Kasb - hunar kolleji o'quvchilarida milliy qadriyatlar asosida kasbiy madaniyatni shakllantirishning psixologik asoslari Mundarija Kirish I -Bob. Kasb -hunar kolleji o'quvchilarida kasbiy madaniyatni milliy qadriyatlar asosida shakllantirishning nazariy o'rganish. 1.1. Buyuk mutafakkirlar ijodida o'quvchilarning kasbiy madaniyatini milliy qadriyatlar asosida shakllantirishga doir g'oyalar talqini 1.2. Kasb -hunar ta'lim muassasalarida o'quvchilarning kasbiy madaniyatini milliy qadriyatlar asosida shakllantirish masalalari II- Bob. Kasb - hunar kolleji o'quvchilarida milliy qadriyatlar asosida kasbiy madaniyatni shakllantirishning amaliy jihatlari. 2.1.O'quvchilarning kasbiy madaniyatini milliy qadriyatlar asosida shakllantirish tizimida ma'naviy - psixologik tadbirlarning o'rni 2.2. O'quvchilar kasbiy madaniyatini shakllantirish tizimiga ta'sir etuvchi psixologik omillari Xulosa va tavsiyalar Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati Kirish. Mavzuning dolzarbligi. Bugunga kundagi yoshlarimizning har tomonlama kuchli, bilimli, salohiyatli, tafakkur doirasi keng, o'z ishining mohir ijodkori, o'z Vatanining jonkuyari bo'lishi, mustaqil O'zbekistonning taraqqiyoti uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Yoshlarimizning ilm fanning so'nggi yutuqlaridan to'liq bahramand qilgan holda, ularga tariximizni, milliy qadriyatlarimizni, ma'naviy merosimizni to'liq o'rgata borishimiz kerak. Bu bilan yoshlarda ularni kasbiy madaniyatini ham shakllantirgan bo'lamiz. Xalqimizning asrlar osha yashab kelgan an'analari, urf - odatlari, tili va ruhi negizida qurilgan milliy mustaqillik mafkurasi umuminsoniy qadriyatlar bilan mahkam uyg'unlashgan holda kelajakka ishonch tuyg'usini odamlar qalbi va ongiga etkazishi, ularni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, halollikni, mardlik va sabr - bardoshlilikni, adolat tuyg'usini, bilim va ma'rifatga intilishni tarbiyalash yo'lida xizmat qilmog'i lozim . Shu bois istiqlol tufayli barcha ma'naviy merosimiz, urf - odatlarimiz, qadriyatlarimiz tiklandi. O'rta asr Sharq mutafakkirlari o'z asarlarida yoshlarimizning kasbiy madaniyati va ta'lim tarbiyasiga juda katta ahamiyat berganlar. Ular kasb - hunar ta'limiga, ta'lim va tarbiyaning zarur tarbiyaviy qismi sifatida yondoshganlar va uni aqliy, jismoniy va ma'naviy tarbiya bilan birga olib borish zarur, deb hisoblaganlar. Shunday ekan milliy va umuminsoniy qadriyatlarga sadoqatli bo'lish masalasi ta'lim to'g'risida gi qonun va Kadrlar tayyorlash miliy dasturi O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining O'rta maxsus kasb - hunar ta'limi standartlarini tasdiqlash to'g'risida gi 200 yil 16 oktyabr qarorida to'la to'kis o'z ifodasini topgan. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida, O'zbekiston Respublikasi o'z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarni tililari, urf-odatlari va an'analarini hurmat qilishni ta'minlaydi, ularni rivojlanishi uchun shoroit yaratadi deb belgilab qo'yilgan (144). Shuni aytish joizki, I.A.Karimov o'zining Yangicha fikrlash va ishlash davr talabi asarida Xalqning ma'naviyati va madaniyati, uning haqiqiy tarixi va o'ziga xosligini qayta tiklanayotganligi jamiyatimizni yangilash va taraqqiy ettirish yo'lida muvoffaqiyatli ravishda olg'a siljitishda hal qiluvchi, tabir joiz bo'lsa, belgilovchi ahamiyatga egadir deb takidlaydi. (382 - bet.) O'quvchilarni kasbiy madaniyatini shakllantirishda milliy qadriyatlarning ta'sir kuchi nihoyatda katta. Milliy qadriyatlar mazmunan millatning ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:27:06
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
79.68 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:27 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
79.68 KB
Ko'rishlar soni
39 marta
Ko'chirishlar soni
1 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:43 ]
Arxiv ichida: doc