Idrokning illyuziyalari. Ilyuzani vujudga keltiruvchi omillar Reja: 01 03 02 04 Idrok haqida Tushuncha Idrokning asosiy xossalari va turlari Idrokning predmet- liligi va yaxlitligi Idrokda ilyyuziya va gallyutsinatsiya Tayanch sozlar Idrok- sezgi a'zolariga bevosita ta'sir etib turgan narsa-hodisalar obrazlarini kishi ongida bir butun holda aks ettirilishi. Kuzatuvchanlik -kishining rejali, tizimli va davomli ixtiyoriy idrok qilish qobiliyati. Appersepsiya - idrok jarayonini shaxsning oldingi bilimlari, shaxsiy va ijtimoiy tajribalari, qiziqishlari, motivasiyasi, ehtiyojlari va odatlari, umuman ruhiy hayotining barcha mazmuni bilan belgilanishidir Ong osti - ongli idrok qilib bo'lmaydi, absolyut chegaradan past. 01 Idrok haqida tushuncha Idrok - tirik organizmning ma'lumotlarni qabul qilib, qayta ishlash jarayoni; organizmga obyektiv reallikni aks ettirish va tashqi olamdagi yangidan-yangi vaziyatlarni baholab, shunga yarasha harakat qilish imkonini beradi. Idrok ongning , miyaning ijodiy jarayonidir. Idrokning fiziologik asosi bosh miya yarim sharlari po'stlog'ining analiz va sintez faoliyatidan iborat. Bu faoliyat sezgi a'zolarimizga ta'sir qilib turgan narsalarning bitta xususiyati bilan emas, balki jami xususiyatlarining ta'siri bilan bog'liq. Idrok ana shu barcha xususiyatlar o'rtasidagi muvaqqat bog'lanish (qarang Assotsiatsiya) natijasida yuzaga keladi. Inson miyasining umumlashtiruvchi faoliyatiga asoslangan idrok jarayoniga kishining tajribasi, bilim, abstrakt tafakkurning faoliyati va boshqalar ham ishtirok etadi (qarang Appersepsiya). Shuning uchun kishilar ayni bir narsa yoki hodisani yoshlari, ma'lumotlari, turmush tajribalari, kasblari, ijtimoiy kelib chiqishlari, xarakteri, qobiliyati va qiziqishlarida ko'rinadigan shaxsiy xususiyatlariga qarab har xil idrok qiladilar. Masalan, tegishli ixtisosi bo'lmagan kishining birorta yangi mashinani idrok qilishi ixtisosi bor odamning idrokiga qaraganda tor va yuzaki bo'ladi. Idrokning muhim xususiyatlaridan biri barqaror (konstant)ligidir. Inson bir vaqtda idrok qilgan narsani o'z xotirasida saqlab qolish va uni qayta tiklash qobiliyatiga ega. Bir narsaning ana shunday qayta tiklangan timsoli (qarang Tasavvur) idrok jarayonining ajralmas qismi. Idrokning xususiyati ko'p jihatdan hissiy kechinmalarga (shodlik, g'amginlik, tajanglik va h.k.) ham bog'liq. Masalan, kishining ta'bi xira vaqtida tabiat manzaralari unga allaqanday so'niqdek ko'rinsa, ta'bi chog' vaqtida u butunlay boshqacha ko'rinadi. Title text addition Please enter titlet here Jismni yaxlit aks ettirish ta'sir etuvchi belgilarning(rang, shakl, ta'm va h.k.) yaxlit to'plamidan, bir vaqtning o'zida mavjud bo'lmaganlardan asosiy etakchi belgilarni ajratib olishni talab etadi. Idrok qilishning ushbu perseptiv tasvirning shakllanish bosqichida tafakkur ham qantashishi mumkin, deb taxmin qilinadi. Lekin idrokningkeyingi bosqichi asosiy mohiyatga ega bo'lgan guruhlarni birlashtirishni va idrok etilgan belgilar to'plami bilan jism haqidagi avvalgi bilimlarni taqqoslashni talab etadi, ya'ni, idrok qilish jarayonida xotira ishtirok etadi. Agar taqdim etilayotgan jism haqidagi farazni taqqoslashda, u etkazilgan axborot bilan mos kelsa jismni tanib olish sodir bo'ladi va u idrok etiladi, ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:20:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.35 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:20 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.35 MB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:38 ]
Arxiv ichida: pptx