Motiv motivatsiya hissiyot va iroda 1. Motiv va motivatsiya muammosi jahon psixologiyasida turli tuman nuqtai nazaridan yondoshish orqali tadqiq qilib kelinmoqda. Uzoq va yaqin chet ellarda o'ziga xos psixologik maktab vujudga kelgan bo'lib, ularning negizida ilmiy pozitsiyalar va konsepsiyalar mohiyati jihatidan farqlanuvchi g'oyalar va yo'nalishlar mujassamlashdi. Rus va sobiq sovet psixologiyasi namoyondalari K.D.Ushinskiy, I.M.Sechenov, I.P.Pavlov, V.M.Bexterev, A.F.Lazurskiy, A.A.Uxtomskiy, S.V.Rubinshteyn, V.S.Merlin, V.I.Selivanov va boshqalar mazkur muammo yuzasidan tadqiqot ishlari olib borganlar. Bundan tashqari Yevropava Amerika mamlakatlarida motivatsiyaga oid 30 dan ortiq ilmiy konsepsiyalar mavjuddir. Insonni xatti-harkati va ma'lum ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq faoliyatga undovchi sababga motiv deyiladi. Odamning faoliyat motivlarini o'rganish shaxsning ma'naviy-psixologik mohiyatini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Kishilarning xulq-atvoriga qarab, uning xatti-harakatlarini tahlil qilib, ularning motivlarini aniqlashga intilish lozim. Shunda xatti-harakatlarni odam uchun tasodifiy yoki qonuniy ekanligini anglash mumkin bo'ladi. Bunday xatti-harakatlarni yana takrorlanishini oldindan ko'ra olish, shaxsiy holatlarning ayrimlarini yuzaga keltirmaslikning oldini olish, boshqalarning taraqqiy etishini qo'llab-quvvatlash mumkin. Ba'zilar mehnatgao'o'z ehtiyojlariga ko'ra sidqidildan munosabatda bo'lsalar, ba'zilar o'z burchlarini anlaganliklaridan, yana ba'zilar o'zlarining qobih niyatlariga erishish uchun vaqtincha sun'iy munosabatda bo'ladilar. Motivatsiya- odamni faol faoliyatga undovchi sabablar majmui bo'lib, xulq atvorni psixologik va fiziologik boshqarishning dinamik jarayoni hisoblanib unga tashabbus, yo'nalganlik, tashkilotchilik, qo'llab-quvvatlash kiradi. Motirovka deganda inson xulq atvorini tushuntirish bo'lib, unda «Nima uchun?», «£anday maqsad bilan?», «£anday ma'noda?» kabi savollarning mativatsiyaga bog'liqligidir. Motivatsiya inson xulq atvori, uning bog'lanishi, yo'nalishi va faolligini tushuntirib beruvchi psixologik sabablar majmuini bildiradi. Psixologiyada motivlashtirish deganda psixologik hodisalarning o'zaro mustaqil bog'langan, lekin bir-biriga to'la mos kelmaydigan nisbatan mustaqil uchta turi tushuniladi; a) Individning ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq bo'lgan faoliyatga undovchi sabablar sifatidagi motivlashtirishdir. Faollik holatini paydo bo'lishini subyektiv ehtiyojlarini izohlab beradi. b) Motivlashtirish faollik kimga qaratilgani boshqa xulq-atvor emas, balki xuddi shunaqasi tanlaganligini izohlab beradi. Motivlar xulq-atvor yo'nalishini tanlashni belgilaydigan sabablardir. Bular birgalikda kishi shaxsining yo'nalishini tashkil etadi. v) Kishi axloqi va faoliyatini boshqaradigan vosita hisoblanadi. Bularga emotsiyalar, istaklar, qiziqishlar kiradi. Ustanovkalar - yo'nalish, yo'naltirish ma'nosini anglatib, kishining tevarak atrofdagi odamlarga yoki obyektga nisbatan qanday munosabatda bo'lishlarini, ularni idrok qilinishi, sezish, ularga baho berish va qandaydir harakat qilishga tayyorgarligini anglatadigan holatdir. Yo'naltirilgan faoliyat subyektning ma'lum vaziyatda faol yo'l topib keta oladigan harakatlari majmuidir. Yo'nalish - tug'ilgan yo'l, maqsad sari shaxsning xatti-harakati va faoliyatini aniq sharoitlardan qat'iy nazar ma'lum yo'lga yo'naltiruvchi barqaror motivlar majmuidir. Ular asosiy, etakchi va bosh ehtiyojlar, qiziqishlar, moyillik, e'tiqod, dunyoqarashlar, yuksak g'oyalar bilan xarakterlanadi. Har qanday motivlarning orqasida shaxsning ehtiyojlari yotadi. Inson ehtiyojlari, maqsadi, istagi, qiziqishlari shaxsiy holatlardir. Ehtiyoj - jonli ...

Joylangan
29 Sep 2024 | 10:27:06
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
277.07 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: ppt
Joylangan
29 Sep 2024 [ 10:27 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → ppt
Fayl hajmi
277.07 KB
Ko'rishlar soni
51 marta
Ko'chirishlar soni
2 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: ppt