Jismoniy tarbiya o'qituvchisi va murabbiyi faoliyatining psixologik asoslari

Jismoniy tarbiya o'qituvchisi va murabbiyi faoliyatining psixologik asoslari

O'quvchilarga / Psixologiya
Jismoniy tarbiya o'qituvchisi va murabbiyi faoliyatining psixologik asoslari - rasmi

Material tavsifi

Jismoniy tarbiya o'qituvchisi va murabbiyi faoliyatining psixologik asoslari Reja: Sport turlari Inson organizmining aqliy, ruhiy va jismoniy imkoniyatlari Uni mamlakatimizni buyuk davlatga aylantirish mas'uliyati bu o'lkada yashayotgan har bir ongli fuqaro, jumladan, jismoniy madaniyat xodimlari hamda sportchilar zim-masiga ham ulkan sharafli vazifalar qo'ygan. O'zbekiston sportchilarining jahon miqyosida o'tkazilayotgan yirik musobaqalarda va olimpiada o'yinlarida qatnashib, nufuzli o'rinlarni qo'lga kiritayotganligi ularni bu mas'uliyatli vazifani bajarishga astoydil kirishganligidan dalolat beradi. Albatta, nufuzli musobaqalarda ishtirok etish o'z-o'zidan bo'lmasligi hammaga ayon. Buning uchun sportchilarimizning jismoniy va ruhiy tayyorgarlik darajasini yanada oshirish hamda ularda yurtsevarlik hislarini yanada kamol toptirish lozim. O'zbekistonning qishki olimpiada o'yinlarida ishtirok etib, 60 ta davlat orasida 12-o'rinni egallashi va Respublikamiz sportchilarining 200-yildan mustaqil ravishda olimpiya o'yinlarida qatnashib kelayotganligi muhim hodisa bo'ldi. O'zbekiston sportchilari, sport mutaxassislari va murabbiylari oldidagi asosiy vazifa vatanimiz sportini qisqa muddat ichida jahondagi yirik va yuksak taraqqiy ctgan davlatlar sporti darajasiga ko'tarishdir. Mamlakatimizning tabiiy sharoiti, ya'ni issiq-iliq mavsumning uzoq cho'zilishi shunday imkoniyatlardan biri hisoblanadi. Yil bo'yi uzluksiz ravishda sport mashg'ulotlari va musobaqalar o'tkazish hamda sportning barcha turlarini a'lo darajada rivojlantirish shartsharoitiga egamiz. Shuningdek, olimpiadachilar uchun maxsus psixolog va murabbiylar rahbarligida alohida mashg'ulotlar o'tkazish uchun barcha imkoniyatlar mavjud. So'nggi yillarda ayrim davlatlar o'zlarining tabiiy va geografik sharoitlarini hisobga olgan holda alohida sport turlari bo'yicha malakali sportchilar tayyorlamoqdalar. Ular yuqori toifali sportchilar tayyorlashning ilmiy asoslangan uslublarini ishlab chiqqanlar. Bulardan tashqari, sport amaliyotidagi ko'rsatkichlarga olimpiada o'yinlarida ko'p hollarda yuqori natijalarga erishish sportchilarning musobaqalarga tez-tez qatnashuvi va moddiy jihatdan yetarli ta'minlanganligi bilan ham belgilanishini ko'rsatmoqda. Chunonchi, Gollandiyada yaxmalak maydonlarining ko'p bo'lishi konkida uchish sportining qisqa va o'rta masofalarga yugurish turlarida yuqori ko'rsatkichlarga erishuvida, Amerikada esa suzish havzalarining ko'pligi malakali suzuvchilarni tayyorlashda qo'l kelmoqda. O'zbekistonning Surxondaryo, Qashqadaryo, Xorazm va Samarqand viloyatlarida milliy kurashning rivojlanganligi (ijtimoiy, tabiiy sharoitning kurash sportini rivojlantirishga mos kelishi) kelgusida sambo va kurashning boshqa turlari bo'yicha olimpiadachilarni tayyorlash imkonini beradi. Qayerda sport uchun qulay sharoit mavjud bo'lsa, yoshlar bilan jismoniy mashqlar uzluksiz va yuqori darajada o'tkazilsa, qaysi sport turlari bo'yicha to'garaklar ishlasa, ularga tajribali fidoiy murabbiylar jalb etilsa, o'sha joylarda muvaffaqiyatlar ko'p bo'ladi. Ular orasidan, albatta, olimpiada qatnashchilari yetishib chiqadi. Hozirgi paytda O'zbekistonda yuqori malakali sportchilarni tayyorlash uchun barcha shart-sharoit va imkoniyatlar yaratilmoqda. Yoshlar o'rtasida sportning barcha turlariga qiziquvchilar soni kun sayin ortib bormoqda. Sport kishilarni har tomonlama rivojlantirish, sog'lig'ini mustahkamlash, mehnat va jangovar faoliyatga tayyorlashning vosita va omillaridan biri sifatida O'zbekistonning buyuk davlat bo'lishida xizmat qilmog'i lozim. Respublikamiz birinchi Prezidenti I.A.Karimovning ta'biri bilan aytganda: «Bizning zaminimiz bahodirlarning va himoyachilarimiz bo'lgan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.82 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 14.82 KB
Ko'rishlar soni 45 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga