TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI PSIXOLOGIYAkafedrasi Men konsepsiyasi va ularning shaqlanishi TAQDIMOTI MAVZU: Men konsepsiyasi va ularning shakllanishi Reja: Men konsepsiyasi haqida tushuncha Shaxs tomonidan ijtimoiy ta'sirlarning anglanishi O'z menni anglash borasida rus olimlarning munosabatlari Men konsepsiya si haqida tushuncha Shaxsda Men siymosini shakllanishi muammosi psixologiyadagi asosiy masalalardan sanaladi. Men konsepsiyasi uchta tarkibiy qismni o'z ichiga oladi: Aynan shaxsda Men siymosini shakllanishiga doir ilmiy nazariy bilimlar xorij psixologlari tomonidan atroflicha tahlil qilib kelinmoqda. Hozirgi zamon psixologiyasi fanida Men siymosini shakllanishining tabiatini tushuntirishda, talqin qilishda ikki xil yondashish mavjud bo'lib, ular bir-biridan keskin darajada tafovutlanib turadi. Birinchi o'zini o'zi anglash bu o'z yo'nalishini o'zgartirgan ongning aynan o'zidir. Xuddi shu bois u inson ongining maxsus ko'rinishi demakdir. Ushbu talqin rus psixologiyasida keng tarqalgan nazariya bo'lib, L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, E.V.Shohorova, I.I. Chesnakov, V.V.Stolin va ularning shogirdlari tomonidan ilmiy-amaliy jihatdan tadqiq qilib kelinmoqda. Ikkinchi mulohaza S.L. Rubinshteynning ilmiy ishlarida o'z asosini topgan bo'lib, keyingi davrlarda uning shogirdi K.A.Abulxanova-Slavskaya tomonidan o'tkazilgan izlanishlarda izchil ravishda rivojlantirilmoqda. Uning fikriga binoan ongni va o'zini o'zi anglash jismoniy real hamda yuridik shaxsga taalluqli xususiyatlardan iborat bo'lib, ular uning hayoti va faoliyatini vosita yoki qurol sifatida tayanib turuvchi ruhiy jarayondir. Shaxs tomonidan ijtimoiy ta'sirlarning anglanishi ijtimoiy xulq shaxs tomonidan uni o'rab turgan odamlar, ularning xulq-atvoriga etibor berishdan tashqari, o'zining shaxsiy harakatlari va ularning oqibatlarini muntazam tarzda tahlil qilib borish orqali, rollarni muvofiqlashtirishni ham taqozo etadi. Shaxsning o'zi, o'z xulq-atvori xususiyatlari, jamiyatdagi mavqeini tasavvur qilishidan hosil bo'lgan obraz - Men - obrazi deb atalib, uning qanchalik adekvatligi va reallikka yaqinligi shaxsning jamiyatdagi ijtimoiy mavqeini belgilaydi va uning barkamolligi mezonlaridan hisoblanadi. Men - obrazining ijtimoiy psixologik ahamiyati shundaki, u shaxs tarbiyasining va tarbiyalanganligining muhim omillaridan hisoblanadi. Shu nuqtai nazardan olib qaralganda, tarbiya - shaxsning o'zi va o'z sifatlari to'g'risidagi tasavvurlarining shakllanishi jarayonidir, deb ta'rif berish mumkin. O'z-o'zini anglash, o'zidagi mavjud sifatlarni baholash jarayoni ko'pincha konkret shaxs tomonidan og'ir kechadi, yani, inson tabiati shundayki, u o'zidagi o'sha jamiyat normalariga to'g'ri kelmaydigan, nomaqul sifatlarni anglamaslikka, ularni yashirishga harakat qiladi, hattoki, bunday tasavvur va bilimlar ongsizlik sohasiga siqib chiqariladi (bu fikr avstriyalik olim Z.Freyd nazariyasiga ham mos keladi). Men - obrazining ijobiy yoki salbiyligida yana o'sha shaxsni o'rab turgan tashqi muhit, o'zgalar va ularning munosabati katta rol o'ynaydi. Refleksiya Men - obrazi egasining ongiga taalluqli jarayondir. suhbatdosh o'rniga turib, o'zingizga tashlangan nazar (men unga qanday ko'rinyapman? deyish) - refleksiyadir. Men - obrazining yaxshi va ijobiy bo'lishi ko'proq bu obrazning ayollik sifatlarini o'zida mujassam eta olishi, ayollik xislatlarining ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:27:06
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.66 MB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: pptx
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:27 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → pptx
Fayl hajmi
3.66 MB
Ko'rishlar soni
58 marta
Ko'chirishlar soni
3 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: pptx