Kichik maktab yosh davri

Kichik maktab yosh davri

O'quvchilarga / Psixologiya
Kichik maktab yosh davri - rasmi

Material tavsifi

Kichik maktab yosh davri Reja: Kichik maktab yoshida rivojlanishning umumiy shart-sharoitlari. Yetakchi faoliyat sifatida o'quv faoliyatini shakllanishi va ta'lim motivatsiyasini shakllanishi. Kichik maktab yoshida bilish jarayonlarini taraqqiyoti. Kichik maktab yoshi shaxsini shakllanishi. Shaxsiy tayyorgarlik. Motivatsion sohaning rivojlanganlik darajasi. Bilishga qiziqishning mavjudligi. Ijtimoiy munosabatlar tizimida o'zining maxsus o'rni bo'lishiga intilish, muhim baholanadigan faoliyatni bajarish o'quvchi bo'lish. Motivatsion tayyorgarlik. Katta bog'cha yoshdagi bolalar asosan, maktabda o'qish uchun ehtiyoj sezadilar, lekin bu xohish va ehtiyoj motivi turlicha bo'lishi mumkin. «Menga chiroyli forma, daftar, qalam va ruchkalar sotib olib berishadi», «Maktabda o'rtoqlarim ko'p bo'ladi va men ular bilan mazza qilib o'ynayman», «Maktabda uxlatishmaydi». Bunday motivlarni bolalarga odatda ota-onalar singdiradilar. Maktabning tashqi ramzlari, shubhasiz bolalarni juda qiziqtiradi, lekin bu maktabda muvaffaqiyatli o'qish uchun asosiy sabab bo'la olmaydi. Ota-onalar, pedagog, tarbiyachilar tomonidan bolalarga bilish, o'rganish motivlarining singdirilishi maktabda muvafaqqiyatli o'qish omili bo'lib xizmat qila oladi. «Men otamga o'xshagan bo'lishim uchun o'qishim kerak», «Yozishni juda yaxshi ko'raman», «O'qishni o'rganaman», «Maktabda qiyin misollarni yechishni o'rganaman» - bunday motivlar to'g'ri motivatsion tayyorgarlikka misol bo'la oladi. «O'quvchining ichki pozitsiyasi» bolaning maktab ta'limiga tayyorligi ko'rsatkichi sifatida - psixologik yangi tuzilma bo'lib, kattaroq ijtimoiy mavqeni egallash ehtiyoji, bilish ehtiyojining o'zgarishida namoyon bo'ladi. Ixtiyoriy sohaning rivojlanishi: ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriy xotira, namuna bo'yicha, qoida bo'yicha harakat qilish. Intellektual tayyorgarlik. Tevarak-atrofda mo'ljal ola bilish, bilimlar zaxirasining mavjudligi. Idrok va ko'rgazmali-obrazli tafakkurning ma'lum darajada rivojlanganligi. Umumlashtirish darajasi narsa va hodisalarni farqlash va umumlashtira olish ko'nikmasi. Nutqining ma'lum darajada rivojlanganligi, ko'pincha aqliy tayyorgarlik deyilganda bolaning dunyoqarashi, jonli tabiat, insonlar va ularning mehnatlari haqidagi bilimlari tushuniladi. Ushbu bilimlar maktab beradigan ta'limga asos bo'lishi mumkin, lekin so'z boyligi, ma'lum xatti-harakatlarni bajara olish layoqati bolaning maktabga aqliy tayyorgarligining asosiy ko'rsatkichi bo'la olmaydi. Maktab dasturi bolalardan taqqoslay olish, tahlil eta olish, umumlashtira olish, ma'lum bir xulosa chiqara olish, shuningdek, yetarli darajada rivojlangan boshqa bilish jarayonlarini ham talab etadi. Masalan, 7 yoshli bola tabiat haqida ayrim hodisalarnigina emas, balki organizmning tabiat bilan bog'liqligini va o'zaro ta'sirini ham tushunishi va o'zlashtirishi mumkin. 7 yoshli bolalar aqliy rivojlanishning natijasi bo'lib, yuqori darajada rivojlangan ko'rgazmali obrazli tafakkur bilan bola atrof olamdagi predmetlarning asosiy xususiyatlarini va predmetlar orasidagi bog'liqlikni ajrata olishidir. Shuni alohida ta'kidlab o'tish lozimki, ko'rgazmali-harakatli va ko'rgazmali-obrazli tafakkur nafaqat 7 yoshli bolalar, balki kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning ham aqliy rivojlanishida asosiy vazifani bajaradi. Harakat tayyorgarligi. mayda motorika; katta harakatlarni amalga oshirish (qo'l, oyoq, tana). O'quv faoliyatiga tayyorgarlik: kattalarni diqqat bilan eshita olish va uning ko'rsatmalarini aniq bajarish; topshiriqni mustaqil bajarish; chalg'ituvchi omillarga e'tibor bermasdan ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.94 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 40.94 KB
Ko'rishlar soni 43 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga