Kichik maktab yoshida ijtimoiy hayot. O'qituvchilar va tengdoshlari bilan muloqot

Kichik maktab yoshida ijtimoiy hayot. O'qituvchilar va tengdoshlari bilan muloqot

O'quvchilarga / Psixologiya
Kichik maktab yoshida ijtimoiy hayot. O'qituvchilar va tengdoshlari bilan muloqot - rasmi

Material tavsifi

Kichik maktab yoshida ijtimoiy hayot. O'qituvchilar va tengdoshlari bilan muloqot Reja: Motivatsion-ehtiyojli sohasini shakllansihi. Emotsional-irodaviy sohasini rivojlanish xususiyatlari. Refleksiyani boshlang'ich shakli. O'zini-o'zi baholashni shakllanishi. axloqiy rivojlanish xususiyatlari. Tayanch tushunchalar: kichik maktab yoshi, o'quvchi, maktab ta'limi, psixologik tayyorgarlik, o'quv faoliyati, shaxsiy tayyorgarlik, intellektual tayyorgarlik, harakat tayyorgarligi. Kichik maktab yoshida bolada ko'pgina o'zgarishlar ro'y beradi. Bu o'quv faoliyati ko'nikmalarining shakllanishi, o'z-o'zini boshqarish. dunyoni bilish munosabati shakllanishi uchun senzitiv davr hisoblanadi. Intellektual refleksiya (o'z harakatlari va ularning asoslari mazmunini anglash qobiliyati) kichik maktab yoshida nazariy tafakkur shakllanishidan darak beruvchi asosiy yangi psixologik tuzilmadir. Nazariy tafakkur nafaqat qoidalarni, balki ularni ochish va qayta qurish vaziyatida namoyon bo'ladi. Bu yosh davrida o'zini bilish va shaxsiy refleksiya o'z imkoniyatlari chegarasini mustaqil bilish qobiliyati sifatida shakllanadi («Bu topshiriqni yecha olamanmi, yoki yo'qmi?», «uni yechish uchun menga nima halaqit beradi?», harakatning ichki rejasi (ma'lum natijaga erishishni rejalashtirish va uni oldindan ko'ra olish ko'nikmasi), ixtiyoriylik o'z-o'zini nazorat qilish ham rivojlanadi. Bola o'z xulq-atvorini boshqara boshlaydi. Uyda va jamoat joylarida o'zini qanday tutish kerakligi haqida xulq-atvor normalarini aniq tushunadi, kattalar va tengdoshlari bilan shaxslararo munosabatda o'z emotsiyalarini boshqara oladi. Xulq-atvor normalari o'zining ichki talabiga aylanadi, unda uyatchanlik hislari paydo bo'ladi. Oliy hislar shakllanadi: estetik, ma'naviy, axloqiy (o'rtoqlik, hamdardlik, adolatsizlikka chiday olmaslik). Lekin shunga qaramay kich'k maktab yoshidagi bola uchun axloqiy jihatdan barqaror emaslik, munosabatlar va kechinmalarning doimiy emasligi xosdir. Kichik maktab yoshi davrida yetakchi bo'lgan o'quv faoliyatini tashkil etish va mazmuniga bog'liq ravishda yangi psixologik tuzilmalarning darajasida farqlar kuzatilishi mumkin. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, tafakkur nazariy va empirik bo'lishi, refleksiya mazmunan va shaqliy, rejalashtirish esa muhim belgilariga ko'ra va xususiy asoslarga ko'ra namoyon bo'lishi mumkin. O'quv faoliyati kichik maktab yoshidagi o'quvchi uchun nafaqat bilish jarayonlarining yuqori darajada rivojlanishi, balki shaxs xususiyatlarini rivojlantirish uchun ham imkoniyat yaratadi. Kichik maktab yoshi davrida bola shaxsining shakllanishi davom etadi. O'quvchining maktabdagi muvaffaqiyati uning keyingi psixik rivoji va shaxsining shakllanishida to'liq ijobiy asos bo'ladi. Buning natijasida bolaning o'z-o'zidan oilasi, o'qiyotgan sinfi va boshqa jamoalardagi o'z o'rnini anglay boshlaganini ko'rish mumkin. Yangi faoliyatga o'tish o'quvchi bolaning o'z asosiy faoliyatiga yangi munosabatni paydo qiladi. Unda burch hissi o'sa boshlaydi. U o'qish shart ekanligini va u uning burchi ekanligini, belgilab qo'yilgan qoida va talablar bajarilishi shartligini anglaydi. O'zini haqiqiy o'quvchidek his qilgan holda unda yaxshi o'qishga ehtiyoj paydo bo'ladi. Kichik maktab yoshidagi o'quvchilarning axloqiy onglari I va IV sinfdagi o'qish mobaynida muhim o'zgarishlarga uchraydi va axloqiy sifatlar, bilim va tasavvurlar sezilarli darajada boyiydi va bola o'zini o'zi anglay boshlaydi. U ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.04 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:43 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 34.04 KB
Ko'rishlar soni 39 marta
Ko'chirishlar soni 1 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga