Ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi va rivojlanishi. Ijtimoiy psixologik g'oyalarning shakllanish tarixi

Ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi va rivojlanishi. Ijtimoiy psixologik g'oyalarning shakllanish tarixi

O'quvchilarga / Psixologiya
Ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi va rivojlanishi. Ijtimoiy psixologik g'oyalarning shakllanish tarixi - rasmi

Material tavsifi

TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI PSIXOLOGIYAkafedrasi 70110102PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA yo'nalishi 1-bosqich magistranti Mengliyeva Gavharning Ijtimoiy psixologiya fanidan Ijtimoiy psixologiyaning shakllanishi va rivojlanishi. Ijtimoiy psixologik g'oyalarning shakllanish tarixi mavzusida tayyorlagan TAQDIMOTI MAVZU:IJTIMOIY PSIXOLOGIYaNING ShAKLLANIShI VA RIVOJLANIShI. IJTIMOIY PSIXOLOGIK G'OYaLARNING ShAKLLANISh TARIXI RYeJA: Ijtimoiy psixologiyaning predmeti va vazifalari Ijtimoiy psixologiya fanining shakllanish tarixi Ijtimoiy psixologiyaning ijtimoiy fanlar bilan uzviy bog'liqligi Ijtimoiy psixologiyaning Rossiyada va O'zbekistonda rivojlanishi Ijtimoiy psixologiya fanining qadimiyligi insoniyat tarixi, madaniyati va ma'naviyatining qadimiy ildizlari bilan belgilanadi. Ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida tan olinishi va rasman etirof etilishi 1908 yildan boshlangan. Ijtimoiy psixologiya fikrlar, e'tiqodlar, g'oyalar, his-tuyg'ular, kechinmalar, turli xulq-atvor shakllarini tushuntirib beruvchi fandir. har bir shaxsning jamiyatda yashashi, uning ijtimoiy normalariga amalqilgan holda o'ziga o'xshash shaxslar bilan o'rnatadigan murakkab o'zaro munosabatlari va ularning ta'sirida hosil bo'ladigan hodisalarning psixologik tabiatini va qonuniyatlarini tushuntirib berish - ijtimoiy psixologiyaning asosiy vazifasidir. odamlarning jamiyatda hamkorlikdagi ish faoliyatlari jarayoni davomida ularda hosil bo'ladigan tasavvurlar Bundan kelib chiqadigan umumiy ta'riflarga binoan, ijtimoiy psixologiya ijtimoiy muloqotning murakkab shakl va mexanizmlarini o'rganuvchi fandir. O'zbekiston Respublikasi Oliy majlisining IX sessiyasida Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimov oliy ta'limni isloh qilishda va malakali kadrlarni tayyorlashda ijtimoiy psixologiyaning fan sifatida alohida o'rni borligiga jamoatchilik diqqatini qaratdi. Boshqaruv, marketing va menejment, ta'lim va tarbiya sohalarida, ayniqsa inson omili va uni boshqarishning psixologik tizimini bilishi - jamiyatda sog'lom insoniy munosabatlarni shakllantirish orqali uni kamol toptirish yo'lidir. Xo'sh, bugungi kunda ijtimoiy psixologiya fan sifatida o'z bahs mavzusini va predmetini qaysi obyektlarga qaratmoqda? Bugungi kunda ijtimoiy psixologiya fan sifatida o'z bahs mavzusini va predmetini qaysi obyektlarga qaratmoqda? Birinchidan, uning asosiy yo'nalishi kichik guruhlar va jamoalar psixologiyasini o'rganishdan iboratdir. Har bir shaxs hamisha malum ijtimoiy guruhlar doirasida faoliyat ko'rsatadi. Ikkinchidan, shaxsning ijtimoiy psixologik qiyofasi masalasi ham bugungi kundagi o'zgarishlar va ma'naviy jihatdan poklanish davrida o'ta muhim sohadir. Uchinchidan Jamiyat miqyosida ro'yo beradigan ommaviy hodisalar ham ijtimoiy psixologiya uchun tatbiqiy ahamiyatga ega. Chunki alohida shaxs tarbiyasida ommaviy hodisalarning, katta guruhlarning ta'sirini inkor etish - masalaga bir yoqlama yondashishga barobardir To'rtinchidan Oila-ijtimoiy psixologyaining o'rganish obyekti sifatida. Bu yerda oilaga xos psixologik jarayonlar, oila aholarining bir-birlariga munosabatlari, nikohdagi o'zaro moslik masalalari, oilaviy mojarolarning psixologik omillari, oilada bola tarbiyasining ijtimoiy psixologik metodlari o'rganiladi. Ijtimoiy psixologiya o'rganadigan eng asosiy va yuqorida takidlab o'tilgan muammolarni o'z ichiga olgan masalalardan biri - bu muomaladir. Sankt-Peterburglik olimlarning fikricha, bugungi kunda ijtimoiy psixologiyaning predmeti ham va uning doirasida o'tkaziladigan barcha tadqiqotlarning umumiy obyekti ham muomaladir. Uning inson hayotida tutgan o'rnini aniqlash, turli ijtimoiy faoliyatlar sharoitida samara beradigan muomala ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.74 MB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:40 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 2.74 MB
Ko'rishlar soni 41 marta
Ko'chirishlar soni 0 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga