Idrokning nerv-fiziologik asoslari, xususiyatlari va qonuniyatlari Idrok yoki qabul qilish shaxsning obyektiv reallikdagi voqea-hodisalarni va predmetlarni miyada aks ettirishning murakkabligi, yaxlitligi to'laligi bilan sezgilardan farq qiluvchi ruhiy jarayondir. Sezgilar yordamida predmetlarning, narsa va hodisalarning ayrim tomonlari, ba'zi xususiyatlari bilib olinadi Har bir predmet yoki voqeada ayrim belgilardan tashqari turlicha sifatlar va xususiyatlarning yaxlit kopmleksi mujassam bo'ladiki, odam ularni butun formada, yaxlit tarzda aks ettiradi. SHuning uchun ham sezgilarga qaraganda idrok voqelikni aks ettirishning murakkab tomonidir. Idrok jarayonida narsalar obrazini to'la aks ettirishning sababi shundaki, odam miyasida hayot davomida turli-tuman qo'zg'ovchilar ta'siri tufayli juda ko'p muvaqqat bog'lanishlar vujudga kelgan bo'ladi. Buning natijasida turmush tajribasiga ega bo'lgan odam o'zi idrok qilayotgan narsaning mohiyatiga darhol tushunib etadi Idrokning sezgilarga nisbatan yana bir murakkab tomoni shundaki, har bir predmet, voqea va hodisa moddiy borliq formasi bo'lgan makon va zamon bilan bog'liq holda qabul qilinadi. CHunki moddiy borliqda mavjud bo'lib, odam tomonidan idrok qilinayotgan narsa va hodisalar hamma vaqt makon va zamon jihatidan bir-biri bilan bog'liq bo'ladi Demak, odam har bir predmetni idrok qilganda uning fazodagi formasini (kub, uchburchak, doira), katta-kichikligini (katta, kichik, mayda), munosabatlarini (boshqa predmetlarga va idrok qiluvchiga nisbatan) hisobga oladi. Ikkinchidan, har bir predmet idrok qilinganda uning paydo bo'lish va o'zgarib borish jarayonlariga e'tibor beriladi. Idrok jarayonida sezgi turlarining barchasidan tashqari boshqa ruhiy holatlar ham ishtirok etadi. Masalan, odam atirgulni idrok qilganda uning chiroyli formasini, ajoyib rangini xushbo'y hidini, mayin barglarini yaxlit tarzda qabul qiladi. Demak, atirgulni idrok qilishda ko'rish, hid bilish va teri sezgilari ishtirok etadi. Atirgulni idrok qilishning boshlanishi xotira mahsuli (uning atirguli ekanligini tanib, ajratib olish) bo'lib, uning turli tomonlari to'g'risida mulohaza yuritish tafakkurdir. SHunday qilib, istalgan predmetni yoki voqea-hodisani idrok qilishda o'sha narsaning mohiyatiga qarab ruhiy holatlarning ma'lum qismidan foydalaniladi. Diqqat, xotira, xayol va tafakkursiz to'liq idrok qilish mumkin emas. Idrokning asab mexanizmi ham sezgilarnikidan farq qiladi. Bu farq idrokka xos asab-fizioilogik asosning murakkabligidadir. Idrokning fiziologik asosi bosh miyaning katta yarim sharlar po'stlog'ida vujudga keluvchi murakkab shartli refleks bog'lanishlaridir. Tashqi ta'sir katta yarim sharlar po'stlog'ida birlashtiriladi, organizmning bir qancha qo'zg'ovchilar ta'siriga reaksiyasi bir-biri bilan bog'lanadi. Har bir predmetdagi xossalarning yig'indisiga qarab odam ularni bir-biridan farq qiladi. Bundan tashqari idrokning fiziologik asosi birinchi va ikkinchi signal sistemalarining faoliyati bilan ham bog'liqdir Odam predmetlarni, voqealarni faqat ko'rish, eshitish, hid bilish orqaligina emas, balki nutq orqali ham idrok qiladi. Odam tomonidan tashqi dunyo predmetlarini va voqea-hodisalarini idrok qilish ikki xil yo'l bilan vujudga keladi: 1. Ixtiyoriy idrok qilish; 2. Ixtiyorsiz idrok ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:20:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.04 MB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:38
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:20 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.04 MB
Ko'rishlar soni
82 marta
Ko'chirishlar soni
9 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:38 ]
Arxiv ichida: pptx