Keksalik davrida psixik funksiyalar funksiyalashuvidagi o'zgarishlar Reja: Keksalik davrida ijtimoiy faollik tizimini o'zgarishi. Yolg'izlik muammosi. Keksalik davrida emotsional sohaning xususiyati. Keksa inson shaxsining xususiyati. Keksalikda shaxsiy yangilik. Motivatsion tuzilishi Keksalik davridagi insonlarga emotsional sohada ham maxsus o'zgarishlar xos. Bu affektiv reaksiyalarning kuchayish (kuchli asab qo'zg'alishi), sababsiz xafa bo'lish, yig'lash va boshqalarda namoyon bo'ladi. Qariyalarda o'tmish qadriyat hisoblanadi. Kaliforniya universiteti olimlarining 40 yillik longityud tadqiqot natijalaridan ma'lum bo'lishicha, 30 yoshda emotsional va psixologik barqaror faol shaxslar 70 yoshda ham o'z faolliklarini saqlab qoladi. Qariyalarning ijtimoiy va psixologik mavqesini belgilaydigan muhim omillardan biri jismoniy sog'liq, jismoniy faollikdir. Jismoniy noxushliklar - keksalik davrida hayotdan qoniqmaslikning muhim sababidir. Buning xususiy oqibatlari atrofdagilarga qiziqishning pasayishi, yaqinlar bilan munosabatlarning o'zgarishi, o'z-o'zini baholashning pasayishida ko'rinadi. Biroq shaxsiy keksayishga munosabat - keksalar psixik hayotining faol elementidir. Jismoniy va psixik o'zgarishlarni anglash, o'zining jismonan nosog'lomligini his qilish keksalik davrida o'z- o'zini anglashning yangi darajasini tashkil etadi. Keksalarning jismoniy kuch va imkoniyatlarining chegaralanganligiga chidamliligi yoki chidamsizligi shaxsiy qartayishiga munosabatini bildiradi. K. Roshakning ta'kidlashicha, ehtiyojlar ierarxiyasi, tuzilishi o'zgaradi: qiynalishdan qochish, xavfsizlik ehtiyoji, avtonomiya va mustaqillik ehtiyoji. Shu bilan birga keksalik davrida vaqtinchalik hayotiy rejalarning umumiy o'zgarishi ro'y beradi. Hozirgi hayot va o'tgan umr haqida tasavvurlar kelajak hayotga nisbatan muhim ahamiyatga ega. Keksalarning o'tmish xotiralarga qaratilganligi fenomeni ular psixik hayotining muhim qismidir. Shuningdek. bu davrda hayotdan qoniqish hamda o'z-o'zini ba- holashning susayishi kuzatiladi. Amerika psixologlari tadqiqotlarida nafaqaga chiqqan erkaklar o'rganilib, 5 xil shaxs tiplari o'rganilgan. 1.Konstruktiv tip - ichki muvozanat, ijobiy emotsional kayfiyat, o'ziga nisbatan tanqidiylik va boshqalarga nisbatan chidamlilik bilan tavsiflanadi. Kasbiy faoliyatni to'xtatgandan so'ng ham hayotga nisbatan optimistik ustanovka saqlanib qoladi. Bunday keksalarning o'z-o'zini baholashi yuqori bo'lib, atrofdagilarning yordamiga tayangan holda kelajak uchun reja tuzadi. 2.Bog'liq tip - ijtimoiy qabul qilingan va yaxshi moslashgan tip. Yuksak hayotiy va kasbiy intilishlar bo'lmaganida turmush o'rtog iga yoki farzandiga bo'ysunadi. Oilaviy vaziyat tufayli hissiy muvozanat saqlab turiladi. 3.Himoyalanuvchi tip - zo'r berib doimiy faollik orqali o'z- o'zini ta'minlashga intilish. Nevrotik tip sifatida baholanadi. 4.Agressiv-ayblovchi tip - bunday keksalar shaxsiy muvaffa- qiyatsizliklari uchun aybni boshqalarga to'nkaydi, shubhalanuvchan va birdan tutoqib ketadi. Ular o'zlarining keksaligi, nafaqaga chiqqanligi haqidagi fikrni qabul qilishni istamaydi, kuchi tugayotgani va o'lim haqida o'ylab, yoshlarga nisbatan dushmanlarcha munosabatda bo'ladi. 5.O'z-o'zini ayblovchi tip - passivlik, depressiyaga beriluvchanlik. tashabbussizlik, yolg'izlik, hayotga pessimistik munosabat, olim baxtsizlikdan qutulish yo'li sifatida qabul qilinadi. S.Kon keksalikdagi ijtimoiy-psixologik tiplarni ajratishda mezon sifatida faoliyatning yo'nalganligidan foydalanadi. Ijobiy psixologik qulay tiplar: 1.nafaqaga chiqqandan so'ng jamoat ishlarini davom ettirish, faol va ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:27:06
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.02 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:43
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:27 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
19.02 KB
Ko'rishlar soni
46 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:43 ]
Arxiv ichida: doc