Media va axborot savodxonligi tushunchasi va uning ahamiyati Reja: 1. Media mahsulot turlari. 2. Axborot savodxonligi nima? 3. Media mahsulotni tahlili. Media nima - Media atamasi lotincha - medium, ya'ni vosita, vositachi, usul, turli ko'rinishdagi kommunikasiya va axborot vositalari tushunchasini anglatadi. Media tushunchasi mazmuniga axborot yaratish, nusxalashtirish, tarqatish vositasi hamda muallif va ommaviy auditoriya o'rtasidagi axborotni uzatuvchi texnik vositalar kiradi. S Axborot savodxonligi - axborotni tanlash, baholash, qayta ishlash va uzatish borasidagi ko'nikmalar hamda malakalar majmuani bildiradi. Shuningdek, axborot savodxonligi - axborotga egallik, uni baholash va axloqiy qoidalarga rioya qilgan holda foydalanishning muhimligini e'tirof etadi. Inson ma'lum bir ekologik muhitda xavf-xatarsiz hayot kechirishi uchun avvalo o'sha muhitda yashashning o'ziga xosliklari haqida xabardor bo'lishi zarur. Xuddi shunday zamonaviy inson eng ko'p vaqtini sarflayotgan, hayot kechirayotgan media muhitda xavfsiz yashashi uchun ham u o'zi faoliyat olib borayotgan, hayotiy zarur qarorlar qabul qilishiga ta'sir etayotgan muhitning o'ziga xosliklaridan xabardor bo'lishi ushbu muhitda xavfsiz yashashi uchun muhim zaruratdir. So'nggi yillarda axborot oqimining bir necha barobar tezlashishi, ijobiy ma'lumotlar bilan bir qatorda salbiy xarakterdagi axborotning ko'payishi mediasavodxonlikka ega bo'lish zaruratini qo'ydi. An'anaviy tarzda mediasavodxonlik shaxsning adabiy asarlarni tahlil eta olish va sifatli matnlarni yaratishidan iborat bo'lgan. Bugun mediasavodxonlik - axborotning nega va nima uchun uzatilayotganligini bilish demakdir. Mediasavodxon inson o'ziga bu axborotni kim va nima maqsadda yaratgan? Ushbu xabar men uchun zarurmi? degan savolni bera olishi va to'g'ri xulosa chiqarishi, unga nisbatan tanqidiy yondoshishi lozim. Mazkur savollar nafaqat siz oilangiz davrasida televizor ko'rayotgan, mashinada radio eshitayotgan yoki internetdagi xabarlarni ko'rayotgan paytda berilishi, balki har qanday axborotni qabul qilayotgan va unga baho berayotganda ham kerakdir. Bugungi axboriy muhitni tushunishda mediasavodxonlik muhim ahamiyat kasb etadi. Asosiy tushunchalar Ayniqsa, bugun mediatizatsiya hayotimizga chuqur va tezkor kirib borayotgan, ma'lumotlar hajmi tobora ortib borayotgan yangi global davrga kirib borishimiz jarayonida insonning ishonchli axborotga nisbatan ehtiyoji tobora ortib bormoqda. Axborot makonining globallashuvi, ochiqligi va ommaviy kommunikatsiyaning kuchayishi natijasida axborotlar inson ongu shuuriga shiddat bilan oqib kelmoqda. Axborot asrida ommaviy axborot vositalari soni kundan kunga oshib bormoqda. Ixtisoslashgan, o'zining maxsus auditoriyasiga ega bo'lgan yangi tele va radiokanallar, gazeta va jurnallar faoliyat boshlayapti. Media-ta'lim hozirgi davrda shaxsning ommaviy axborot vositalari orqali rivojlanish jarayonini anglatadi. Media-ta'lim - bu media mahsulotlari bilan: muloqot madaniyatini kommunikativ imkoniyatlari tanqidiy tafakkuri media matnini to'liq qabul qilish; tahlil qilish hamda baholashdan iborat. Media-savodxonlik insonga ekranli san'atni: televideniye; radio; video; kinomotograf; matbuot internet va boshqalarni taqdim etadi. Manbalardan kelayotgan axborot oqimi¬dan to'g'ri foydalanib, ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:27:06
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
8.07 MB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:27 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
8.07 MB
Ko'rishlar soni
52 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: pptx