Kichik maktab yosh davrida o'quv faoliyatining tarkib topishi, ish motivlarining rivojlanishi

Kichik maktab yosh davrida o'quv faoliyatining tarkib topishi, ish motivlarining rivojlanishi

O'quvchilarga / Psixologiya
Kichik maktab yosh davrida o'quv faoliyatining tarkib topishi, ish motivlarining rivojlanishi - rasmi

Material tavsifi

KICHIK MAKTAB YOSH DAVRIDA O'QUV FAOLIYATINING TARKIB TOPISHI, ISH MOTIVLARINING RIVOJLANISHI Bolaning o'sishi, uning psixikasi va ongining taraqqiyoti, jamiyat a'zosi sifatida voyaga yetishi muayyan qonuniyatlarga bo'ysunadi. Kichik maktab yoshi davri 1-4 sinf o'quvchilarining yosh oralig'ini o'z ichiga oladi. Bu davrda bola psixikasida muayyan o'zgarishlar sodir bo'lishini kuzatish mumkin. Bolani birinchi bor maktab ostonasiga qadam qo'yishi bilan unda bir qator psixologik qiyinchiliklar yuzaga kela boshlaydi. Kichik maktab davrida bolaning birinchi bor maktab ostonasiga qadam qo'yishi unda o'quv faoliyatining boshlanishi hisoblanadi. Bu davrni bola uchun qiziqarli, ta'sirchan o'tkazish talab etiladi. O'quv faoliyati bolaning bilish jarayonlarining ixtiyoriy va barqaror xususiyatlarini, aql sifatlari va fikr yuritish jarayonlarining rivojlanishida psixologik qiyinchiliklarning paydo bo'lishiga sabab bo'ladi Ba'zi bir bolalar maktabga vujudi bilan talpinadilar, go'yoki qush kabi uchishga tayyordirlar, o'qish boshlanishiga qancha vaqt qolganligini sabrsizlik bilan sanaydilar, o'quv ashyolarini oldinroq taxt qilib qo'yishga kattalarni da'vat etadilar (o'quvchilik formasini kiyishni, sumkani yelkasiga osishni yoqtiradilar). Boshqa bir toifadagi bolalar esa bu to'g'rida ehtiyotkorlik va vazminlik bilan munosabatda bo'ladilar. Biroq bu toifadagilarda shijoat, faollik, kuyunchaklik bilan intilish yetishmaganga o'xshab ketadi. Uchinchi bir turkumga, guruhga taalluqli o'quvchilar bo'lsa, maktabdan qat'iy ravishda voz kechish darajasigacha borib yetadilar. O'qishga nisbatan bunday salbiy munosabat kattalarning (jazo berish, majbur qilish, erkinlikni yo'qotish kabilar bilan) qo'rqitishlari oqibatida vujudga keladi. Masalan: Maktabga borsang, ta'ziringni yeysan, Qilt etsang - kaltak yeysan, Dars tayyorlayverib, tinkang quriydi va boshqalar. Shuning bilan birga o'quvchilarning akalari va opalarining maktabdagi mash'um kechinmalar va vaziyatlar to'g'risidagi noxush axborotlari, kino va teleekrandagi maktab hayotiga bag'ishlangan filmlardagi, kompyuterdagi vaziyatlar o'zaro umumlashgan tasavvur obrazlarini yaratib, bolada o'qishga nisbatan salbiy munosabatni keltirib chiqaradi. O'qishga nisbatan salbiy munosabatda bo'lgan bolalar ta'lim muhitiga kirishishga qiynaladilar; qator ruhiy to'siqlarga duch keladilar, buning natijasida yangi vaziyatga va jamoaga, notanish odamlarga moslashish juda og'ir kechadi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilar faoliyatini baholash uning o'qishga nisbatan ijobiy munosabatini tarkib toptiradi. Maktab amaliyotida ko'pincha bolani og'zaki baholash odat tusiga kirib qolgan, chunki birinchi sinf o'quvchisi ana shu baho taassurotida o'z faoliyatini faollashtiradi. Ijodiy izlanishga harakat qiladi. Hatto o'quvchi dastlabki davrda yaxshi yoki yomon bahoning farqiga ham bormaydi, ko'proq uni nechta baho olganligi qiziqtiradi, xolos. Bu yoshda bola bahoning mohiyatini tushunib yetmasa-da, lekin o'qituvchining rag'batlantirishi uning uchun muhim rol o'ynaydi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning muhim xususiyatlaridan yana bittasi - bu o'qituvchi shaxsiga nisbatan ishonch hissi va yuksak obro' tuyg'usining mavjudligi. Shuning uchun o'qituvchi bolaga tarbiyaviy, ta'limiy ta'sir ko'rsatish imkoniyati shunday kattaki, uning siymosida aql idrokli, tiyrak, sezgir, mehribon, hatto donishmand inson gavdalanadi. Ta'lim jarayonida o'qituvchi obro'sidan oqilona ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.36 MB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:43 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 5.36 MB
Ko'rishlar soni 55 marta
Ko'chirishlar soni 3 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga