Guruhiy treningda o'yinning vazifalari

Guruhiy treningda o'yinning vazifalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Guruhiy treningda o'yinning vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Guruhiy treningda o'yinning vazifalari Reja: O'yin haqida nazariyalar. O'yining belgilari. Guruhiy treningda vazifalari. O'yinlar o'tkazishda trenerga tavsiyalar. Rolli o'yinlar va Psixodramma. O'yin haqidagi nazariyalar Agar qadimgi davr tarixiga nazar tashlansa, diniy nuqtai nazardan o'yin haqida; faqat salbiy qarashlar mavjud bo'lganligini ko'rishimiz mumkin. Jumladan, xristian dinida ma'lum bir davr mobaynida quyidagicha qarash mavjud bo'lgan: Qiz bola yoshligida ham о'yin o'ynashi mumkin emas, u faqat ko'proq yig'lashi va o'z gunohlari haqida o'ylashi kerak. Faqat XVII asrda renessans davriga kelib o'yinga nisbatan qiziqish orta! boshlagan. O'sha davr olimlari - Fransua Rible va Mishel de Monten o 'yinning inson rivojlanishida katta ahamiyatga ega ekanligini ko'ra olgan. Xorij ilm-fanida O'yinga ilmiy nuqtai nazardan qarash XIX asming ikkinchi yarm iga kelib kuchaya boshladi. O'yin ilmiy izlanishlam ing predmeti sifatida katta rol o'ynay boshladi. Fanda o'yin haqidagi nazariyalar va ularning asoschilari, quyidagicha yo'nalishlarda namoyon bo'lgan: Fiziologik nazariya (G. Spenser, M. Lasarius) Biogenetik nazariya (G. Xoll, L. Epplton) Ijtimoiy nazariya (K. Reynuoter, D. Rismen, E. Neymer) Biopsixologik nazariya (U. Makdaugoll, G. Merfi) Psixoterapevtik nazariya (Z. Freyd, Ya. Moreno, G. Lemann) Madaniy nazariya (Y. Xayzing) Sintetik nazariya (Jan Piaje) Fiziologik yo'nalish tarafdorlarining fikriga ko'ra, insonlar ham, hayvonlar ham o'zidagi ichki energiyani chiqarib turishi kerak. Va ulaming fikricha, o'yin individlar uchun aynan shu maqsadda xizmat qiladi. Gerbert Spenseming mulohazasiga ko'ra, o'yin faqat hayotiy vaziyatlar yoki ma'lum bir faoliyatni takrorlash uchun foydali bo'lib qolmasdan, balki uning eng foydali va muhim jihatlaridan biri u individga qoniqish ham beradi. Shuning uchun o'yin individning instinktiv istaklarini realizasiya qilish vositasi hamdir. Bundan tashqari, u faqat mstinkt tarzidagi istak emas, balki aql gimnastikasi hamdir. Haqiqatan ham treninglar jarayonida qoilaniladigan o'yin va mashqlar ishtirokchilarga qniqish berishi bilan birga, ulaming aqlini ham charxlaydi. Nemis psixolog va filosof olimi Moris Lasariusning fikriga ko'ra, o'yin dam utish va mashq qilish vositasidir. Inson o'z muskul va tana a'zolarining harakati uchun mashq qilgani kabi o'zining ruhiyatini ham haraktini ta'minlashi lozim, buning uchun esa u o'ynaydi. Bundan tashqari o'qish va mehnat faoliyatidan charchash mmjasidagi ichki salbiy enenrgiyalar ham o'yin orqali chiqarib yuboriladi. Shunday iplib, G. Spenser va M. Lasariusning konsepsiyasiga ko'ra, o'yin - insonning atrof- muhitga sof biopsixologik moslashuvi sifatida tushuniladi. Biogenetik yo'nalish tarafdorlaridan Grenvill Stenli Xollning fikriga ko'ra, o'yin - inson faoliyatining rudimentidir. Bolalar o'yini esa instinktiv faoliyat boiib, hola o'z ajdodlarining hayotiy faoliyatini takrorlaydi. S. Xolning mulohazasiga ko'ra, o'yinning mohiyati shundaki, u insonlaming avvalgi tajribaiari asosida hozirgi hayotga moslashishlarini ta'minlaydi. Treninglarda qo'llaniladigan o'yin va mashqlar ishtirokchilaming o'zaro munosabatlarini yaxshilash bilan birga ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.31 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:36 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 39.31 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga