Ilmiy bilimlar tizimida sotsial psixologiyaning tutgan o'rni

Ilmiy bilimlar tizimida sotsial psixologiyaning tutgan o'rni

O'quvchilarga / Psixologiya
Ilmiy bilimlar tizimida sotsial psixologiyaning tutgan o'rni - rasmi

Material tavsifi

Ilmiy bilimlar tizimida sotsial psixologiyaning tutgan o'rni Reja: Ijtimoiy psixologiyaning predmeti. Ijtimoiy psixologiyaning vazifalari. Ijtimoiy psiologiyaning prinsiplari. Ijtimoiy psixologiya - bu psixologiya fanining shunday bo'g'iniki, odamlarning o'zaro harakatlari natijasi sifatida namoen bo'luvchi ijtimoiy psixologik funksiyalashuvni o'rganadi. Ijtimoiy psixologiya fan sifatida yaratilgan yil 1908 yil hisoblanib shu yili ingiliz psixologi V. Makdugall ijtimoiy psixologiyaga kirish, E. Ross ijtimoiy psixologiya darsligini chop etdilar. Bu kitoblarni chop etilishi ijtimoiy psixologiyani psixologiya va sotsiologiya oralig'ida paydo bo'lganligining isbotidir. Yani ijtimoiy psixologiya ikki turdagi qonuniyatlar - ijtimoiy taraqqiet hamda psixik taraqqiet qonuniyatlari bilan ish olib boradi. Shuning uchun ham psixologiya mavzusini tushuntirishda turlicha qarashlar mavjud. A.V. Petrovskiy fikriga ko'ra ijtimoiy psixologiya - bu turli uyushgan va uyushmagan guruhlardagi odamlarning muloqati, o'zaro ta'sir munosabatlaridan kelib chiqadigan psixik hodisalarni o'rganadi. G.M.Andreeva ijtimoiy psixologiyaning mavzu bahsini tushuntirishda uch xil yondashuv borligini etirof etadi. Sotsiologik yondashuv. Psixologik yondashuv. Sotsiologik va psixologik yondashuv. Sotsiologik yondashuv tarofdorlarining fikriga ko'ra ijtimoiy psixologiya ommaviy psixologik jaraenlarni - xalqlar psixologiyasi, ommaviy marosimlar, udum, rasm - rusumlar, ijtimoiy xulq - atvorda namoen bo'lishini o'rganishi kerak. Psixologik yondashuv tarofdorlari asosan psixologlar bo'lib ular asosiy diqqatni shaxsning ijtimoiy psixologik xisdatlariga, uning turli guruhlarda tutgan o'rni, mavqei, ijtimoiy psixologik ustanovkalarga qaratish kerak deb hisobdaydilar. 3. Sotsiologik va psixologik qarashlarda ommaviy jarayonlarni, ham shaxsning shu jarayonlardagi xulq - atvorlari motivlarini o'rganishni ta'riflaydilar. Hozirgi kunda ham sotsiologik, ham psixologik qarashlarni birgalikda mujassamlashtirayotgan olimlar ommaviy jarayonlprni, shaxsning xulq-atvorlari, motivlarini o'rganishni yoqlab tadq qotlar o'tkazmoqdalar. V.N.Myasishev fikriga ko'ra ijtimoiy psixologiya shaxslararo o'zaro ta'sir jarayonida shaxsda laydo bo'ladigan ruhiy faoliyat xususiyatlarini ham, guruhlarning o'ziga xos psixologiyasini ham, jamiyatda ro'y beradigan jarayonlarning psixologik tomonlarini ham o'rganadi. Ijtimoiy psixologiya boshqa fanlar kabi o'zining obyekti va predmeti, maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi, prinsip va metodlariga ega. Ijtimoiy psixologiyaning o'ziga xosligi shundaki u kishilarning o'zaro ta'siri jaryonini namoyon etadi. Ijtimoiy psixologiya guruh va jamoalarda odamlarning o'zaro, shaxslararo munosabatlarini o'rganadi. Ijtimoiy psixologiya fanining predmeti - hamkorlik faoliyat jarayonida odamlarda hosil bo'ladigan tasavvurlar, fikrlar, his - tuyg'ular, hamda turli xulq - atvor shakllarini ko'rsatib beradi. Ijtimoiy psixologiyaning mazmuni bevosita faoliyat vazifasidan kelib chiqadi. Vazifani shaxslar, ijtimoiy guruglar, qatlam va sinflarning maqsad va manfaatlarini amalga oshirishni tashkil etishda ijtimoiy psixologiyaning alohida sub ektlari bajaradigan vazifa sifatida ko'rib chiqish lozim. Ijtimoiy psixologiya ilmiy tekshirishlar bo'g'ini sifatida o'zining aniq vazifalariga ega bo'lib , ular quyidagilardan iborat. 1.O'rganish. a insonlarni ijtimoiy ongini ifodalovchi fenomenlarning o'ziga xosligi. B ular komponentlari orasidagi munosabat. v jamiyat rivoji va hayotiga ta'sirlar. 2.ma'lumotlarni har tomonlama umumlashtirish. a ijtimoiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.68 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:40 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 30.68 KB
Ko'rishlar soni 46 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga