Idrokni geshtalt nazariyasi

Idrokni geshtalt nazariyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Idrokni geshtalt nazariyasi - rasmi

Material tavsifi

Idrokni geshtalt nazariyasi BAJARDI: IDROK Sezgi a'zolariga bevosita ta'sir etib turgan narsa-hodisalar, obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishiga aytiladi. Yuqoridagi keltirib o'tilgan so'zlardan ko'rinib turibdiki insondagi beshta sezgi a'zolariga ta'sir etib turish orqali narsa va hodisalarni, jarayonlarni, holatlarni ongimizda to'liq holda idrok qilishimizdir. Misol tariqasida dars jarayonlarini oladigan bo'lsak, talaba ikkita sezgi a'zolari orqali darsdagi jarayonni idrok qiladi va yangi mavzuni hamda bilimni egallaydi, mazkur ikkita asosiy deb olgan sezgilar: birinchisi ko'rish sezgisi bo'lsa, ikkinchisi esa eshitish sezgisi hisoblanadi. ma'ruza so'zlayotgan o'qituvchini talaba ko'rish sezgisi orqali ko'rib turadi. Eshitish sezgisi oraqali eshitib turadi va sezgi retseptorlari orqali idrok qilish jarayoni bo'lib o'tadi. Sezgi a'zolarining markazlari bosh miyada ya'ni oliy nerv faoliyatining yuqori qismida joylashganligi va butun tanamizni harakatiga undan chiqayotgan nerv tolalari, neyronlar, akson, dendrid hamda shivan hujayralaridan o'tayotgan signallar hamda sezgi a'zolari orqali kelayotgan axborotlarni tahlil qilib idrok qilish orqali ongda xulosa chiqariladi. Markaziy nerv sistemasi nerv tolalari orqali butun tanamizni boshqarib turadi. NAZARIYALAR Biz ko'rsatkich va o'rta barmoqlarimizni chalishtirib, no'xat yoki bironta dumaloq narsani chalishtirgan holda ikkala barmog'imizning uchi bilan bosib turib, shuningdek ayni bir davrda aylantiraversak, bu holda barmoqlarimizning tagida bitta emas, balki ikkita no'xat bordek his qilamiz. Ana shu holdagi bir narsaning ikkita bo'lib sezilishi Aristotel (Arastu) illyuziyasi deb ataladi. Bu holat sog'lom, normal insonda deyarli shunday kechadi. Uyda qorong'u xonadagi predmetni ko'rish sezgisi noto'g'ri yani to'liq idrok eta olmaganligi sababli xona derazasiga osilgan pardalarni kimningdur sharpasiga o'xshatiladi va shaxsda qo'rquv hissi paydo bo'la boshlaydi, lekin chiroqni yoqish orqali u aslida oddiy parda ekanligini ko'rish retseptori bilan to'liq idrok qilinad. Bu holat barchada kuzatiladigan holat hisoblanadi, masalan bolalarda esa xonadagi kiyim ilgichda ilinib turgan kiyimlarni qorong'uda ko'rishganida idrokida ijodiy xayolning ta'sirida qo'rqinchli hayvonlarni tasavvur qilib qo'rquv holatini idrok qiladilar bu holat normal insonda ham uchraydi. Idrokning negizini tevarak-atrofimizdagi narsa va hodisalar reseptorlarga ta'sir etishi natijasida bosh miyaning katta yarim sharlari qobig'ida hosil bo'ladigan shartli reflekslarning muvaqqat nerv bog'lanishlari tashkil etadi. Tashqi olamdagi narsalar va hodisalar kompleks qo'zg'atuvchi sifatida xizmat qiladi. Analizatorlarning qobiqbo'linmalaro'zagidaana shu kompleksqo'zg'atuvchilarning murakkab tahlili va sintezi amalga oshiriladi. Idrok sezgilarga qaraganda miyaning ancha yuksak darajadagi tahlil qilish, umumlashtirish faoliyati hisoblanadi. Insoning Markaziy Nerv Sistemasida ya'ni oliy nerv faoliyatiga javob beruvchi qism bosh miya katta yarim sharlarining po'stlog'i kulrang moddadan tashkil topgan bo'lib, unda idrok qilish ongli ravishda yaqqol namoyon bo'lishi uchun xizmat qiladigan sezgi retseptorlarning markazlari yoyilgan holda joylashgan. Aristotel (Arastu) illyuziyasi I.P.Pavlov Aylanalarning qarama qarshi tomongaaylanayotganini idrok qilinadi bu oddiy harakatsiz ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.56 MB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:38 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 4.56 MB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga