Kasbiy psixologiya fanining predmeti, maqsad, vazifalari va ilmiy - tadqiqot metodlari

Kasbiy psixologiya fanining predmeti, maqsad, vazifalari va ilmiy - tadqiqot metodlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Kasbiy psixologiya fanining predmeti, maqsad, vazifalari va ilmiy - tadqiqot metodlari - rasmi

Material tavsifi

Kasbiy psixologiya fanining predmeti, maqsad, vazifalari va ilmiy-tadqiqot metodlari Reja: Yangi davr va psixologiya. Psixologiyaning predmeti. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o'rni. Psixologiyaning tarmoqlari. Psixologiya sohasida mukammal darsliklar yozila boshlagan davrga 160 yil bo'ldi. Lekin bu bilan fanning jamiyat hayotida tutgan o'rni juda oshib ketdi, deb bo'lmaydi. Vaholanki, inson, uning barkamolligi, jamiyat taraqqiyotiga bevosita ta'siri masalasi o'tib borayotgan asrimizning oxiriga kelib, o'ta dolzarb va muhim muammolar qatoridan joy oldi. XX asr va uning erishgan yutuqlaridan eng muhimi shu bo'ldi-ki, texnika, elektronika va boshqa shunga o'xshash murakkab texnologiyalarni yaratgan inson va uning bevosita kundalik hayoti bilan bog'liq muammolar ko'payib borishi bilan xarakterlanadi. XXI asr bo'sag'asida juda ko'plab davlatlarda bo'lgani kabi dunyo xaritasida munosib o'rin olgan mustaqil O'zbekistonda xam barcha sohalarda tub islohotlar boshlandi. Bu islohotlarning barchasi inson omilini har qachongidan yuqori saviyaga ko'tarib, uning kuchi, idroki, salohiyati, ruhiy hamda ma'naviy barkamolligini bevosita taraqqiyot, rivojlanish va sivilizatsiya bilan uzviy bog'ladi. Psixologiyaning predmeti Psixologiya ikkita yunon so'zlaridan - psyche - jon, ruh va logos - ta'limot, ilm so'zlaridan iborat bo'lib, an'anaviy manoda inson ruhiy dunyosiga aloqador barcha hodisalar va jarayonlar uning predmetini tashkil etadi. Boshqacha qilib aytganda, psixologiyaning predmetini har birimizning tashqi olamni va o'z-o'zimizni bilishimizning asosida yotgan jarayonlar, hodisalar, holatlar va shakllangan xislatlar tashkil etadi. Psixologiya bo'yicha adabiyotlarda uning predmetini qisqacha qilib, psixika, deb ta'rif berishadi. PSIXIKA Bu inson ruhiyatining shunday holatiki, u tashqi olamni (ichki ruhiy olamni ham) ongli tarzda aks ettirishimizni, yani bilishimizni, anglashimizni ta'minlaydi. Shunday qilib, psixologiya fani o'rganadigan jarayonlar va hodisalar murakkab va xilma-xil. Ularni o'rganishning ikki tomoni bor: bir tomondan, ularni o'rganish qiyin, ikkinchi tomondan oson. Oxirgi tomoni xususida shuni aytish mumkin-ki, bu hodisalar bevosita bizning o'zimizda berilgan, ularni uzoqdan qidirish, mavxum analogiyalar qilish shart emas, boshqa tomondan, ular o'zaro bir-birlari bilan bog'liq va umumiy qonuniyatlar va tamoyillarga bo'ysunadi. Psixikaning namoyon bo'lish shakllari Psixik jarayonlar Shaxs xususiyatlari Falsafa va uning oxirgi paytlarda shakllanib, rivojlanib borayotgan ijtimoiy falsafa qismi bilan bo'lgan aloqasi bu ikkala fanning inson va uning hayoti mohiyatini to'la anglash va uning rivojlanish tendensiyalarini belgilashdagi o'rni va ahamiyatidan kelib chiqadi. Sotsiologiya fani ham yangicha ijtimoiy munosabatlar sharoitida o'z taraqqiyotining muhim bosqichiga o'tgan ekan, psixologiya ushbu fan erishgan yutuqlardan ham foydalanadi va ularning ko'lami kengayishiga baholi qudrat xizmat qiladi. Boshqa fanlar bilan aloqasi 3. Pedagogika bilan psixologiyaning o'zaro hamkorligi va aloqasi an'anaviy va azaliy bo'lib, ularning yosh avlod tarbiyasini zamon talablari ruhida amalga oshirilayotgan yangi ta'lim to'g'risidagi Qonun hamda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish mazkur ikki fan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1014.11 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:43 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1014.11 KB
Ko'rishlar soni 84 marta
Ko'chirishlar soni 6 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga