Keksayish va keksalik

Keksayish va keksalik

O'quvchilarga / Psixologiya
Keksayish va keksalik - rasmi

Material tavsifi

Keksayish va keksalik Reja: Keksayish va keksalik davriga umumpsixologik tavsifnoma. Yosh bosqichlari va chegaralari. Gerontogenezning biologik jihatlari. Keksayish va keksalikda psixologik havotirlik. Qarilikning birinchi davri geroniogenez yoki keksayish davri deb ataladi. Ko'pchilik olimlarning fikriga ko'ra, bu davr 60 dan keyin boshlanadi. Ba'zi olimlar esa bu davrni ayollarda 55 yoshdan, erkaklarda 60 yoshdan keyin boshlanadi, deya ta'kidlashgan. Bu yoshdagi insonlarni uch guruhga bo'lish mumkin: qariyalar, keksaiar, uzoq umr ko'ruvchilar. Xorij olimi Bernsayd bu davrni to'rt guruhga ajratgan: 60-69 yoshgacha qarilikdan oldingi davr, 70-79 yoshgacha qarilik, 80- 89 yoshgacha keksalik, 90-99 yoshgacha munkillagan qarilik. Bu yoshning eng muhim xususiyatlaridan biri yosh o'zgarishi bilan kechadigan genetik programmalashtirilgan jarayonning qarishini bildiradi. Qarilik murakkab bioijtimoiy psixologik hodisadir. Biologik jarayon sifatida qarilik organizmning keksayishi, o'lim ehtimolining ortishi bilan bog'liq. Ijtimoiy hodisa sifatida keksalik nafaqaga chiqish, ijtimoiy statusning o'zgarishi, muhim ijtimoiy rollarning yo'qolishi bilan bog'lanadi. Psixologik darajada bu ro'y bergan o'zgarishlami anglash va unga muvaffaqiyatli moslashishdan iborat. Bu yosh o'zgarishlari nimalarda ko'rinadi, degan o'rinli savol tug'iladi? Dastlab organizm faoliyatining sekin-asta susayishida kuzatiladi. Bu yoshdagi insonlarning jismoniy kuchi, energiyaning umumiy zaxirasi yoshlik davriga nisbatan ancha kamayganligini kuzatish mumkin. Insonning qon aylanish va immun tizimi ham susayadi. Qarish jarayoni insonning nerv sistemasiga ham ta'sir qiladi. Dastlab uning sezgirligi kamayadi, tashqi ta'sirlarga organizmning sekin reaksiya bildirishi, turli sezgi organlari sezgirligining pasayishi kuzatiladi. Qarilik davrida ko'pchilik insonlar u yoki bu ma'lumotni olish uchun ko proq vaqt sarflayotganligini his qilishadi. Qarish jarayonining natijalari insonning eshitish sezgirligining susayishida kuzatiladi. Fozard (1990) ning tadqiqotlaridan ma'lum boiishicha, bu yoshdagi insonlarda eshitishning susayishi qariyalarning uchdan bir qismida, ko'proq erkaklarda kuzatiladi. Bu yoshdagi insonlarning ko'pchiligida ko'rishning turlicha buzilishlari kuzatilishi mumkin. Ko'z gavhari elastikligining yo'qotilishi hisobiga predmetlarga nazar tashlash qobiliyatining susayishini payqash mumkin. Ko'z gavhari strukturasining o'zgarishi aniq ko'rmaslikka, keyinchalik kataraktaga olib kelishi mumkin. Qariyalardagi o'zgarishlardan biri sifatida ko'rish o'tkirligining susayishida, mayda detallarni farqlashning qiyinchiligida namoyon bo'ladi. Bunday o'zgarishlar bifokal va trifokal ko'zoynaklar bilan to'ldirilishi mumkin. Qariyalarda ko'rish sezgirligining o'zgarishi ko'p jihatdan psixofizik funksiyalar dina- mikasi bilan ko'p jihatdan bog'liq. Qariyalarda ranglarni ajratish ham birmuncha susayadi, faqat sariq rangni ajratish 50 yoshdan keyin ham o'zgarmaydi. Ta'm bilish sezgilari ham qariyalarda qariyb o'zgarmaydi. Bar- toshukning (1990) tadqiqotlaridan ma'lum bo'lishicha, shirinni sezish qobiliyati o'zgarmaydi. M. Spitzer (1988) ning tadqiqotlaridan ma'lum bo'lishicha, achchiqni sezish biroz kamayadi. Ta'm bilish sezgilaridagi qator o'zgarishlar ba'zan insonning individual xususiyatlariga ham bog'liq bo'ladi. Qariyalar ovqatdagi ba'zi komponentlarning ta'mini sezishda qiyinchilikni boshdan kechiradi, bu esa ta'm bilish analizatori emas, balki hid bilish sezgirligining susayishi evaziga sodir bo'ladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.66 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 32.66 KB
Ko'rishlar soni 50 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga