O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI PSIXOLOGIYA KAFEDRASI Pedagogika fakulteti 5210200 psixologiya ta'lim yo'nalishi bitiruvchisi bakalavr darajasini olish uchun yozilgan Ichki ishlar xodimlarining o'z kasblariga mosligini o'rganishning psixologik xususiyatlari mavzusidagi Mundarija Kirish……3 I- Bob. Ichki ishlar xodimlarining o'z kasblariga mosligini o'rganishning psixologik xususiyatlarini o'rganishning nazariy asoslari……5 1.1.Ichki ishlar xodimlari faoliyatining psixologik jihatlari to'g'risida tushuncha……5 1.2. Ichki ishlar idoralari xodimlari shaxsining psixologik tavsifi……14 1.3 .Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyati samaradorligini oshirishda hissiy- irodaviy va shaxsiy fazilatlarning o'rni……36 II-BOB. Ichki ishlar idoralari xodimlarining o'z kasblariga mosligini o'zganishning amaliy- psixologik asoslari……48 2.1. Ichki ishlar idoralari xodimlarining fuqorolar bilan psixologik aloqa o'rnatish usullari……48 2.2.Ichki ishlar idoralari xodimlari faoliyatida ziddiyatlarning paydo bo'lish omillari……56 2.3.Ichki ishlar organlar xodimlari faoliyatida ziddiyatlarni bartaraf etish yo'llari…….61 Xulosa va tavsiyalar……70 Foydalanilgan adabiyotlar……75 K I R I SH Mavzuning dolzarbligi: O'zbek millatining uzoq asrlik tarixida mustaqilligimiz alohida o'rin tutadi. Mustaqillik necha asrlar davomida yaratilgan boy ma'naviy-ma'rifiy va ilmiy merosimizni nafaqat o'rganish, balki uni davr talablari asosida qaytadan idrok etish va milliy manfaatimizga xizmat qildirish vazifasini oldimizga qo'ydi. To'plangan tajribalarimiz va qadriyatlarimiz negizida milliy istiqlol mafkurasining yangicha tamoyillari yaratildi. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot barpo etishdek pirovard maqsadimizdan kelib chiqib, ta'lim-tarbiya, ma'naviy-ma'rifiy sohalardagi faoliyatimizni ulkan bir vazifaga - xalqimiz ongiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish, ularda uzoq yillar davomida shakllangan va ulug'langan umuminsoniy va milliy qadriyatlarni qayta o'zlashtirish, e'zozlash hamda uning aqidalarini hayotda qo'llashga qaratmoqdamiz. Bu borada qiladigan ishlarimizni Respublikaizning birinchi prezidenti I.A.Karimov aniq-ravshan ko'rsatib berganlar: «Endigi vazifamiz shundan iboratki, milliy istiqlol g'oyasi tushunchalari asosida keng jamoatchilik, ziyolilarimiz, ilm-fan va madaniyat namoyandalari, avvalo, ma'naviy-ma'rifiy soha xodimlari milliy mafkurani takomillashtirish hamda uning asosiy tamoyillarini odamlar ongiga va qalbiga singdirishga qaratilgan ishlarni yangi bosqichga ko'tarishlari zarur». Davr barcha ziyolilar qatori mazkur masalalarni amalga oshirishda psixologlar oldiga xam oldiga ham yangi vazifalar qo'ydi. Jamiyatimizga barcha kasbdagi kishilar va ularning mehnati kerakligini hech kim inkor etmaydi. Ammo har bir millat dunyo ilmi va madaniyatida ona tili bisoti bilan qanchalik faxrlana olishi mumkinligini ham chuqur anglaymiz. Binobarin, til - ma'naviyat ko'zgusi, ma'rifat chirog'i, bilim kaliti ekan unga hech qachon ikkinchi darajali narsa deb qaray olmaymiz. Istiqlol tufayli o'z mustaqil taraqqiyot yo'lidan borayotgan Respublikamiz yoshlarini yangicha ijtimoiy muhitga tayyorlash, davr ruhida tarbiyalash - shu kunning dolzarb va ustuvor vazifalaridan biridir. Hozirgi kunda Respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning taqdiri yoshlarning ma'naviy qiyofasiga, shaxsiy barkamolligiga bog'liq. Bu vazifalarni amalga oshirish insoniy o'zaro munosabatlarda demokratik tamoyillarni ongga to'la singdirishni taqozo etadi. Shu sababli ichki ishlar ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:20:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
162.98 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:20 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
162.98 KB
Ko'rishlar soni
45 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: doc