoriy jarayonni ixtiyoriylashtirishi mumkinmi? Tabiatda yangi fikrlarni yuzaga keltiruvchi sehrli tayoqcha yo'q, biroq har qanday mutaxassisning kreativ o'ylashiga ko'maklashadigan ko'plab usullar mavjud. Buning uchun ijodiy fikrlashga vaqt ajratish, ijodiy salohiyatni anglash lozim. Jorj Bernard Shou hazillashib shunday deydi: Ko'pchilik yiliga ikki-uch marta o'ylaydi. Mening butun dunyoga mashhurligim sababi - haftada bir yoki ikki marta o'ylaganim. Demak, xayolga kelgan yangi fikrlarni e'tiborsiz qoldirmaslik, o'ylash uchun imkon yaratishmuhim. Ijodkorlik chegarasini belgilang. Muammoli masalaga duch kelgan paytingizda ijodkorlik chegaralarini belgilang. O'zingizdan Eng oddiy yechim nimada? deb so'rang. Keyin muammoni hal qilishning aql bovar qilmas variantini tasavvur qiling. Oddiy va hayratlanarli yechim o'rtasida sizga ijodiy maydon paydo bo'ldi. Endi yangi g'oya mavhum emas, uning chegaralari mavjud. Bu ijod jarayonidagi psixologik bosimni yengillashtiradi. Olti shlyapa usuli. Edvard de Bono taklif etgan Olti rangli shlyapa usulida biror mavzu tanlanadi. Navbatma-navbat shapkalar kiyiladi: oq - diqqat bilan, hech qanday emotsiyasiz barcha faktlar tekshiriladi; qora - kamchiliklar aniqlanadi; sariq - mavjud holat tahlil etiladi; yashil - yana yangi bir necha g'oyalar qo'shiladi; qizil - emotsional munosabat bildiriladi; ko'k - ish xotimalanadi. Masalan, ta'lim tizimiga oid qonunchilikni takomillashtirish mavzusi ko'rilayotgan bo'lsa, mavjud qonunchilik o'rganiladi, kamchilik va bo'shliqlar aniqlanadi. Qonuniy me'yorlarning real holat bilan mosligi yoki qarama-qarshiligi o'rganiladi. Ta'lim sifatini oshirishga xizmat qiluvchi takliflar beriladi, ular amalga oshsa, qanday samara berishi izohlanadi. Taklif loyiha shaklida rasmiylashtiriladi. PISA butun dunyodagi 15 yoshli o'quvchilar uchun tegishli kreativ fikrlash tavsifidan foydalanadi. 13. Kreativ fikrlashning ushbu tavsifi Kreativ fikrlash strategik konsultativ guruhi tomonidan taklif etilgan ta'rifga mosdir (IHRT, 2017 [3]). Ushbu tavsif o'quvchilarning turfa kontekst va ta'lim darajasida g'oya berish amaliyotida samarali qatnashishni o'rganishlari kerakligiga, g'oyaning o'ziga xosligi va mu nosibligini baholagan holda uning ustida mulohaza yuritishga va toki maromiga yetkazmaguncha g'oyani takomillashtirishga urg'u beradi. Bu tavsif ishlab chiqilayotganda, shuningdek, turli sohadagi mutaxassislar maslahati va kreativlik borasidagi keng adabiyot tahlilining natijalari ham inobatga olingan. Kreativ fikrlash endigina shakllanayotgan talqin bo'lib turgan bir paytda ancha keng, ammo ich-ichidan bog'liq kreativlik tuzilmasi kuchli tadqiqotchilik an'anasiga ega bo'ladi. Kreativ fikrlash: Kreativ fikrlash muammoni baholash va hal qilish uchun tahliliy, muammolarni hal qilish, tashkiliy va ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:19:14
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.02 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:36
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:19 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.02 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:36 ]
Arxiv ichida: pptx