IJTIMOIY PSIXOLOGIYa TO'G'RISIDAGI ZAMONAVIY TASAVVURLAR XX asr 50 yy.larning oxiri - 60 yy.larning boshlarida ijtimoiy psixologiya to'g'risidagi bahs-munozaralarning 2-bosqiqchi yuzaga keldi. Bu muammoning qaytadan yuzaga kelishiga ikki holat sabab bo'ldi. Birinchidan, amaliyotda tobora kengayib borayotgan savollar. Iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy mammolarning hal qilinishi hayotdagi turli holatlarning psixologik tomonlarini yanada aniqroq tahlil qilish imkonini berdi. Psixologik, insoniy faktorlar shunchalik ahamiyat kasb etayotgan bir vaqtda obyektiv jarayonlar borasidagi faol o'zaro ta'sirlar zamonaviy sharoitda batafsil tadqiq qilinishi lozim. Jamiyat va shaxsning aniq o'zaro ta'sir mexanizmlari bunday sharoitda nafaqat ijtimoiy, balki ijtimoiy-psixologik darajada ham o'rganilishi talab etiladi. Ikkinchidan, mazkur muammolar hayotda alohida keskinlik kasb etayotgan vaqtda psixologiya fanining o'zida ham jiddiy o'zgarishlar sodir bo'ldi. Psixologiya bu vaqtga kelib rivojlangan fanga aylandi, professional hamda metodologik jihatdan tadqiqotchilar salmog'i sezilarli darajada o'sdi. Xuddi shu vaqtning o'zida jamiyat hayotida ham aqliy, ma'naviy-axloqiy, ruhiy jihatdan o'zgarishlar sodir bo'ldi. Shu tariqa, ijtimoiy psixologiya, uning predmeti, vazifalari, metodlari, shuningdek, fanlar tizimidagi o'rni haqidagi zarur bo'lgan subyektiv nazariy asoslar yaratildi. A.G.Kovalevning 1959 yilda «Vestnik LGU» (Kovalev, 1959) jurnalida chop etilgan maqolasidan bahs-munozara boshlandi. Asosiy bahs ikka masala yuzasidan: 1) ijtimoiy psixologiya predmeti va unga tegishli vazifalar borasida; 2) ijtimoiy psixologiyaning psixologiya, boshqa tarafdan esa sotsiologiya va boshqa fanlar bilan o'zaro munosabati. Turli nuqtai nazarlarning nyuans (nozik farqlari)lariga qaramasdan, ularinng barchasi bir nechta asosiy yo'nalishlarga ajratilgan. Ijtimoiy psixologiyaning predmeti borasidagi masalalar 3 yondashuvni o'z ichiga oladi. Ulardan birinchisi, sotsiologlar orasida ijtimoiy psixologiyani psixikaning ommaviy ko'rinishlari haqidagi fan sifatida talqin qilishadi. Bu yondashuvda tadqiqotchilar turli ko'rinishlarni ajratishadi: bazan sinflar psixologiyasi, boshqa katta ijtimoiy jamoalar, shu bilan bog'liq ravishda jamoa psixologiyasidagi guruhlar, an'analar, urf-odatlarni o'rganishga ko'proq urg'u berishadi. Boshqa holatlarda ommaviy ko'rinishlar - moda va shu kabi jamoa fikrlarini shakllantirishga ko'proq etibor qaratilgan. Nihoyat, mana shu yondashuvda barcha bir ovozdan jamoalarni o'rganish lozimligi haqidagi qarorga kelishdi. Ko'pchilik sotsiologlar ijtimoiy psixologiyaning predmetini jamoa psixologiyasini o'rganishdan iborat ekanligini qatiy tarzda talqin qilishardi. Ikkinchi yondashuv, aksincha, ijtimoiy psixologiya predmetining asosi shaxs ekanligini takidlashadi. Bunda faqat shaxsni qaysi tarafdan o'rganish lozim ekanligi bilangina namoyon bo'ladi. Bir tarafdan, shaxsning psixologik xususiyatlari, shaxs tipologiyasiga katta etibor qaratiladi. Boshqa tarafdan, shaxsning guruhdagi, shaxslararo munosabatlar va muloqotning butun tizimidagi holatiga urg'u beriladi. Keyinroq bu yondashuvning munozarali tomonlaridan biri psixologik bilimlar tizimida shaxs psixologiyasi masalasi bo'lib qoldi. Ko'pincha bu yondashuvni himoya qilish uchun u ko'proq psixologiyaga yaqinroq, faqat shu yondashuvda ijtimoiy psixologiyani psixologiyaning tashkiliy qismi, aynan psixologiyaning bir turi sifatida tasavvur qilish mumkin, degan asoslar keltirilar edi. Mazkur yo'nalish psixologlar orasida keng tarqaldi. ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:20:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
220.28 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:20 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
220.28 KB
Ko'rishlar soni
42 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: pptx