Kasblar va professionalizm - mutaxassislikka kirish fanining asosiy tushunchasi sifatida

Kasblar va professionalizm - mutaxassislikka kirish fanining asosiy tushunchasi sifatida

O'quvchilarga / Psixologiya
Kasblar va professionalizm - mutaxassislikka kirish fanining asosiy tushunchasi sifatida - rasmi

Material tavsifi

Kasblar va professionalizm - mutaxassislikka kirish fanining asosiy tushunchasi sifatida Reja: Kasb va professionalizm haqida tushuncha. Kasb haqida umumiy tasavvur, mutaxassis va havaskorlar psixologiya xususida. Buyuk ajdodlarimiz kasb-hunar to'g'risida. Psixolog kasbining shakllanishi. Har bir inson hayotida kasbiy faoliyat muhim ahamiyatga ega. Ota-onalar farzandlarining ilk qadamlaridanoq uning kelajagi to'g'risida o'ylab qolishadi. Farzandlarining qiziqish va qobiliyatlarini kuzatish orqali ularning kasbiy kelajagini aniqlashga harakat qiladilar. Ayniqsa, maktabda beriladigan ta'lim-tarbiya o'quvchining turli fanlarga bo'lgan tanlovli munosabatini keltirib chiqaradi, ayrim bolalarda esa qaysidir fanlarga bo'lgan qiziqishi tez seziladi, ya'ni tasviriy, musiqaviy va hoka'zolar. O'smirlik davriga kelib, muammo yanada kuchayadi. Ko'pgina o'quvchilar va ota-onalarga qanday kasbni tanlashlari oldindan ma'lum bo'ladi: ular ―Men shifokor bo'laman, ―Bizning o'g'limiz, qizimiz, tibbiyot insititutiga hujjat topshiradi. Shunday bo'lsada, kasbiy maqsadlarning aniqligi va ularni ruyobga chiqishi bo'yicha havotirlanish holatlari sezilib turadi. Omadsizlikka uchrasa-chi? Ayrim o'quvchilar uchun to'qqizinchi sinfni bitirgach, kasbiy yo'nalishlarini tanlash - eng dolzarb masala bo'lib qoladi. Ko'pgina maktab bitiruvchilari kelajakda kim bo'lsam ekan yoki qaysi sohani mutaxassisi bo'lsam ekan? - degan savolni o'z oldilariga qo'yib, kasb tanlash muammosiga duch kelishadi. Natijada o'quvchilar tomonidan mutaxassisliklar tasodifan tanlanadi. Hech qanday maxsus tayyorgarlikka ega bo'lmasdan yoki kasbiy kelajagini tushunib yetmasdan maktab bitiruvchilarining bir qismi darhol ishga joylashadi. Bunda kasb dunyosida o'z o'rnini qidirish o'zgacha ma'noga ega bo'ladi. Kasb hunar kollejiga kirgan yoshlar uchun kasb tanlash muammosi to'liq yechilmagan bo'ladi. Ularning bir qismi tanlovning to'g'riligiga o'qishning birinchi yilidayoq ikkilanib qolishadi, boshqalari - mustaqil kasbiy faoliyatning boshida, ayrimlari kasb bo'yicha 3-4 yil ishlagandan keyin, yoshlarning ayrimlari kasb maktabini bitirib, egallagan kasbi bo'yicha ish topa olmaydilar va ishsizlar qatoriga qo'shilib qoladi. Demak, ular uchun kasb tanlash muammosi yana dolzarb bo'lib qolaveradi. Psixologik toliqish, havotirlanish, kelajakka nisbatan ishonchsizlik, bilan qarash mehnat olamida o'zini topishida ma'lum qiyinchiliklarni yuzaga keltiradi. Kasbiy tayyorgarlikka ega bo'lgan o'quvchilar oldida ishga joylashish muammosi paydo bo'ladi. Individual-psixologik xususiyatlarini kasb talablari bo'yicha kasbiy tayyorgarligiga mosligini aniqlash uchun qator mutaxassisliklar bo'yicha kasbiy tanlov o'tkaziladi. Uning bajarilishi bir qancha muammolarni keltirib chiqaradi ya'ni unga ko'ra kasbning normativ tavsiflarini belgilab olish psixologik xususiyat va sifatlarini aniqlash lozim. Bo'lajak mutaxassis shaxsida yangi a'zolari orasida, turli yoshdagi kishilar bo'lgan jamoaga kirish, kasbiy faoliyatga ko'nikish, yangi ijtimoiy rolni tushunib olish yana muammolarni keltirib chiqaradi. Moslashuv bosqichiga kasbiy ijtimoiy yetuklik va ijtimoiylashuv shakli kiritiladi. O'zgargan kasbiy vaziyat yangi psixologik xususiyatlar va sifatlarning shakllanishiga olib keladi. Shaxs psixologik tuzilishidagi keskin o'zgarishlar kishining hayotini ham o'zgartiradi. Oldingi maktab - oila -jamiyat tizimi o'rnida yangi ya'ni ―kasb-oila ijtimoiy-iqtisodiy sharoitlar vaziyati kelib chiqadi. Endi shaxs rivojlanishida ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.94 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 28.94 KB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 2 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga