Kognitiv psixologiya Reja: Konitiv psixologiyaga kirish Konitiv psixologiyaning aosiy tushunchalari Ulrix Nayserning psixologiya faniga qo'shgan hissasi Konitiv psixologiyada psixik jarayonlar tavsifi Kognitiv psixologiya predmeti va maqsadi Kognitiv psixologiya - Lotin tilidan tarjima qilinganda «Cognitio» bilim degan manoni anglatadi. Ushbu yo'nalishning asosiy vazifasi - bilimlarning shaxsning xatti-harakatlaridagi hal qiluvchi rolini isbotlashdir. Inson tanasi axborotni faol izlash va ma'lumotlarni qayta ishlash bilan shug'ullanadigan tizim sifatida tan olinadi. Kognitiv psixologiya - insonlarning atrof - dunyo haqidagi ma'lumotni qanday qabul qilishini va ushbu ma'lumotlarni shaxs qanday taqdim etishini shuningdek, ma'lumotlar xotirada qanday saqlanadi va bilimga aylanishini hamda ushbu bilimlar bizning ongimiz va xatti-harakatlarimizga qanday ta'sir qilishini o'rganadigan fan hisoblanadi. Kognitiv psixologiya - 1950-yillarning boshida mustaqil ilmiy yo'nalish sifatida AQSHda vujudga kelgan ilmiy maktab sanaladi. Ularning maqsadi xotira, idrok, tafakkur, tasavvur kabi psixik jarayonlarning mohiyatini bilishdan iborat edi. Yani bixeviorizmga qarshi shakllangan ta'limot sanaladi. ( Kognitiv psixologiya vakillari - U. Nayser, D. Brodbent, J.Piaje, Dj.Bruner, Dj.Fodor. G.Bauer, A.Payvio, R. Shepard. S. Shexter, L. Ayzenk, Dj. Kelli, M.Maxoni, S. Sternberg, Dj.Sperling, J. ). -Kognitsiya - Kognitsiya - axborotni qayta ishlash va o'zgartirishga xizmat qiluvchi psixik jarayonlar majmuidir. U tashqi muhitdagi o'z shaxsini tushunish va baholashni, shuningdek, voqelikning individual rasmini qurishni, yani shaxsning xatti-harakatlari uchun asos bo'lgan hamma narsani o'z ichiga oladi. Shunday qilib, miyaga kiradigan sensorli ma'lumotlarni turli xil turdagi (tasvirlar, ramkalar, sssenariylar) aqliy tasvirlarga aylantirishni o'z ichiga olgan barcha jarayonlar - kognitsiya - deb ataladi.(kasb, hayot, oila, qonunlar, sohalar, ish, sog'liq, davlat organlari haqida, fanlar haqidagi bilimlar hammada bor). Yani, bilish jarayoni axborotni bir tuzilishdan ikkinchisiga qayta ishlash va o'zgartirish harakatidir. -IJTIMOIY KOGNITSIYA- Ijtimoiy kognitsiya - ijtimoiy psixologiyada jamiyat azosi sifatida odamlar, ularning faoliyati va xulq-atvori to'g'risidagi ma'lumotlarni, shuningdek, ular natijasida hosil bo'lgan bilimlarni kodlash, dekodlash, saqlash va qayta ishlashga qaratilgan jarayonlar majmui sifatida ta'riflanadi. Ijtimoiy bilish, shuningdek, ijtimoiy hodisalarning kognitiv asoslarini o'rganadigan psixologiyadagi tegishli fanning nomi.(Jamoa, guruh, qadriyatlar, tarixiy hodisalar, urf-odatlar, komformizm, enos, millat, tuy -marosimlar, rahbar, xodimlar, boshqaruv, hokimiyat -kabi ijtimoiy tizimlar haqida bilimlarimiz bor) Dj. Bruner amerikalik psixolog, pedagog, kognitiv psixologiya asoschilaridan biri Kognitiv psixologiyaning asosiy tushunchasi bu - sxema tushunchasi bo'lib, u ma'lumotlarni yig'ish rejasini, axborotni qayta ishlash dasturi kabilarga xizmat qiladi. Barcha aqliy jarayonlar o'z faoliyat sxemalariga egadir. Organizmning yashash faoliyati irsiyat bilan belgilansa, tashqi dunyoni o'zlashtirish idrok, xotira, fikrlash, his-tuyg'ular sxemalar bilan belgilanadi. Dj. Brunerning kategoriyazatsiya nazariyasi (Atrof -muhitni idrok qilish qonuni) Idrok - bu toifalarga bo'linish jarayonidir. (yani tasvirga malum bir mano berish yoki kategoriyalashdan iborat) Turkumlash - ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:27:06
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.7 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:43
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:27 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
2.7 MB
Ko'rishlar soni
44 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:43 ]
Arxiv ichida: ppt