Jahon media va axborot makonida raqobat muhiti Mavzu rejasi : 1. Bosma va ommaviy axborot vositalari: Gazeta, jurnal, radio, televideniya va internet jurnalistikasida o'zaro raqobat muhiti. 2. Aholining axborotga bo'lgan ehtiyoji. Davlat va xususiy bosma nashr va ommaviy axborot vositalarida raqobat muhiti. 3. Matbuotda so'z va axborot olish erkinligi , Matbuot va ommaviy nashrlarda raqobat. Bloger va vaynerda kasbiy etiket. 4. Axborot daromad manbaiga aylanishi. Axborotning inson ongiga ta'sir muammolari. Kasb etikasi. MATBUOT MATBUOT - barcha bosma mahsulotlar majmui; tor manoda davriy nashrlar, asosan, gazeta va jurnallarni ifodalaydi(sinonimi - pressa). Matbuot ijtimoiy ongning o'tkir va ta'sirchan vositasi sifatida kishilik jamiyatiga doimiy va faol ta'sir ko'rsatadi, jamoatchilik fikrini shakllantiradi, omma ongiga muayyan qarashlarni singdirishda qudratli g'oyaviy omil hisoblanadi. Matbuot jamiyat hayotini turli (ijtimoiysiyosiy, iqtisodiy-i. ch., ilmiytexnikaviy va b.) yo'nalishlarda yoritadi. Matbuot 15-a. ning o'rtalarida Yevropada tarkib topgan, qariyb 5 a. mobaynida (ommaviy axborot vositalarining boshqa turlari - radioeshittirish va televideniye paydo bo'lguniga qadar) kishilararo ommaviy muloqotning, bilim va g'oyalar tarqatishning asosiy vositasi sanalgan. Dastlabki bosma nashrlar kitob, risola va varaqalardan iborat bo'lgan, 17-a. ning boshlarida gaz. lar, keyinroq esa jur. lar tashkil topdi; 19-a. ning o'rtalarida matbuot agentliklari vujudga kela boshladi (q. Informatsiey agentlik). 20-a. da ommaviy axborotning radioeshittirish va televideniye singari turlarining paydo bo'lishi va taraqqiy qilishiga qaramay, Matbuot hamon kishilik jamiyatidagi o'z o'rni va mavqeini to-bora kengaytirib borayapti, ijtimoiysiyosiy hayot va faoliyatning hamma tomonlariga doimiy va samarali ta'sir ko'rsatayapti. Butun dunyoda Matbuotning muttasil keng tarqalib borayotgani buning isbotidir. Tarixiy rivojlanish jarayonida Matbuotning xususiy shaxslar, ijtimoiy guruhlar (siyosiy oqimlar, partiyalar, kasaba uyushmalari, madaniy-ma'muriy tashkilotlar va b.), hissadorlik jamiyatlari, hukumat muassasalari va b. tomonidan tasis etilgan va ularning maqsadlariga xizmat qilgan qator turlari vujudga keddi. Matbuot qaror topgan dastlabki paytlarda Yevropada cherkov diniy mafkurani targ'ib qilishda bosma kitoblardan, varaqalardan keng foydalandi. Jamiyat ma'naviy hayotiga cherkov ta'sirining tobora cheklanishi zaminida dunyoviy Matbuot tarkib topdi va keng rivojlana boshladi. Ilg'or ijtimoiy tuzum, demokratik tartiblar o'rnatish uchun kurashda taraqqiy-parvar Matbuotning xizmati katta bo'ldi. O'zbekistonda Matbuot 19-a. ning 2-yarmida tarkib topdi. Toshkentda 1870 y. da o'lkadagi mustamlakachi hukmronlar tashkil etgan «Turkestanskie vedomosti» va «Turkiston viloyatining gazeti» Markaziy Osiyodagi Matbuotning ilk namunalari hisoblanadi. Turkistonda dastlabki taraqqiyparvar milliy gaz. lar 1905-07 y. lardan faoliyat ko'rsata boshladi («Taraqqiy», «Xurshid», «Shuhrat» va b.). Ularning yo'lini 20-a. ning 2-o'n yilligida chop etilgan «Sadoi Turkiston», «Sadoi Farg'ona», «Najot» gaz. lari, «Oyina» jur. davom ettirdi. Milliy nashrlar Turkistonni savodli, ma'rifatli, taraqqiyotga erishgan, obod, mustaqil diyorga aylantirish g'oyalarini targ'ib qildilar. O'zbekiston Respublikasining «Noshirlik ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:20:05
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.19 MB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:42
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:20 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.19 MB
Ko'rishlar soni
72 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:42 ]
Arxiv ichida: pptx