Ilk o'spirinlik yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari

Ilk o'spirinlik yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Ilk o'spirinlik yoshi davrida psixik rivojlanish xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: ILK O'SPIRINLIK YOSHI DAVRIDA PSIXIK RIVOJLANISH XUSUSIYATLARI Reja: 1. Ilk o'spiriklik davri psixologiyasiga umumiy tavsif (psixofiziologik rivojlanish xususiyatlari, o'quv faoliyati xususiyatlari, ijtimoiy xulq-atvordagi umumiy o'zgarishlar). 2. Ilk o'spiriklik davrida intellektual va emosionl rivojlanish xususiyatlari. Ilk o'spirinlik davrida do'stlashish muammosining psixologik xususiyatlari. 3. Ilk o'spiriklik davrida muhabbat. Ilk o'spiriklik davrida o'z-o'zini anglashning rivojlanishi (o'zini-o'zi baholash, hurmat qilish, shaxsiy va ijtimoiy idensifikasiya muammosi). 4. Ilk o'spiriklik davrida o'quv-kasbiy faoliyatning yetakchi faoliyatga aylanishi va kasb tanlash muammosi.Ilk o'spirinlikda kasbga yo'naltirishning psixologik muammolari. Ilk o'spirinlik yoshi davriga 15-18 yoshdagilar (akademik lisey, kasb-hunar kolleji o'quvchilari) kiradi. Bu davrda o'quvchi jismonan baquvvat, o'qishni tugatgach, mustaqil mehnat qila oladigan, oliy maktabda o'zini sinab ko'radigan imkoniyatga ega bo'ladi, ma'naviy jihatdan yetuklikka erishadi. Ilk o'spirin 16 yoshida mamlakat fuqarosi va 18 yoshida esa saylash hamda saylanish huquqiga ega bo'ladi. Bularning barchasi ilk o'spiringa fuqaro sifatida ijtimoiy jihatdan voyaga yetishi, hayotda o'z o'rnini topishi, o'z taqdirini o'zi hal qilishi va yetuk shaxs sifatida ma'naviy o'sishi uchun jamiki shart-sharoitlarni yaratadi. Mazkur davrning yana bir xususiyati - mehnat bilan ta'lim faoliyatining bir xil ahamiyat kasb etishidan iboratdir. Mavjud shart-sharoitlar ta'siri ostida ilk o'spirinning aqliy va axloqiy jihatdan o'sishida o'ziga xos o'zgarishlar, yangi xislat va fazilatlar namoyon bo'ladi. Hayotda o'z o'rnini topishga intilish kasb-hunar egallash, ixtisoslikni tanlash, istiqbol rejasini tuzish, kelajakka jiddiy munosabatda bo'lishni keltirib chiqaradi. Biroq bu davr kuch-g'ayrat, shijoat, qahramonlik ko'rsatishga urinish, jamoat, jamiyat va tabiat hodisalariga romantik munosabatda bo'lish bilan boshqa yosh davrlaridan keskin farqlanadi. Ilk o'spirinning psixik rivojlanishini harakatga keltiruvchi kuch jamoat tashkilotlari, o'quv jamoasi, ta'lim jarayoni qo'yadigan talablar darajasining oshishi bilan u erishgan psixik kamolot o'rtasidagi ziddiyatdan iboratdir. Turli qarama-qarshiliklar, ziddiyatlar ilk o'spirinning axloqiy, aqliy, nafosat jihatdan tez o'sishi orqali bartaraf qilinadi. Ilk o'spirinlik davri «kamolot bo'sag'asi» deb ta'riflanadi. Bu kamolot bosqichi fiziologik, psixologik va ijtimoiy chegaralarni o'z ichiga oladi. Psixologiya fani o'spirinlik muammosini kompleks o'rganishni da'vat etadi. Bu juda qiyin masala, chunki psixofiziologik taraqqiyot sur'ati bilan uning bosqichlari ijtimoiy yetilish muddati bilan hamma vaqt ham to'g'ri kelavermaydi Akselerasiya natijasida bugungi bolalarimizning taraqqiyoti avvalgi avlodlarga nisbatan o'rtacha ikki-uch yil avval yetilmokda. Fiziologlar bu jarayonni 2-darajali jinsiy belgilarning paydo bo'lishiga qarab, 3 ta bosqichga ajratadilar: I bosqich - prepubertat; II bosqich - pubertat; II bosqich - postpubertat, Pubertat davr (lotincha: pubertas - bo'yiga yetish, jinsiy yetilish) Pubertat - balog'atga yetish davrini 12-17 yoshda kuzatish mumkin. Bu davr 5-6 yil davom etadi va o'zgarishlar natijasida kechagi erkatoy qizaloq ulg'ayib, ko'rkam qizga aylanadi. Endokrin bezlari ta'siri ostida o'smirlar voyaga yeta ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 60.97 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:40 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 60.97 KB
Ko'rishlar soni 72 marta
Ko'chirishlar soni 9 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga