Mavzu: Ilmiy psixologiyaning amaliyot bilan yaqinlashuvi Reja: Kuzatish metodi Eksperiment metodi Suhbat va anketa Psixologiya fanida bu metodning obyektiv (tashqi) va subyektiv (o'zini o'zi) kuzatish turlari mavjud. Inson psixikasidagi o'zgarishlarni kuzatish uchun quyidagilar amalga oshi-riladi: kuzatishning maqsadi, vazifasi belgilanadi;kuzatiladigan obyekt tanlanadi; sinaluvchining yoshi, jinsi, kasbi aniklanadi; tadqiqot o'tkazish vaqti rejalashtiriladi; kuzatish qancha davom etishi qat'iylashtiriladi; kuzatish insonning qaysi faoliyatida (o'yin, o'qish, mehnat va sportda) amalga oshirilishi tavsiya qilinadi; kuzatishning shakli (yakka, guruh, jamoa bilan o'tkazilishi) tayinlanadi; Tajriba (eksperiment) metodi. Bu metod turli yoshdagi va kasbdagi odamlar (chaqaloq, bola, o'spirin, balog'atga yetgan va qarilar)ning psixikasini chuqurroq, aniqroq tadqiq qilish metodlari ichida eng muhimi hisoblanadi. Eksperiment metodi yordamida sun'iy tushun-chalarning shakllanishi, nutqning o'sishi, favqulodda holatdan chiqish, muammoli vaziyatni hal qilish jarayonlari, shaxsning his-tuy-g'ulari, xarakteri vatipologik xususiyatlari o'rganiladi. Eksperiment metodi o'z navbatida tabiiy va laboratoriya metodla-riga ajratiladi. Tabiiy metod psixologik-pedagogik masalalarni xal qilishda qo'llanadi. Bu metodning ilmiy asoslarini 1910-yilda rus psixologi A.F. Lazurskiy ta'riflagan. Tabiiy metoddan foy-dalanishda ishlab chiqarish jamoalari a'zolarining, ilmiy muassa-salar xodimlarining, o'qituvchilar, keksaygan kishilarning psixo-logik o'zgarishlari, o'zaro munosabatlari, ishchanlik qobiliyatlari, mutaxassislikka yarokdiligi muammolarini hal qilish nazarda tu-tiladi. Tabiiy sharoitlarda inson psixikasini o'rganishda sina-luvchilar (bog'cha bolalari, maktab o'quvchilari, ishchilar, dehqonlar, ziyolilar, biznesmenlar, fermerlar, ilmiy xodimlar va hoka'zolar)-ning o'zlari bexabar bo'lishi, ta'lim jarayonida berilayotgan bilim-lar tadqiqot maqsadi muvofiqlashtirilishi, katta yoshdagi odamlar-ga tarbiyaviy ta'sir o'tkazish (interaksiya) kundalik mehnat tarzi doirasida amalga oshirilishi, zavod va fabrikada esa moddiy mahsu-lot ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilishi lozim. Laboratoriya (klinika) metodi ko'pincha individual (goho guruh va jamoa) shaklida sinaluvchilardan yashirmay, maxsus psixologik asboblar, yo'l-yo'rilar, tavsiyalar, ko'rsatma va ilovalardan foydala-nib olib boriladi. Hozir inson psixikasidagi o'zgarishlarni aniq-laydigan asboblar, murakkab elektron hisoblash mashinalari (disp-leylar), qurilmalar, moslama va jihozlar mavjud. Ular odamdagi psixologik jarayonlar, holatlar, funksiyalar, vujudga kelayotgan yangi sifatlarni qayd qilish va o'lchashda qo'llanadi. Ko'pincha detektor-lar, elektron va radio o'lchagichlar, sekundomer, refleksometr, xro-norefleksometr, lyuksmetr, anomatoskop, taxistoskop, audiometr, esteziometr, elektromnogramma, elektroensefalogramma kabilardan foydalaniladi. Tekshirish yoki nazorat eksperimentida (tajribasida) tarkib top-tiruvchi (shakllantiruvchi) bosqichda shakllantirilgan usul, vosita, yo'l-yo'riq, ko'nikma, malaka va shaxs fazilatlarining darajasini, barqarorligini aniqlash, ta'sirchanligiga ishonch hosil qilish uchun mohiyati har xil mustaqil topshiriqlar beriladi. Tekshirish (nazo-rat) tajribasi orqali tarkib toptiruvchi sinaluvchiga mutlaqo yordam berishi mumkin emas, aks holda tadqiqot o'tkazish prinsipi buzila-di. Biografiya (tarjimai hol) metodi. Inson psixikasini tadqiq etish uchun uning hayoti, faoliyati, ijodiyoti to'g'risidagi og'zaki va yozma ma'lumotlar muhim ahamiyatga ega. Bu borada kishilarning tar-jimai holi, kundaligi, xatlari, esdaliklari, o'zgalar ijodiga ber-gan baholari, tanbehlari, taqrizlari alohida o'rin egallaydi. Shu bilan birga o'zgalar tomonidan to'plangan garjimai hol haqidagi ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:20:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.18 MB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:41
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:20 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
2.18 MB
Ko'rishlar soni
57 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:41 ]
Arxiv ichida: pptx