Idrok murakkab psixik jarayon sifatida Reja: Idrok haqida tushuncha Idrokning konstantligi va anglanganligi Appertsepsiya Idrokning turlari Idrok haqida tushuncha Idrok - inson ongida sezgi organlarimizga bevosita ta'sir etayotgan narsa va hodisalarni tartibga solinib , yaxlit , bir butun holda aks ettirilishi . Idrok narsa va hodisalarning ayrim xususiyatlarini aks ettiruvchi sezgilardan farq qiladi . Lekin idrok ayrim sezgilarning oddiy yig'indisidan iborat emas. Idrok hissiy bilishning yangi , yuqori bosqichidir . Idrokning konstantligi Psixologiya fanida idrok etilayotgan narsalarning fizik holati o'zgarsa xam, lekin uning ko'z pardasidagi obrazning o'zgarmasligi, nisbiy turg'unlik ko'rsatuvchi qonun, eng muhim xususiyat konstantlik deyiladi.Konstantlik hodisasi voqelikni bilishda, tevarak-atrofdagi muhitni fahmlab, kunda amaliy ish ko'rishda juda katta ahamiyatga egadir. Idrokning Anglanganligi Idrok qilayotgan shaxs uchun figuraning anglanganligi, uning zarurati va ma'nosi katta ahamiyatga ega bo'ladi. Agar biz kuzatayotgan predmet, eshitayotgan nutq yoki his qilayotgan narsamiz ma'nosiz, tushunarsiz, noaniq bo'lsa, biz juda tez charchaymiz. Masalan, xitoy tilini bilmaydigan odam shu tilda so'zlashuvchilar orasiga tushib qolsa, psixologik jihatdan juda qiynaladi. Ya'ni, bizga barcha narsalarda biror ma'no va mazmun kerak. Appertsepsiya Appertsepsiya lotincha- idrok, qabul qilish deyiladi. Appertseptsiya - idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, , umuman, ruhiy hayotning barcha mazmuni bilan belgilanishidir. Appertseptsiya hodisasi tufayli odamlar o'zaro idrokining mazmuni bilan bir-birlaridan muayyan darajada tafovutlanadilar. Masalan, ildiz tushunchasini biologlar o'simliklarning moddiy asosi sifatida, matematiklar sonlarning ildiz ostidagi ko'rinishida, ijtimoiy nuqtai nazardan qarindosh-urug'chilik shaklida ko'z o'ngiga keltiradi. Biologlar Matematiklar Ijtimoiy nuqtai nazar Idrokning turlari: Idrok jarayonida qaysi analizatorning yetakchi rol o'ynashiga qarab; ko'rish, eshitish, hid bilish, teri, ta'm bilish, harakat idroklariga; Materiyaning yashash shakllariga qarab; fazoni, vaqtni, harakatni idrok qilishga; Faolligiga qarab; ixtiyoriy va ixtiyorsiz kabi idroklarga bo'linadi. Idrok jarayonida qaysi analizatorning yetakchi rol o'ynashiga qarab idrok qilish. Materiyaning yashash shakllariga qarab idrok qilish. Faolligiga qarab; ixtiyoriy va ixtiyorsiz idroklar. E'tiboringiz uchun rahmat. ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:20:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
719.13 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:20 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
719.13 KB
Ko'rishlar soni
48 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:38 ]
Arxiv ichida: pptx