Emotsional holatlar va yuksak tuyg'ular REJA: Insoniy emotsiyalar va hayvonlardagi emotsiyalar. Hissiy holatlarning ifodalanishi. Hislarni kechirish shakllari. Yuksak hislar. Insoniy his - tuyg'ular va hayvonlardagi emotsiyalar Odam his - tuyg'ulari bilan hayvon hissiyotlari o'rtasida farq juda katta. Odamda juda ko'p miqdorda his - tuyg'ular borki, bunday hissiyotlar hayvonlarda yo'q. SHuningdek, odam va hayvon uchun umumiy bo'lgan g'azablanish, qo'rqish, jinsiy hissiyot, qiziquvchanlik, xursandchilik, g'amginlik emotsiyalari hayvonlarda sifat jihatidan farq qiladi.Insoniy emotsiyalar insoniylashtirilgan ijtimoiy sharoit bilan bog'liq holda namoyon bo'ladi. emotsiyalarning insoniylashuvi shunday namoyon bo'ladiki, ichdan kechadigan hissiyotlar mazmuni juda boy va murakkabdir. Odamlar bilan mehnat, siyosat, madaniyat, oilaviy hayot o'rtasida paydo bo'lgan munosabatlarning ko'pligi sof insoniy hissiyotlarning paydo bo'lishiga olib keladi. Ular bolalarga odob bilan javob berishni, suhbatdoshga ochiq ko'ngil bilan jilmayishni, keksalar va nogironlarga hurmat bilan joy bo'shatib berishni o'rgatadi. Odam o'z hissiyotlarini o'zi boshqaradi. Ba'zan kishilar o'z emotsiyalarnni yashirish niyatida qarama - qarshi emotsiyalarni ifodalaydilar Qaygurish yoki qattiq og'riq paytida kulimsirash, kulgilar kelgan paytda yuzlarini jiddiy o'ychan holga keltira oladilar. Lekin o'zining imo - ishoralari va mimikalarini boshqara olishga qaraganda nafas olish , qon aylanishi va ovqat hazm qilish tizimidagi o'zgarishlarni ushlab qolish juda qiyin bo'ladi. Hissiy holatlarning ifodalanishi Hissiy holatlarning ifodalanishi, birinchidan, ifodali harakatlar (yuz ifodasi, qo'l - oyoq harakatlari,) ikkinchidan, organizmdagi turli hodisalarni, ya'ni ichki a'zolar faoliyatining va holatining o'zgarishida, uchinchidan, tabiatda, ya'ni organizm qon tarkibidagi va boshqa suyuqliklardagi kimyoviy o'zgarishlarni, shuning bilan birga modda almashinuvida bo'ladigan o'zgarishlarni o'z tarkibiga oladi. His - tuyg'ularning tashqi ifodasiga yuz ifodasi, imo - ishora, vajohat va qaddi - qomatning o'zgarishi, ayrim tashqi chiqaruv bezlarining faoliyati (yosh, so'lak, ter ajralishi) va ayrim harakatlar xususiyatlaridagi o'zgarishlarni kiritish mumkin. hissiyotning mimikada namoyon bo'lishi Kishining emotsional kechinmalar vaqtida nutqning tezligi o'zgaradi. Ko'pincha nutqning sintaksis tuzilishi buziladi, tezligi va ohangi o'zgaradi.O'tkazilgantekshirishlar shuni ko'rsatadiki, g'amginlik va mayuslik hislarini ifodalovchi nutq vaqtida shu nutqning so'zlovchi kishining ovozi beixtiyor pasayib ketadi. Hislarni kechirish shakllari Hissiy kechinmalar turli hollarda turlicha tezlik bilan paydo bo'ladi. Ba'zan hissiyotlar juda to'satdan, darhol paydo bo'ladi. Masalan, kishi birdan xursand bo'lib ketadi, darhol g'azabga keladi, achchiqlanadi va hokazo. Lekin ba'zan shu hissiyotlarning o'zi daf'atan qo'zg'almaydi, balki asta-sekin tug'ila boshlaydi. SHunday hissiy kechinmalar borki, ularning qay darajada tez paydo bo'lmasligini belgilash qiyin yoki butunlay belgilab bo'lmaydi. emotsional kechinmalarning kuchi turlicha bo'lishi mumkin. Hissiyotning kuchi avvalo yoqimli va yoqimsiz tuyg'ularning naqadar kuchli bo'lishidadir. Hissiyotning kuchi shu hissiyotni shaxsning naqadar ehtiros bilan kechirayotganligi bilan belgilanadi. Hissiyotning qo'zg'alish xususiyatlari paydo bo'lish yo'lini, kuchi va barqarorligi bir qancha sabablarga ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:20:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
781.49 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:41
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:20 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
781.49 KB
Ko'rishlar soni
66 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:41 ]
Arxiv ichida: pptx