О'ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA О'RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI QARSHI DAVLAT UNIVERSITETI Qo'lyozma huquqida UDK Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida shaxslararo munosabatlarning psixologik xususiyatlari Mundarija Kirish3 I.BOB. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida shaxslararo munosabatlarni psixologik jihatdan о'rganishning ilmiy nazariy asoslari10 1.1.Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida shaxslararo munosabatlarni о'rganish pedagogik-psixologik muammo sifatida….……10 1.2 Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida shaxslararo munosabatlarni tarbiyalashning pedagogik-psixologik xususiyatlari……31 Birinchi bob bо'yicha xulosalar43 II.BOB. Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarida shaxslararo munosabatlarning psixologik xususiyatlarini о'rganish shart-sharoitlari……44 2.1.Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari shaxsi xususiyatlarining shaxslararo munosabatlardagi о'rni44 2.2.Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilarida muloqotga kirishimlilik darajasini aniqlash metodikasi…….……51 Ikkinchi bob bо'yicha xulosalar58 II.BOB. Mehribonlik uyida tarbiyalanuvchilarning о'z-о'zini anglashi va shaxslararo munosabatlar jarayonida yosh davri xususiyatlarining ifodalanishi59 3.1.Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari yosh davri xususiyatlarining shaxslararo munosabatlarda ifodalanishi59 3.3. Tajriba sinov ishlari va natijalar tahlili samaradorlik darajasi……68 Uchunchi bob bо'yicha xulosalar83 Umumiy xulosa84 Foydalanilgan adabiyotlar rо'yxati87 K I R I SH Mavzuning dolzarbligi. Respublikamizda mustaqillik yillarida inson shaxsiga nisbatan bо'lgan munosabat keskin о'zgardi. Jamiyatning a'zosi bо'lgan har bir shaxs taqdiriga alohida e'tibor qaratila boshlandi. Ayniqsa, muayyan sabablarga kо'ra, о'z ota-onasidan, yaqin kishilari mehridan mahrum bо'lgan yetim va qarovsiz bolalarga ta'lim-tarbiya berish, alohida ijtimoiy himoyaga olish ishlarining samarali yo'lga qо'yilgani bu borada ulkan ishlar amalga oshirilayotganligining belgisidir. Xususan bu masala ijtimoiy psixologiya fanlarining dolzarb muammolaridan biriga aylanib borayotganligi ham shubhasizdir. Zotan, kelajagi buyuk davlatni bunyodga keltirish uchun har qanday davlatning asosiy bо'g'ini bо'lmish oilalarning mustahkamligi, uning jamiyat oldidagi asosiy funksiyalaridan biri bо'lmish tarbiyaviy vazifasini tо'la-tо'kis bajarishga, unda voyaga yetayotgan bolalarning tо'liq oilalarda, ota-ona mehriga qonib, jamiyatning yetuk fuqarosi sifatida shakllanib ulg'ayishiga sharoit yaratish davlatning ustovor vazifalaridan biri sifatida belgilangan. Buning uchun eng avvalo, mehribonlik uylarida tarbiyalanuvchilar sonini keskin kamaytirish, ularda mehribonlik uylarida emas, balki о'z ota-onalari quchog'ida, yaqinlari atrofida ulg'ayishini ta'minlash mustaqil Respublikamizning istiqbolini belgilovchi asosiy omillardan biri hisoblanadi. Keyingi yillarda butun dunyo miqyosida, shu jumladan respublikamizda ham yetim va qarovsiz bolalar miqdori garchand keskin darajada yuqori kо'rsatgichga ega bо'lmasada, ularning soni sezilarli oshib bormoqda. Shu bois bir qator chet el, hamdо'stlik mamlakatlari hamda О'zbekiston olimlari tomonidan ushbu muammoning ijobiy yechimini topish maqsadida imiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Xususan, Andresyan A.P., Vinogradova A.A., Kim R.P.,Lobanov A.A., Semenova V.YE., Tursunov S., O.Ochilov, Haydarov I.O. kabi tadqiqotchilar ishlarida yetim va qarovsiz bolalar bilan ishlash,bu holatlar yuz berishining yetakchi omillarini va ularning о'ziga xos xususiyatlarini о'rganish, ularni oilaviy hayotga tayyorlash hamda jamiyatning tо'laqonli a'zosi sifatida tarbiyalash kabi qator masalalar ilmiy jihatdan tadqiq etilgan [10,19]. Respublikamizda mehribonlik uylarida tarbiyalanayotgan bolalarga har tomonlama e'tibor qaratish borasida hukumatimiz bir qator amaliy tadbirlarni amalga oshirmoqda. ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:27:06
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
686.16 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: doc
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:27 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
686.16 KB
Ko'rishlar soni
50 marta
Ko'chirishlar soni
0 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: doc