Reja: Ko'p omilli regressiya modelida omillarni tanlash muhimligi va ularni tanlash bosqichlari. Multikollinearlik va uni bartaraf etish usullari. Ko'p omilli regressiya modelida omillarni tanlash muhimligi va ularni tanlash bosqichlari Omillarni tanlash ko'p omilli regressiya modellarini tuzishdagi muhim muammolardan biri hisoblanadi. U ijtimoiy-iqtisodiy hodisalarni statistik va matematik mezonlardan foydalangan holda sifat va miqdor jihatdan tahlil qilish asosida amalga oshiriladi. Ko'p omilli regressiya modeli uchun omillarni tanlash (saralash) uchta bosqichda amalga oshiriladi. Omillarni tanlab olish bosqichlari quyidagilardan iborat: Y-natijaviy o'zgaruvchiga ta'sir ko'rsatuvchi omillar ro'yxatini oldindan aniqlash. Omillarni qiyosiy baholash va ularning bir qismini ajratish. Modellarning turli variantlarini tuzishda omillarni yakuniy tanlab olish va parametrlarining ahamiyatliligini baholash. Omillarni qiyosiy baholash va ularning bir qismini ajratish uchun har bir omilning natijaviy o'zgaruvchi Y bilan va qolgan omillarning har biri bilan chiziqli bog'lanishining jipsligini o'lchovchi bir o'zgaruvchili korrelyasiya koeffitsiyentlarining matritsasi tuziladi (1-jadval). 1-jadval Bu yerda Y-natijaviy o'zgaruvchi x1,x2,,xk - natijaviy o'zgaruvchiga ta'sir qiluvchi omillar to'plami; rij-xi va xj omillar o'rtasidagi bir o'zga- ruvchili korrelyasiya koeffitsiyenti. Bir o'zgaruvchili korrelyasiya koeffitsiyentlar matritsasi- simmetrik matritsa (rij = rji) bo'lib, uning asosiy diagonalida omillarning o'zaro bog'lanish darajasi joylashgan, barcha boshqa elementlar i va j omillar bir o'zgaruvchili korrelyasiyasi koeffitsiyentlari hisoblanadi. Korrelyasiya matritsasi funksional bog'- lanishga yaqin bo'lgan va o'zaro jips bog'lanishda turgan chiziqli regressiya omillarini aniqlab beradi. Multikollinearlik va uni bartaraf etish usullari Agar modelga ikki yoki undan ko'p o'zaro jips chiziqli korrelyasiya bog'lanishiga ega bo'lgan omil kiritilsa, u holda regressiya tenglamasi bilan bir qatorda boshqa chiziqli bog'lanish ham paydo bo'ladi. Multikollinearlik deb nomlanuvchi bunday hodisa regressiya koeffitsiyentlarining miqdorini buzib ko'rsatadi va ularning iqtisodiy talqinini qiyinlashtiradi. Multikollinearlik-bu modelga kiritilgan omillar o'rtasidagi jips bog'lanishdan iborat. Multikollinearlik muammosini hal etish bir necha bosqichlardan iborat. Multikollinearlik muammosini hal etish bosqichlari quyidagilardan iborat: Multikollinearlikning mavjudligini aniqlash. Multikollinearlik paydo bo'lishining sabablarini aniqlash. Multikollinearlikni bartaraf etish choralarini ishlab chiqish. Omillar o'rtasida multikollinearlikni paydo bo'lishining asosiy sabablari sifatida quyidagilarni qayd etish mumkin. O'rganilayotgan omillar hodisa yoki jarayonning bir tomonini tavsiflaydi (masalan, ishlab chiqarilgan mahsulot hajmi va asosiy fondlar o'rtacha yillik qiymat ko'rsatkichlarini modelga bir vaqtning o'zida kiritish tavsiya etilmaydi, chunki ularning ikkalasi ham korxonaning o'lchamini tavsiflaydi). Umumiy qiymati doimiy kattalikni o'zida namoyon etuvchi ko'rsatkichlardan omillar sifatida foydalanish (masalan, asosiy fondlarning yaroqlilik koeffitsiyenti va eskirish koeffitsiyenti). Bir-birining elementlari hisoblangan omillar (masalan, mahsulotni ishlab chiqarish xarajatlari va mahsulot birligining tannarxi). Bir-birini takrorlovchi iqtisodiy ma'no bo'yicha omillar (masalan, foyda va mahsulotning rentabelligi). Multikollinearlikning bor-yo'qligini aniqlash uchun dastlab juft korrelyasiya koeffitsiyentlarining matritsasini tahlil qilish. Agar rxi,xj 0,8 bo'lsa, xi ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:27:06
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
351.67 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:27 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
351.67 KB
Ko'rishlar soni
56 marta
Ko'chirishlar soni
4 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:43 ]
Arxiv ichida: docx