Guruhiy treninglarning uslubiy muammolari Reja: Trening mashg'ulotlarida foydalanadigan asosiy usullar. Umumiy usullar guruhiy bahs munozara aqliy hujum mini ma'ruza. Mini ma'ruzaning mazmuniga qo'yiladigan uslubiy talablar ma'ruzani tizimlashtirish ma'limorlarni yangiligi ma'limotlarni taqdim etish ma'ruzani taqdim etishda ishtirokchilarni ehtiyojlarini hisobga olish, aniq vaziyatlar tahlili Meditatsiya boshqariluvchi identik vizualizatsiya. Trening mashg'ulotlarini olib borish usullari. Treningni asosiy bosqichi bu trening mashg'ulotlarining boshlang'ich bosqichi tugaganidan to yakuniy bosqich boshlangungacha davom etadi. Bu davrda ishtirokchilar bilan asosiy ish olib boriladi. Mana shu jarayondaularning muammolari bilan ishlanadi va ular uchun zarur bo'lgan ko'nikma va malakalami shakllantirishga qaratilgan ish olib boriladi. S. Staut o'zining Trening o'tkazish metodlari deb nomlangan ilmiy ishida trening mashg'ulotlari jarayonida qo'llaniladigan faollik turlarini o'zida mujassam ctgan quyidagi ro'yxatni keltirgan: ma'ruza, demonstrasiya, individual maslahat, diskussiya, rolli o'yinlar, muammoli holatlar to'plami, trening o'yinlari, kompyuter dasturli treninglar, interaktiv video dasturlar, mustaqil ta'lim uchun treninglar bo'yicha qo'llanma, konkret vaziyatlar (keys-bosqichlar), ish joyida instruksiya berish, dasturli ta'lim, proyektli guruhlardagi ish va hokazo. Bu usullaming barchasidan treningda foydalanishni maslahat bergan muallifning fikriga ko'ra bular o'qitishning bir xil boimagan shaklda tashkil qilish uchun kerak bo'ladigan usullar to'plami bo'lishi ham mumkin. Har qanday trening mashg'ulotlarini olib borishda samaradorlikka erishish uchun eng avvalo ishtirokchilar orasida samimiylik, ochiqlik, o'zaro ishonch muhitini yaratish lozim bo'ladi. Bular amalga oshmasdan turib, treningdan ko'zlangan maqsadga erishib bo'lmaydi. Bunday muhitni yaratish esa boshlovchidan katta mahorat talab etish bilan birgalikda trening jarayonida qo'llaniladigan usullarga ham bog'liq bo'ladi. Bunday usullar sirasiga ta'limning noan'anaviy usullari deb nom olayotgan va bizning ta'lim tizimimizga ham keng kirib kelayotgan usullar kiradi. Ular quyidagilardir: ma'ruza, aqliy hujum, bahs-munozara, psixogimnastik mashq, o'yinlar, rolli o'yinlar, psixodramma, SWOT - tahlil, guruhlarga bo'lib ishlash, keys metodi. Bulardan tashqari maqsadga va vaziyatga qarab muammoli vaziyatlami tahlil etish usuli ham qo'llaniladi. Endi ushbu usullami har birini alohida-alohida yoritib beramiz. Treningda Ma'ruza usuli va uni tashkil etish Eng umumiy ko'rinishda ma'ruza - bu ma'ruzachi-trener tomonidan ma'lumotning verbal taqdim etilishi. Bunda ma'ruzachining vazifasi - o'z bilimlarini guruhga yetkaza olishdan, guruhning vazifasi esa shu bilimlarni qabul qilish va yodda saqlab qolishdan iboratdir. Ma'ruza passiv jarayon hisoblanib, bu jarayonda guruh a 'zolarining bir-birlariga o 'zaro ta 'sir ko'rsatish imkoniyati bo'lm aydi yoki ju d a kam bo'lishi mumkin. Garchi hozirda kompyuter texnologiyalari yuksak darajada rivojlangan bo'lsada, zamonaviy treninglaming asosini ham ma'ruzalar tashkil etadigan holatlami ko'rish mumkin. Shu jihatdan, aytish mumkinki, ma'ruzalar ayrim hollarda noto'g'ri va samarasiz qo'llanilib kelinmoqda. Buning sababi ko'pchilikning fikricha, ma'lum bir sohada juda keng doiradagi bilimlarga ega bo'lgan inson ushbu bilimlarni boshqalarga yetkaza ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:19:14
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.45 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:36
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:19 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.45 KB
Ko'rishlar soni
79 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:36 ]
Arxiv ichida: doc