Kognitiv psixologiyada xotira tadqiqotlari Reja: 1. Xotira va diqqat muammolari kognitiv psixologiyaning yadrosi sifatida. 2. Xotira tizimining umumiy tavsifi. Jarayonning avtomatlashgani va nazorat qilinishini farqlanishi. 3. Maqsadning faoliyat bilan aloqasi qonuni 4. Xotiraning ko'p jabhali modeli. 5. Semantik va epizodik xotira. Avtobiografik xotira tadqiqotlari. 6. Xotiraning sintetik modeli. Xotira va diqqat muammolari kognitiv psixologiyaning yadrosi sifatida Xotira turlarining psixik faoliyat xususiyatiga ko'ra tasniflanishini birinchi marta P.P. Blonskiy tomonidan taklif etilgan. Faoliyat turlarida psixik faoliyatning motorli, hissiyotli, sensor, aqliy turlari ustunlik qilishi mumkin. Bu faoliyatlaming har biri harakatlar va ulaming mahsuloti bo'lgan faoliyat, sezgi, obraz, fikrlarda ifodalanadi. Blonskiy xotiraning ayrim turlari o'rtasidagi farqlami aniqlashga muvaffaq bo'ldi. Harakat xotirasi - bu turli harakatlar yoki tizimlarini esda olib qolish, saqlash va eslash. U, masalan, piyoda yurish, mashinani boshqarish, raqs tushish va boshqalarda turli harakatli malaka va ko'nikmalarning shakllanishi uchun asos bo'lib xizmat qiladi. Emotsional xotira - bu boshdan kechirilgan sezgi va emotsional holatga nisbatan xotira. Hissiyotlar doimo ehtiyoj va qiziqishlarimizning qanday qoniqtirilayotgani, atrof-olam bilan munosabatlarimiz qanday amalga oshirilayotgani haqida xabar berib turadilar. Obrazli xotira - bu tasawurlar, tabiat va hayot manzaralari, shuningdek, ovoz, hid, ta'mlarga nisbatan bo'lgan xotira. U ko'rish, eshitish, tuyish, hid bilish va ta'm bilish bilan bog'liq bo'ladi. Eydetik xotira - ba'zi individlaming(eydetiklar) awal idrok qilingan jism va sahnalar o'ta to'laqonli va obrazini esda saqlash va eslash qobiliyatiga ega bo'lgan odamlar uchrab turadi. Eydetik obrazlar jismning mavjud emasligida yuzaga kelib, oddiy tasavvurga xos bo'lmagan izchil ko'rgazmalilik xususiyatiga ega bo'lishi bilan tasavvurlarga o'xshash bo'ladi. So'z-mantiqiy xotira fikrlar, tushunchalarni esda olib qolish, saqlash va eslashda ifodalanadi. So'z-mantiqiy (semantik, verbal) xotira yordamida inson aqliy qobiliyati axborot bazasi hosil bo'ladi, ko'pchilik fikrlash operatsiyalari (o'qish, hisob va h.k.) amalga oshiriladi. So'z-mantiqiy xotirada muhim o'rinni ikkinchi xabar tizimi egallaydi. So'z-mantiqiy xotira - bu o'zining sodda shakllarida hayvonlarga ham xos bo'lgan motorli, emotsional va obrazli xotiralardan farqli ravishda faqat insonga xos bo'lgan maxsus xotira. Xotiraning bu turi maktab va oliy o'quv yurtlaridagi o'quv jarayonida bilimlami o'zlashtirishda yetakchi o'rinni egallaydi. Xotira faoliyat maqsadiga bog'liqligiga ko'ra ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotiralarga bo'linadi. Biror narsani esda olib qolish yoki esga tushirish maxsus maqsadga ega bo'lmagan esda olib qolish va eslash ixtiyorsiz xotira deyiladi. Xotira tizimining umumiy tavsifi. Jarayonning avtomatlashgani va nazorat qilinishini farqlanishi Axborot saqlashning vaqt bo'yicha belgilanganligiga bog'liq ravishda xotirani qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotiraga bo'lish mumkin. Chegaralangan vaqt (30 soniyagacha) ichida axborot saqlash xususiyatiga ega bo'lgan va ushlab qolinadigan elementlar sonining chegaralanganligi bilan ajralib turadigan xotira qisqa muddatli ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:27:06
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:43
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:27 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
1.12 MB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
10 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:43 ]
Arxiv ichida: pptx