O'zbekiston RespublikaSI O'LIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI PSIXOLOGIYA KAFEDRASI 5210200 Psixologiya ta'lim yo'nalishi bo'yicha bakalavr darajasini olish uchun Ichki ishlar xodimlari shaxsining psixologik tuzilishi va uning huquqiy psixologiyada tutgan o'rni mavzusida yozgan BITIRUV MALAKAVIY ISHI M U N D A R I J A KIRISH3 I BOB. ICHKI ISHLAR XODIMLARI SHAXSINING KASBIY FAOLIYATDA SHAKLLANISHINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI10 1.1. Ichki ishlar xodimlari kasb odobining huquqiy psixologiya tizimida tutgan o'rni10 1.2. Ichki ishlar xodimlari shaxsiga xos xulq-atvorning mohiyati, tarkibiy qismlari, sohalari va xususiyatlari 17 1.3. Odob-axloq normalari va ularning ichki ishlar xodimlari faoliyatida tutgan o'rni va o'ziga xos jihatlari26 II BOB. ICHKI ISHLAR XODIMLARI SHAXSINING PSIXOLOGIK TUZILISHI VA UNING HUQUQIY PSIXOLOGIK AHAMIYATI38 2.1. Ichki ishlar xodimlari shaxsining psixologik xususiyatlari38 2.2. Ichki ishlar idoralar xodimlari faoliyatida hissiyotlarni boshqarish psixologiyasi59 2.3. Ichki ishlar idoralari tergov jarayonida ziddiyatli holatlarni o'rganish uchun qo'llanilgan usullarning mohiyati va natijalar tahlili62 XULOSA VA TAVSIYALAR ……70 FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI72 Oldimizda yoshlarga tarbiya berish, psixologiya va boshqa turli sohalarda kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash bo'yicha murakkab vazifalar turibdi. Shavkat Mirziyoyev Kirish Mavzuning dolzarbligi: Butun dunyo mamlakatlarida shu jumladan, O'zbekiston Respublikasida ham fan va texnika sohasida erishilayotgan ulkan yutuqlar barcha fanlar qatori psixologiya sohasining rivojiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatmoqda. Fan va ta'lim sohasida tub islohotlarning amalga oshirilishi O'zbekistonda psixologiya fani sohasidagi taraqqiyot ijobiy ma'nodagi keskin burilishlarni yuzaga keltirdi. Jumladan, jamiyat, mamlakat manfaatlarini himoya qilish, davlat daxlsizligi va yaxlitligini saqlash, fuqarolar haq-huquqlari va osoyishtaligini himoya qilish, xullas insonparvar, rivojlangan huquqiy-demokratik davlat qurishda faol ishtirok etuvchi shaxslar ongini shakllantirish, zamon talablariga mos mutaxassislar tayyorlash masalasi dolzarb vazifalardan biridir. O'zbekiston psixolog olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar ham ushbu masalaning yechimiga qaratilgan. Ayniqsa, o'zbek oilasining etnopsixologik xususiyatlari, psixologiya tarixi, o'zbek xalqining milliy psixologik qiyofasi, ijtimoiy-psixologik masalalar talqini, ta'lim va tarbiya psixologiyasining zamonaviy muammolari, eksperimental psixologik izlanishlarning turli sohalar bilan bog'lab o'rganilishini fikrimizning dalili sifatida keltirish mumkin. Ammo keng qamrovli fan taraqqiyotining takomillashib, rivojlanib borayotgan bo'lsa-da, ayrim sohalarga xos ilmiy tadqiqot ishlarining olib borilishi va amaliyotga tatbiq etilishi biroz qiyinchilik bilan amalga oshmoqda. Shunday yo'nalishlardan biri huquqshunoslik amaliyoti sohasidir. Ichki ishlar xodimlari amaliyoti sohasida psixologik bilimlarni qo'llash ya'ni sud-psixologik ekspertizasi, uning sud va tergov faoliyatlaridagi ahamiyati, ekspertizani tayinlash va o'tkazish xususida muammolar mavjudligi sezilmoqda. Buning sabablaridan biri, huquqshunoslik amaliyotida psixologik bilimlardan foydalanishning maqsadga muvofiq yo'lga qo'yilmayotganligi ayrim ichki ishlar xodimlarining bu boradagi nazariy va amaliy bilimlarni huquqshunoslik psixologiyasi bilan bog'lab qo'llash jarayoni yetarli darajada emasligi, huquqshunoslik faoliyatida amaliy psixologik bilimlardan juda kam foydalanishga ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:20:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
296.58 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:20 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
296.58 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: doc