Iroda nazariyalari. Shaxsning irodaviy sifatlari. Irodaning rivojlanishi va patologiyasi mavzusida tayyorlagan taqdimoti REJA: 1. Iroda haqida tushuncha 2. Iroda nazariyalari. 3. Shaxsning irodaviy sifatlari. 4. Irodaning rivojlanishi va patologiyasi. IRODA- arabcha xohish, istak degan ma'noni anglatadi. Iroda odamning o'z faoliyati va psixik jarayonlarini o'zi boshqarishda namoyon bo'ladigan qobiliayat. Inson irodaviy harakatini amalga oshirar ekan, o'ziga hukmron ehtiyoj va xohishlariga qarshi turadi. Inson faoliyatining barcha turlari va har qanday mehnat kishidan mustahkam irodani talab qiladi. Iroda haqida tushuncha Irodaning muhim sifatlari: - o'zini tuta bilish; - dadillik; - qat'iylik; - chidam; -toqat; - prinsipiallik; -mustaqillik Har qanday harakat yoki faoliyatning irodaviy xususiyati Shundan iboratki, muayyan shaxs aynan Iroda orqali mavqega erishish uchun tashqi yoki ichki to'siqlarni , qiyinchiliklarni yengib o'tishi lozim. Odamlarda irodaning qay darajada ekanligi maqsadni qay darajada ro'yobga chiqarishida ko'rinadi. Irodaning tadqiqoti uzoq tarixga ega bo'lib, u inson ongining mohiyatini kashf qilishdan boshlanib, muayyan bilimlar to'planishi tufayli shaxsning irodasi tabiatini tushunishga ilmiy yondashuv vujudga kelgan davrgacha bo'lgan tarixiy yo'lni bosib o'tgan. Arastu o'z davrida irodani jon haqidagi fanning muhim tushunchasi deb e'tirof etgan. Uning fikricha, iroda inson xulq-atvorini o'zgartirishini boshqarish imkoniyatiga ega bo'lgan omil hisoblanadi. Gumanitar yo'nalish, ya'ni inson muammolariga e'tiborning ortishi bilan o'z-o'zidan irodani o'rganish ham dolzarb masalaga aylanib bormoqda. XVII-XIX asrlarda bu muammo eng markaziy psixologik tadqiqot masalalaridan biri edi. Biroq psixologiya fanida XX asr boshlarida ro'y bergan inqiroz tufayli u ikkinchi rejaga o'tib qoldi, uni mutlaqo inkor etish mumkin emas Iroda borasidagi nazariyalar XVII asrdayoq Gobbs va Spinozalar ta'kidlab o'tganlaridek, faollik manbaini bemahsul sohaning paydo bo'lishi, deb tushuntirish mumkin emas, chunki uning shaxsiy kuch-quvvatini hissiy intilish bilan uzviylikda qarash lozim. Spinozaning fikricha, iroda bilan aql aynan bir narsadir. Unga bunday yondashish irodaning ilmiy nuqtai nazardan tushuntirishni shakllantirgan bo'lsa, ikkinchi bir tomondan u mustaqil substansiya sifatida tan olindi. V.Vundtning mulohazasicha, irodaning negizida appersepsiya aktining subyekti tomonidan ichki faollik uniki ekanligini his etish yotadi. Uning bu konsepsiyasi emosional yoki affektiv nom bilan psixologiya faniga kirib keldi. U.Djeymsning tan olishicha, irodaviy harakatlar boshqa ruhiy jarayonlarga qorishtirib bo'lmaydigan birlamchi xususiyatga egadirlar. Har qanday g'oya dastlab dinamik tendensiyaga ega bo'lganligi tufayli irodaviy aktning vazifasi diqqat yordami bilan bir g'oyaning boshqasi ustidan ustuvorligini ta'minlashdan iboratdir. Iroda borasidagi nazariyalar Etarli darajada qat'iy fikr qaror topganligi, iroda - bu insonning qo'yilgan maqsadlariga erishish uchun qilgan faolligidir. Iroda tushunchasi mohiyatiga inson tomonidan maqsad g'o'ya olish kabi shaxsiy gavdasini va xulqini idora qilish ham kiritiladi. I.V.Selivanov irodani tadqiq etish negizidan kelib chiqqan holda ayrim xulosalarni chiqaradi: ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:20:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.18 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:42
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:20 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.18 MB
Ko'rishlar soni
83 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:42 ]
Arxiv ichida: pptx